Ta'min etgan tarixiy shart-sharoitlar
Download 34.75 Kb.
|
Tarix referat
2.1. Moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishini ta'min etgan tarixiy shart-sharoitlar Turonzamin ulus va elatlari istiqomat qilgan hududning arablar istilosi va asoratidan xalos etilishi, oz mustaqillik maqomiga ega bolishi yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Ahmoniylar, Qorahoniylar, Gaznaviylar, Saljuqiylar va Xorazshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan, ulus-elatlar ortasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjihatlik vujudga keldiki, buning orqasida olkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik osdi, aholi farovonligi kotarila bordi. Movarounnahr shaharlarining jugrofiy nuqtai nazardan Buyuk ipak yolining eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda ishlab chiqarilgan, yetishtirilgan har turli ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari, zargarlik, zeb-ziynat mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida olkaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti jiddiy yuksalishga yuz tutdi. Buyuk ipak yoliga tutash aholi manzilgohlarida obod va korkam shaharlar vujudga keldi. Jumladan, birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida unda 10 ga yaqin shaharlar mavjud bolsa, XI asr ortalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi. Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari toxtovsiz kengayib borgan, koplab irrigatsiya inshootlari, sugorish kanallari, suv ayirgichlar qurilishi natijasida dehqonchilik madaniyati ancha osadi. Somoniylar poytaxti Buxoroga kochishi har tomondan olimu donishmandlar, sayyoqu tijoratchilar, me'moru hunarmandlar oqib kela boshlagan. Tarixchi Abu Mansur As-Saolibiyning (961-1038) iborasi bilan aytganda Buxoro Somoniylar davridan boshlab, "shon-shuhrat makoni, saltanat, ka'basi va zamonasining ilgor kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda oz davrining fozillari yogilgan (joy) edi". Mahalliy hukmdorlar amri, farmoni bilan shaharda koplab noyob tarixiy obidalar, ilmiy-madaniy maskanlar, kutubxonalar, madrasayu masjidlar, xonaqayu mavzoleylar barpo etildi. IX-XII asrlarda Movarounnahrda moddiy madaniyat oziga xos uslub va shakllarda toxtovsiz rivoj topib bordi. Xalq ichidan chiqqan mahalliy ustalar, me'morlar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar, miskarlar tomonidan yurt dovrugini olamga tanitgan ajoyib me'morchilik obidalari, san'at namunalari bunyod topdi. Bular jumlasiga Buxoroda qad rostlagan mashhur Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand yaqinidagi Tim qishlogidagi Arab ota maqbarasi (977-978 y.), XI asrda Marvda barpo etilgan Sulton Sanjar maqbarasi, Ozgandagi Qoraxoniylar maqbarasi, Gazna yaqinida marmar koshinlardan tiklangan Gaznaviylarning mahobatli yozgi saroyi (1112 y.), Buxorodagi Minorai Kalon maqbarasi (1127 y.) singari noyob arxitektura inshootlarini nisbat berish mumkin. Osha zamonlarda xalqaro karvon yoli otadigan cholli, sahroli hududlarda mahalliy hukmdorlar farmoyishi, sa'y-harakatlari bilan bunyod etilgan, muhim qulayliklarga ega korkam, obod rabotlar, sardobalar, karvonsaroylar va shu singari maskanlar ham ulug ajdodlarimiz ijodkorligi va bunyodkorligini ozida mujassam etadi. Bu davrlarda barpo etilgan muhtasham madrasayu xonaqohlar, ilm-urfon maskanlarida yurtning qancha-qanchalab iqtidorli farzandlari olimlar, mudarrislar, ulamolar rahnamoligida diniy va dunyoviy bilimlarni qunt bilan organganlar va asta-sekin fan choqqilari sari kotarilib borganlar. Somoniylar, Gaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar sulolalariga mansub ma'rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy ragbat berishlari orqasida koplab istedod sohiblarining salohiyati, ijodi osib, yuksalib borgan. Osha davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat korsatgan kutubhonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qolyozmalar toplanganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bolmoqdalar. Orta Osiyo xalqlari ma'naviy madaniyatining osishida islom madaniyatining ahamiyati katta boldi. Islom faqat dingina emas, balki yangi ma'naviy yonalish sifatida butun madaniy jarayonga, barcha musulmon mamlakatlari orasida ijtimoiy-madaniy, ma'rifiy aloqalarning kuchayishiga ham sezilarli ta'sir korsatdi. Bu davrda ma'naviyatda hur fikrlik, har qanday bilim, ilm-fanga hurmat, diniy olimlar erkinligi ustunlik qildi. Diniy va dunyoviy ilmlar uzviy bogliq holda rivoj topib bordi. Qadimgi Yunon, Hind va boshqa yurtlar an'analaridan ham keng ijobiy foydalanildi. X asrning ikinchi yarmi va XI asr boshlarida Xorazmda vujudga kelib keng faoliyat korsatgan mashhur Ma'mun akademiyasi ilm-fan ravnaqiga ijobiy ta'sir etdi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Mansur ibn Iroq singari ilm peshvolari ham dastlab shu fan maskanida ulgayib, kamolot bosqichiga kotarilganlar. Xullas, IX-XII asrlarda Movarounnahr hududlarining iqtisodiy va madaniy yuksalishi, uning Buyuk Ipak yoli orqali xorijiy ellar bilan aloqalarda bolishi, ilmu urfon sarchashmalariga keng yol ochilishi-bularning hammasi, shubhasiz, jonajon olkamiz hayotida shunday qulay shart-sharoitlarni, omillarni vujudga keltirdiki, buning natijasida bu mintaqadan oz yorqin ijodi, ulkan ilmiy salohiyati bilan jahon sivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qoshgan koplab zabardast olimu donishmandlar, allomalar, mumtoz adabiyot daholari yetishib chiqdi va olamga dovruq taratdi.
Download 34.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling