1. Nirvana (sanskritcha, aynan - soʻlish) — buddizm va jaynizmnmt asosiy tushunchasi
Nirvana (sanskrit निर्वाण, pali: nibbāna, "oʻchish", "toʻxtash") buddizmda azobdan qutulish holatini anglatuvchi tushunchadir.
2. Yoga (sanskritcha — birlashish, muloqot) —1) inson ruhiyati va fiziologiyasini boshqarish taʼlimoti va metodi. "Xalos boʻlish" (moksha yoki nirvana) holatiga erishishni maqsad qilib qoʻygan hind diniy va falsafiy tizimlarining tarkibiy qismi.
3. Karma (sanskritcha — harakat, faoliyat) — hind dinlari (hinduiylik, buddizm, jaynizm) va falsafasining asosiy tushunchalaridan biri. Sansara tushunchasini toʻldiradi.
4. Dharma (sanskritcha) — 1) hind falsafasi va koʻpgina dinlaridagi bir necha maʼnoga ega boʻlgan asosiy tushunchalardan biri; abadiy axloqiy qonun; toʻgʻri yashash uchun belgilangan axloqiyijtimoiy qoida (burch) — bu maʼnoda har qaysi odam oʻz Dharmasiga ega.
5. Reinkarnatsiya — oʻlganidan keyin ruhlarning boshqa tanaga oʻtishi haqidagi nazariya.
6. Shakya, Sakya — qadimda kshatriylar oligarxik respublikasi va Janubiy Himolay etaklari (Nepal)dagi qabila. Kapilavastu sh. respublikaning poytaxti boʻlgan. Budda anʼanasiga muvofiq, ShakyaMuni (Shakyatarki dunyo) laqabli buddizm asoschisi Siddhartha Gautama Shakya qabilasidan boʻlgan.
Ushbu ilk buddist joylarida topilgan eng qadimgi va eng keng tarqalgan buddist ramzlari orasida stupa (va undagi qoldiqlar), Dharma gʻildiragi, Bodxi daraxti, triratna (uchta marvarid), vajra oʻrindigʻi, lotus guli va Budda bor Fillar, sherlar, naga va kiyiklar kabi bir qancha hayvonlar ham keng tasvirlangan. Zamonaviy buddist sanʼatida koʻplab ramzlar, jumladan, ilk buddizmda uchramagan noyob belgilar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |