Ta'min etgan tarixiy shart-sharoitlar
Download 34.75 Kb.
|
Tarix referat
Badiiy adabiyot rivoji
Orta Osiyo Uygonish davri madaniyati xususida gap borar ekan, bunda uning muhim tarkibiy qismi, xalq dahosi mahsuli bolgan badiiy adabiyot va uning ajoyib namoyandalarining serqirra ijodi togrisida toxtalib otmasdan bolmaydi. Olkamizning noyob tarixiy - tadrijiy taraqqiyoti bilan bu davrda bir tomondan, rasmiy til maqomiga aylangan arab tilida, ikkinchi tomondan an'anaviy fors-tojik tilida va nihoyat, uchinchidan, milliy til sifatida shakllanib, rivojlanish sari yuz tutgan turkiy (eski ozbek) tilda nafis adabiy asarlar yaratilib, ma'naviyatimiz hazinasi boyib bordi. Bu esa mintaqamizda muhim yashagan xalqlar, elatlarning katta, betakror yutuqi boldi. Zotan, Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, "har qanday sivilizatsiya kopdan-kop xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir". IX-XII asrlar adabiy jarayonining rivojiga jiddiy hissa qoshgan, badiiy soz qadrini yuksakka kotargan daho adiblar togrisida soz yuritganda Ahmad Yugnakiy, Maxmud Qoshgariy, Yusuf xos Xojib, Ahmad Yassaviy, Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Nosir Xusrav singari aziz siymolar nomlari beixtiyor koz ongimizda namoyon boladi. Ularning har birining mangulikka muhrlangan hayotbaxsh ijodi necha asrlar silsilasidan otib, zamon kishilar shuri, qalbiga estetik huzur, quvonch bahishlab, ularni yuksak orzu maqsadlar sari ilhomlantirib keladi. Turkiy (eski ozbek) adabiyot shakllanishining ilk sarchashmalarida turgan otmishdosh adiblarimizning yirik namoyandalaridan biri Ahmad Yugnakiy (VIII asr)dir. Asl kelib chiqishi Samarqand atrofidan bolgan Ahmadning "hibat ul-haqoyiq" asari (484 misradan iborat)ni kozdan kechirarkanmiz, unda inson shaxsiyati, uning ta'lim tarbiyasi, kamoloti bilan bogliq juda koplab otkir, dolzarb masalalarning orin olganligini, ularni togri, xolis va ehtiros -bilan yoritilganligini koramiz. Adib Ahmad bilimning inson hayotidagi beqiyos ornini uluglash barobarida odamlarni bilimli ma'rifatli bolishga da'vat etadi. Bilim egasi vafot etganda ham uning nomi boqiy qoladi, deb xulosalaydi shoir, ammo bilimsiz kishi tirigida ham olikdan farqi yoqdir. Shoirning fikricha, bilim tuganmas boylikdir, u faqir kishini boy etadi, ilm aqlini arab ham, ajam ham olqishlaydi. Eski ozbek adabiyotining asoschilaridan sanalgan Mahmud Qoshgariy (XI asr) ijodi ham Orta Osiyo Uygonish davri madaniy taraqqiyotida muhim orin egallaydi. Uning merosi osha davr badiiy adabiyoti rivojida ham, turkiy xalqlarning etnik tarkibi, jugrofiy joylanishi, ularning rango-rang urf-odatlari, udumlari, oziga xos an'analari, toy-ma'rakalari va boshqa koplab hayotiy jihatlarini organish, ilmiy tadqiq etishda ham birdek ahamiyat kasb etadi. Allomadan bizga qadar yetib kelgan yagona "Devonu lugatit turk" ("Turk tilining lugati") asarining boy mazmuni bilan tanishish kishini yuqoridagi xulosaga olib keladi. Darhaqiqat, Turkiy xalqlar, elatlar yashaydigan keng hududlarni kezib, ishonchli manbalar asosida jonli materiallar toplab, osha xalqlar togrisida noyob qomusiy ma'lumotlarni oz asari orqali keyingi avlodlarga armugon etgan Mahmud Qoshgariy nomi mangu barhayotdir. Mahmud Qoshgariyga zamondosh Yusuf xos Xojib (XI asr) ijodi ham oziga xos badiiy sayqali, yuksak mahorati bilan ajralib turadi. Adib nomini xalqlararo mashhur qilgan narsa, bu uning "Kutadgu bilig" ("Baxt va saodatga eltuvchi bilim") asaridir. Ushbu kitob turkiy xalqlar, elatlar hayoti haqida yozilgan asar bolib, unda davrning juda kop ota muhim muammolari, ahloq, odob va ma'rifat masalalari katta mahorat bilan yoritilgan. Turkiy adabiyotning yuksak parvozini Ahmad Yassaviy (1041-1167) ijodisiz tasavvur etib bolmaydi. U tasavvuf ilmida benazir peshvo. "Yassaviya" tariqatining asoschisi, chuqur ma'rifiy, dunyo qarashlik mazmuniga ega durdona asar "hikmatlar"ning muallifidir. Alisher Navoiy ta'biri bilan aytganda, "Turkiston mulkining ulug Shayx ul-mashoyixi" xazrati Xoja Ahmad Yassaviy juda koplab mutasavvuf donishmandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan. "Yassaviya" tariqatining bir qator asosiy qoidalari (odoblari)ga nazar tashlar ekanmiz, bunda insonlarning Alloh Visoliga etishish yolida tinimsiz izlanishlari, hayotning turli-tuman sinov-sinoatlariga dosh berishlari, oz e'tiqodlarida sobit, ezgulik, haq, haqiqat yolida hamisha sa'y-harakatlarda bolishlari kerakligiga alohida urgu berilganligi ayon boladi. Shu boisdan turkiy adabiyotning gozal namunasi - "hikmatlar"da "Yassaviya" ta'limotidagi poklik, halollik, togrilik, mehr-shafqat, oz qol kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yolida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilgor umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. Yassaviy "hikmatlar"ini mutolaa qilar ekanmiz, ularda yaxshi insonlarga xos a'lo sifatlar, fazilatlar uluglansa, ayni chogda badfe'l xulqli kishilar, molu dunyoga, boylikka xirs qoygan, ochkoz, ochofat kimsalar qattiq tanqid ostiga olinadi:
Otmish ma'naviyatimizning buyuk bobokaloni Ahmad Yassaviy she'riyati va ta'limoti umumbashariy va chuqur axloqiy, odobiy mazmun, mohiyat kasb etganligidan ham hamon minnatdor avlodlar e'tiborida hamda e'zozdadir. Orta Osiyo xalqlari Uygonish davri adabiyotini forsiyzabon ijodkorlar ijodi bilangina qoshib tasavvur etish mumkindir. Bu orinda Somoniylar davrining tengi yoq zukko shoiri Abu Abdulloh Rodakiy (860-941) ijodi alohida kozga tashlanib turadi. Gap shundaki, juda kop nufuzli manbalarda aytilishicha, fors-tojik tilida ijod qilgan shoirlarning birortasi ham unga teng keladigan darajada asarlar bitmaganlar. Ba'zi olimlarning fikricha Rudakiy bir million uch yuz ming misragacha she'r yozgan. Biroq afsuski, shoirning boy adabiy merosidan bizgacha attigi ming bayt she'riy asarlar yetib kelgan, xolos. Rudakiy asarlari, ayniqsa uning ruboiylari shu qadar ta'sirchan, ohangdorki, ular kishilar qalbini oziga beixtiyor mahliyo etadi. Shoir tabiat gozalliklarini jozibali tarannum etish barbarida odamlarni yurt, Vatanni sevishga, unga farzandlik burchi bilan astoydil xizmat qilishga da'vat etadi. Uning ruboyilarida ifodalangan teran falsafiy fikrlar, hayotiy lavhalar bugungi avlod kishilari uchun ham ibrat bolib xizmat qilishi shubhasiz. Mana bu etirosli satrlarga koz tashlaylik:
Xullas, Mavlono Rudakiy ijodiyoti asrlar osha oz qadr-qimmatini yoqotmay, insoniyat ahliga estetik zavq bagishlab kelayotgan tuganmas sarchashmadir. Bu davr adabiyotining daho san'atkorlaridan yana biri Abulqosim Firdavsiy (940/941-1030)dir. Uni yorug olamga mashhur, nomini tillarda doston qilgan, abadiylikka muhrlangan narsa-bu allomaning - betakror "Shohnoma" asaridir. Negaki bu shoh asarda Eron va Turon xalqlarining ming yilliklar qa'riga borib taqaladigan uzun kohna tarixi, tutash taqdir - qismatlari, jangu jadallari, mislsiz qahramonliklari katta mahorat bilan ifodalangan. 60 000 baytdan (uning ming bayti Daqiqiy qalamiga mansub) iborat bunday salobatli yirik epik asarning dunyoga kelishi Firdavsiyning badiiy ijoddagi ulkan jasoratidir. Shoir Movarounnaxr, Xuroson va Eronning katta otmishiy tarixiga murojaat qilib, uning qat-qatiga yashiringan noyob injularni shodaga chizib, xalq ogzaki ijodi durdonalarini chuqur organib, ularni oz zamonasining yetilgan dolzarb masalalari, vazifalari bilan uygunlashtirib, shunday buyuk asar yaratdiki, mana necha asrlardirki, u bashariyat ahlining doimiy nazarida va nigohida bolib kelmoqda. "Shohnoma" davrimiz kishilarida teran insonparvarlik, yurtparvarlik, vatanparvarlik, olijanoblik tuygularini tarkib topdirishda ham alohida ahamiyat kasb etadi. 2.4. Islom madaniyati. Orta Osiyolik mashhur hadisshunos olimlarning bebaho merosi IX-XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlarning yuksalib borishi bilan, shu bilan birga islomiy madaniyat va ma'naviyatning shakllaninb, chuqur ildiz otib borishi, bu sohada talay yetuk olimu ulamolarning yetishib chiqib, Vatanimiz nomi va sha'nini olamaro, uluglaganligi bilan ham tavsiflanadi. Gap shundaki, arablar istilosi va hukmronligi Orta Osiyo xalqlari uchun avvalda qanchalik halokatli oqibatlar, mislsiz vayronagarchiliklar, olib kelgan bolsa-da, biroq shu bilan birga bu yurtga islom dini ham kirib keldi. Yerli aholining asta-sekin islom diniga kirishi, odamzod aqli uchun yakkayu yagona Allohni tanishi, unga, uning rasuli (elchisi) janobi Muhammad (s.a.v.) e'tiqod boglashi, itoat etishi, muqaddas kitob -"Quroni Karimni qabul qilishi, uning ilohiy sozlari, oyatlariga, tamoyillariga amal qilishi - bular pirovardida islom madaniyatining diyorimizda shakllanishiga asos boldi. Osha davrda Yevro-Osiyo, Afrikaning katta hududlariga yoyilgan islom va uning ta'limoti tufayli Orta Osiyo xalqlari ozlarining tor, biqiq holatidan chiqib, keng musulmon dunyosi bilan tutashdilar. Olka aholisi arab fani, madaniyati, ma'naviyati bilan yaqindan tanishish, ulardan bahramand bolish imkoniyatlariga ega boldi. Bu hol, shubhasiz, olkaning keng olamga yuz tutishiga bois boldi. Buning orqasida mahalliy xalq orasida juda koplab ilm-fanga ishtiyoqmand yoshlarning arab va ajnab mamlakatlariga borib diniy va dunyoviy bilimlarni egallashi, zamonaning har tomonlama yetuk, bilimdon, ma'rifatli olimu ulamolari bolib yetishishlariga keng yollar ochildi. Xuddi mana shunday keng ufqlar, imkoniyatlar kashf etilganligi bois ham ulug ajdodlarimiz: Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Fargoniy, Muhammad al-Xorazmiy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Maxmud az-Zamahshariy singari allomalar jahon kezib, mashaqatlar ila ilm organganlar, yetuk komil insonlar bolib sharaf topganlar. Shu bilan birligda olkaga islomning kirib kelishi va u bilan bogliq holda yakka xudolilik goyasining galaba qozonishi, yagona Alloh nomining e'tirof etilishi, oz navbatida mahalliy xalqlar, elatlar birligi, ahilligi va jipsligiga sezilarli ta'sir korsatdi. Shuningdek yuksak insonparvarlik, dostlik, birodarlik, ozaro mehr-oqibatlik, muruvatlik, ma'naviy poklik, rostguylik, bir-birini qollab-quvvatlash tuygulari bilan sugorilgan "Qur'oni Karim" oyatlari, goyalari ruhi yurt odamlarining ma'naviy kamolotiga katta ijobiy ta'sir otkazdi. Milliy istiqlol sharofati tufayli xalqlarimiz yangidan islomiy madaniyat an'analari, udumlarini tiklab, undan tola-tokis bahramand bolayotganligi, oz baquvvat, teran ma'naviy ildizlarimizga tutashganligimiz, ulardan ruhiy oziq olayotganligimiz, shubhasiz, nur ustiga a'lo nur boldi. "Islom dini - deb ta'kidlagan edi yurtboshimiz - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham imon ham ahloq ham diyonat, ham ma'rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yigindisi emas. Ana shu ma'rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bolishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar" Yurtimizda islomiy madaniyatning qaror topib, ildiz otib borishi barobarida uning ulugvor goyalari, asl maqsadlarini keng tashviq, targib qilish, ayniqsa hadis ilmini asosli tadqiq etish kuchayib bordiki, bu borada zaminimizdan chiqqan bir qator buyuk muxaddis olimlarning xizmati katta boldi. Xazrati paygambarimiz Muhammad (s.a.v.) nomi va u zoti sharifning muborak sozlari bilan bogliq "Qur'oni Karim" oyatlari mazmuni, mohiyatini teran tushunish va anglab yetishga muhim kalit bolib xizmat qiladigan hadisshunoslik ilmi IX asrda jiddiy rivoj topdi. Butun musulmon olamida eng ishonchli manbalar deb tan olingan 6 ta ishonchli hadislar toplami (as-siqoh as sitta) huddi shu davrda yaratildi. Ular orasida "hadis ilmida amir al-mominun" degan sharafli nomga sazovor bolgan Imom al-Buxoriy (810-870) nomi yorqin kozga tashlanib turadi. Yuksak aql-zakovat sohibi al-Buxoriy, Sharqning yirik ilmiy va ma'rifiy markazlaridan biri - Buxoroi sharifda tugilib, juda erta yoshligidan diniy bilimlarni chukur egallaydi, 16 yoshlik davridan boshlab u musulmon dunyosining koplab shaharlarini kezib, hadis ilmining siru asrorlarini bilish, ularni toplash va tadqiq qilish uchun tinimsiz sa'y-harakatlarda boladi. Bu haqda uning ozi: "Misr, Shom, Mesopotamiyaga ikki martadan, Basraga tort marta borganman. Hijozda 6 yil yashaganman, Bogdod va Kufa shaharlariga necha bor borganim hisobini bilmayman", degan ekan. Imom Buxoriy oz safarlari davomida turli shaharlardagi 90 ga yaqin ustozlardan ta'lim olgan. Ayni chogda uning ozi ham san-sanoqsiz shogirdlarga ustozlik qilgan. Imom Buxoriy shogirdlari orasida Islom ibn Mumammad ar-Ramodiy, Muhammad al-Masnadiy, Xalaf ibn Qutayba, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvoziy, Imom Ahmad ibn Qanbal singari zukko olimlar nomi alohida ajralib turadi. Imom Buxoriy gozal insoniylik sifatlariga ega bolishi bilan birga uning quvvai xofizasi, xotirasi nihoyatda otkir bolgan. Manbalarda uning 600 mingga yaqin hadisni yod bilganligi qayd etilgan. Al-Buxoriy keyingi nasllar uchun ozidan katta, boy ilmiy meros qoldirgan. Uning qalamiga mansub noyob asarlar royxati 20 dan oshadi. Bu asarlar orasida "Al-jome' as-sahih" asari (U "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan ham yuritiladi) ozining mukammalligi, ahamiyatining benihoyaligi bilan ajralib turadi. Alloma ibn Salohning ta'kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Eng muhimi shundaki, bu sharafli ishni birinchi bolib al-Buxoriy boshlab bergan bolsa, keyinchalik boshqa olimlar unga ergashib, hadislar toplamini yaratganlar. Allomaning "Al-jome' as-sahih " asari asrlar davomida butun musulmon dunyosida yuksak qadrlanib, necha bor nashr etilib, yer yuzi musulmonlari uchun dasturilamal qollanma bolib kelmoqda. Uning 1325 yilda kopchirilgan 8 jilddan iborat mukammal nusxasi hozirda Istanbul (Turkiya)da saqlanmoqda. Uning asarida ifodalangan mehr-muhabbat, sahiylik, ochiq kongillik, kattalarga hurmat, yetim-esirlarga muruvvat, beva-bechoralarga himmat, vatanga muhabbat, halollik, pokizalikka da'vat etuvchi yuksak insoniy fazilatlar, olijanob tuygular hamisha insonlarga ma'naviy kuch, qudrat bagishlab kelgan. Mustaqillik yillarida ulug bobomizning boy ilmiy merosi xalqimizga yangidan tola nasib eta boshladi. Uning asarlari, shu jumladan, "Al-jome' as-sahih" asari (4 jildda) ona tilimizda ilk bor nashr etildi. 1998 yil oktyabrida esa Alloma tavalludining 1225 yilligi keng nishonlandi. Al-Buxoriy xoki-poyi dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Qartang qishlogida esa unga bagishlab yodgorlik majmua barpo etildi. Imom Buxoriy yubileyi marosimidagi nutqida Prezidentimiz I.A.Karimov Alloma siymosini ta'riflab shunday degandi: "Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma'naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji - eng ishonchli hadislar toplami - "Al-Jome' as sahih" islom dinida Qur'oni Karimdan keyin e'zozlanadigan ikkinchi manbadir. Butun dunyo musulmonlarining e'tiqodiga kora, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulugidir. Mana, on ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va ezgulik yoliga chorlab kelmoqda". Imom al-Buxoriyning zamondoshi va shogirdi, oz davrining mashhur allomasi - Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892) ham hadisshunoslik ilmini yuksak bosqichga kotargan yorqin siymolardandir. Orta asrlar davrining yirik madaniy markazlaridan sanalgan Termiz shahri atrofida (Buh qishlogida - hozirgi Sherobod tumani) tavallud topgan bolgusi alloma oz ona yurtida dastlabki ma'lumotni olganidan song Orta Osiyoning Urganch, Buxoro, Samarqand kabi shaharlarida bilimini takomillashtiradi. Bundan ham yetarli qanoat hosil qilmagan, hamisha ilmga chanqoq at-Termiziy Sharq mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Shu tariqa, u uzoq yillar Iroqda, Isfaxon, Xuroson, Makka, Madina singari shaharlarda yashab, ilm-fanning turli sohalaridan - ilm al-qiroat, ilm al-bayon, fikr, tarix va ayniqsa hadis ilmidan osha zamonning yirik ustozi buzruklaridan ta'lim oladi. Ayni paytda at-Termiziyning ozi ham yuzlab shogirdlarga mehribon ustoz bolib, ularning hadis ilmining bilimdonlari sifatida shuhrat topishlariga katta homiylik korsatgan. At-Termiziydan bizgacha katta ilmiy meros yetib kelgan. Uning asosiy asarlari sirasiga "Al-Jomi'" ("Jamlovchi"), "Al-ilal fi-l-hadiys" ("hadislardagi ogishmalar"), "Risola fi-l-xilof va-l-jadal" ("hadislardagi ixtilof va baxslar haqida risola"), "At-tarix" ("Tarix"), kabilarni nisbat berish mumkin. At-Termiziyning sara asarlaridan "Al-jomi'" asari hadis ilmi bobida 6 ta ishonchli toplamlardan biri sifatida nihoyatda noyob asar hisoblanadi. Uning yana bir mashhur asari "Ash-shamoil an-nabaviya" ("Paygambarning alohida fazilatlari") bolib, bu asar paygambarimiz Muhammad Alayhuvassalomning shaxsiy hayotlari, u zotning suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 ta hadisi sharifni oz ichiga qamragan. Mazkur asar mustaqilligimiz sharofati bilan 1991 yilda "Shamoili Muhammadiyya" nomi bilan Toshkentda ozbek tilida birinchi bor keng nushada chop etildi. Shunday qilib, hur, ozod yurtimiz kishilari Abu iso at-Termiziy singari buyuk otmishdoshlarimiz siymosini ozlariga yangidan kashf qilib, ularning bebaho merosi duru-javohirlaridan tobora tolaroq bahramand bolib bormoqdalar. Download 34.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling