Tamakining zamburugli kasalliklari tamakining virusli kasalliklarning zarari
Download 364.91 Kb.
|
TAMAKI ZAMBURUG‘ KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tamakiningning virus kasalliklariga qarshi kurash choralari
KURASH CHORALARI
Tamakining virus kasalliklari bilan to’g’ridan-to’g’ri kurashilmaydi. Viruslar rivojlanishini oldini olish mumkin, buning uchun viruslar manbai, yuqtiruvchi bo’lgan o’simlikni yo’qotish manbai infeksiyaga tushgan o’simlikdir. Kasallangan urug’dan hosil bo’lgan o’simlikda, hosildorlik pasayadi. Shuning uchun virusli kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlari barchasi sog’lom urug’ yetishtirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Muayyan viruslar va ular shtammlariga navni chidamligi unga xos xususiyat hisoblanadi. Kasalliklar majmuasiga chidamli navlarni yaratish zarur. Katta maydonlarda chidamli navlarini yetishtirish bilan, umumiy infeksion fonni ma’lum darajada kamaytirish mumkin. Oziqbop kartoshka yetishtiriladigan maydonlarda virusli kasalliklarga qarshi kurashda ko’p viruslar manbai bo’lgan begona o’tlarni yo’qotish va yuqtiruvchi hasharotlarga qarshi kurash muhim ahamiyatga egadir. Kartoshkani virus kasalliklari infeksion zanjirini profilaktik agrotexnik choratadbirlar bilan ma’lum darajada uzish mumkin. Infeksiyalarni kamaytirishda mavjud navga xos bo’lgan shakl va ranga ega bo’lgan tuganaklarni tanlab olish, kasallangan tuganaklarni brakka chiqarish, viruslarni yuqishiga yordam qiladigan, qator orasiga ishlov berishlarni kamaytirish, fosforli o’g’it bilan optimal oziqlantirish, nihollar hosil bo’lishini va o’simlik o’suv davri boshlanishida uni o’sishini tezlatadigan ekish oldidan urug’larni tayyorlash, o’simliklardagi viruslarni kamaytirishga yordam qiladigan gektarda poyalarni bir xil qalinlikda bo’lishi va o’simliklarni yaxshi rivojlanishiga erishish kabi choratadbir-larni o’tkazish muhim ahamiyatga egadir. Tamakiningning virus kasalliklariga qarshi kurash choralari: Urug’ni sog’lom o’simliklardan olish Ularni ko’chatxonaga ekishdan oldin issiq suv yoki kimyoviy usul yordamida zararsizlantirish O’suv davrida birinchi kuchli zararlangan o’simliklarni (ayniqsa urug’ olishga mo’ljallangan) dalalardan yulib olib, chiqarib, yo’qotish Bitlar va saratonlarga qarshi insektisid purkash Virusli kasalliklar bilan oddiy usulda kurashish mumkin emas, shu sababli ularni rivojlantirish va yuqumli davrida oldini olish maqsadga muvofiq. Uni elementlari – virus manbaasi, o’simlik va so’ruvchi hasharotlar bo’lib, virus kasalliklariga qarshi o’yg’unlashgan kurash tizimini qo’llash kerak. Shuning uchun sog’lom urug’ yetishtirish asosiy kurash chorasi hisoblanadi. Xo’jaliklarda yetishtirilishi mumkin bo’lgan urug’ miqdori iqlim sharoiti, qo’llanilgan agrotexnikaga bog’liq. Urug’ yetishtirishda yopiq hududni tashkil etish uchun karantin kasalliklardan toza bo’lgan, virus kasalliklarini tarqatuvchilarning tarqalishiga qarshi tabiiy chegara to’siqlari bor va shuningdek, tuproq-iqlim, fitosanitariya va urug’chilik uchun ekologik sharoitlari to’g’ri keladigan joylar bo’lishi zarur. O’zbekiston sharoitida tog’ va tog’oldi yerlari yopiq hudud tashkil etib, sog’lom urug’ yetishtirish uchun eng qulay joy hisoblandi. Hosilni keskin kamaytiradigan eng xavfli viruslar uchadigan o’simlik bitlari orqali tarqatiladi. Shuning uchun ular bilan kurashish tizimi tarqatuvchilarni qirishga yo’naltirish kerak. Kimyoviy kurashish- perisistent viruslarni tarqatuvchilari bilan kurashishning samarali yo’lidir. Perisistent bo’lmagan virus tarqatuvchilari bilan kurashish murakkabroqdir, chunki, infeksiyani ular kimyoviy modda purkatilganidan so’ng nobud bo’lguncha yuqtiradi. Uchadigan o’simlik bitlari bilan kurashganda talofat keltiradigan ikkita muhim muddatni hisobga olish kerak: bahorgi va yozgi uchish muddatlari. Birinchi uchish muddatida qisman yuqtiradi, ikkinchisida esa viruslar yoppasiga tarqaladi. Ko’chat dalaga o’tqazilgandan ikki xaftadan so’ng birinchi purkash o’tkaziladi, lekin birinchi uchadigan o’simlik bitlari paydo bo’lishi bilan kechikmasdan o’tkazilishi lozim. Purkash har ikki haftada o’tkazilib, oxirgilari poya o’rib olinishidan 2-3 hafta oldin purkaladi. Download 364.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling