Ta'min etgan tarixiy shart-sharoitlar
Ilm-fan ravnaqi. Orta Osiyolik allomalarning jahon fani
Download 34.75 Kb.
|
Tarix referat
2.2. Ilm-fan ravnaqi. Orta Osiyolik allomalarning jahon fani
va sivilizatsiyasi xazinasiga qoshgan hissasi IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining koplab tarmoqlari va yonalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, geologiya, geodeziya, jugrofiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning tamal toshi shu davrda yoyildi. Alloh nazari tekkan muborak yurt zaminidan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Fargoniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Xorazmiy, Maxmud az-Zamaxshariy, Burxoniddin Marginoniy kabi qomusiy bilim sohiblarining ilm-fanning turli-tuman sohalaridagi bebaho ilmiy va ma'naviy meroslari tola ma'noda dunyoviy ahamiyatga molikdir. Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso al-Xorazmiy (783-850) nomi fan tarixida alohida orin tutadi. Olim ozining "hisob aljabr val Muqobala", "hind arifmetikasi haqida kitob", "quyosh soatlari haqida risola", "Astronomik jadvallar" singari asarlari bilan "Algebra" faniga asos soldi. Uning arifmetika risolasi Hind raqamlariga asoslangan bolib, hozirgi paytda biz foydalanayotgan onlik hisoblash sistemasining Yevropada tarqalishiga sabab boldi. Allomaning "al-Xorazmiy" nomi "algoritm" shaklida fanda abadiy muhrlanib qoldi. Olimning "Kitob surat al-arz" nomli georgrafiyaga doir asari shu qadar fundamental ahamiyatga egaki, u arab tilida koplab geografik asarlarning yaratilishiga zamin yaratdi. Uning Sharq geografiyasining otasi deb nomlanishi ham shundan. Xorazmiy yaratgan "Zij" Ovropada ham, Sharqda ham astronomiya fanining rivojlanishi yollarini belgilab berdi. Alloma qalamiga mansub "Kitob at-tarix" ("Tarix kitobi") asari Movarounnahr, Xuroson va Kichik Osiyo halqlarining YIII-IX asrlarga oid tarixini tolaqonli yoritishda muhim qollanmadir. Al-Xorazmiyning arab ilmiy dunyosining yirik markazi Bogdoddagi Ma'mun akademiyasida ishlagan davrlari uning iste'dodining eng barq urgan payti boldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahliga ibrat boldi. Orta Osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Fargoniy (797-865) nomi alohida kozga tashlanib turadi. Olimning toliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargoniy bolib aslida Fargonaning Quva shahrida tavallud topgan. Ilm yolida zahmat chekib kop yurtlarni kezgan. Umrining kop qismini xorijiy ellarda, xalifalik markazlarida otkazgan. Uning butun ongli hayoti va faoliyati fan yoliga bagishlangan. Ahmad al-Fargoniy yetuk astronom, matematik va geograf olim sifatida shuxrat topgan. Juda koplab fundamental asarlarning muallifi, Bogdoddagi Baytul hikma (akademiya)ning nomdor namoyandalaridan biridir. U xalifalik poytaxti Bogdodda yohud Suriya, Misrda bolmasin, osha joydagi ilm ahli bilan bahamjihat bolib, osha davr fanining turli yetilgan dolzarb muammolarini hal etishda faol ishtirok etdi. Jumladan, uning Yer shari xaritasining tuzishdagi, Suriya shimolida, Sinjor sahrosida yer meridiani bir darajasining uzunligini olchashdagi yohud Misrning qon tomiri - Nil daryosi suvi satqini olchashdagi ulkan xizmatlari benazirdir. Al-Fargoniy ilmiy salohiyatining mahsuli bolgan "Astronomiya asoslari xaqida kitob", "Asturlob yasash haqida kitob", "Al-Fargoniy jadvallari", "Oyning Yer ostida va ustida bolish vaqtlarini aniqlash haqida risola", "Etti iqlimni hisoblash haqida", "Al-Xorazmiy "Zij"ining nazariy qarashlarini asoslash" nomli kitoblari haqli ravishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sanaladi. Al-Fargoniyning fandagi ulkan shuhrati Sharqu Garbda ham birdek uluglanib kelinadi. U Garb olimlari orasida "Alfraganus" nomi bilan mashhur. Mustaqil Ozbekiston zaminida bu alloma nomini e'zozlab, 1998 yilda bu zoti sharif tavalludining 1200 yilligini katta shodiyona sifatida nishonlaganimiz tarixiy haqiqatning tiklanganligi boldi. "Ahmad Fargoniy, - deb ta'kidlagandi I.A.Karimov alloma yubileyi tantanalarida sozlagan nutqida, - kishilik tarixidagi ilk uygonish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, oz zamonasi fundamental fani asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm choqqilariga kotarilishiga sababchi boldi, butun ma'rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bolib xizmat qildi"1 . Jahon fani ravnaqiga benazir hissa qoshgan Uygonish davri daholari orasida buyuk yurtdoshimiz Abu Nasr Farobiy (873-950) siymosi yorug yulduzdek fan osmonida charaqlab turadi. Ozining qomusiy bilimlari, ayniqsa falsafa sohasidagi betimsol xizmatlari bilan "Al-Muallim as-soniy" - "Ikkinchi muallim" (Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomi bilan mashhurdir. Ilmu urfonga oshuftalik, insoniyat baxtu saodati yoliga ozini baxshida etishlik Farobiyni oz tugilgan ona yurti - Farob- otrorni osmirlik chogidanoq tark etib, osha davrning eng mashhur ilm maskanlari hisoblangan Eron va Arabiston shaharlariga borib, bir umr ilm-fan bilan mashgul bolishga undaydi. U tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid 160 dan ziyod asarlar yaratgan. Ayniqsa falsafa ilmini rivojlantirishga katta ulush qoshgan. Uning asarlarini 2 guruhga ajratish mumkin: Yunon faylasuflari, tabiatshunoslarning ilmiy merosini izohlash, tarqib qilish va organishga bagishlangan asarlar; Fanning turli sohalariga oid asarlar, Farobiyning Aristotel (Arastu) asarlarini, xususan "Metafizika", "Etika", "Ritorika", "Sofistika" singari shoh asarlarini chuqur ilmiy sharhlash, mazmui-mundarijasini teran yoritib berishdagi xizmatlari benazirdir. Xatto Abu Ali ibn Sinodek buyuk daho ham uning oz e'tiroficha, Arastu "Metafizika"si mohiyatini faqat Farobiy talqinida organib, tushunib yetgan ekan. Farobiyning "Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi", "Falsafaga izohlar", "Kattalarning aqli haqida soz", "Yoshlarning aqli haqida kitob", "Jon (ruh)ning mohiyati haqida risola", "Inson a'zolari haqida risola" "xajm va miqdor haqida soz", "Musiqa haqida kitob", "Hattotlik haqida kitob", "She'r va qofiyalar haqida soz", "Fozil odamlar shahri", "Urush va tinch turmush" singari asarlari alloma qiziqish doirasi, ma'naviy olamining nechoglik kengligi, behududligidan nishona berib turadi. Shu boisdan bolsa kerak, madaniy dunyo olimlari hamma zamonlarda ham ulug vatandoshimiz ilmiy merosiga katta hurmat, qiziqish bildirib, uning ilmiy merosi sarchashmalaridan bahramand bolib keladilar. Orta asrlar davri sharoitida Vatanimiz sharafini ozining beqiyos dunyoviy asarlarida uluglagan, astronomiya, fizika, matematika, geologiya, geodeziya, geografiya, mineralogiya, tarix singari fanlar yonalishida mislsiz kashfiyotlar qilgan qomusiy bilim sohiblaridan yana biri Abu Rayhon Beruniy (973-1048)dir. Asli Xorazm yurtidan bolgan allomaning butun hayoti tolaligicha ilm-fanga bagishlangan. Uning qalamiga mansub yuzlab noyob asarlar ichida bizning davrimizgacha saqlanib, oz bebaho ahamiyatini yoqotmay, bugungi avlod kishilari uchun organish manbayi bolib kelayotganlari ham talaygina. Bular jumlasiga "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Xorazmning mashhur kishilari", "Hindiston", "Ma'sud qonuni", "Mineralogiya", "Saydona", "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Foydali savollar va togri javoblar", "Ibn Sino bilan yozishmalar" singari - tarixiy kitoblarni kiritish mumkin. Beruniy asarlari kop asrlardan buyon Sharqu Garbda keng tarqalgan bolib, ular yuksak qadr topgan. "Hindiston" asari togrisida soz yuritgan olim V.R.Rozin "Sharq va Garbning qadimgi va orta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yoq" - deb baho beradi. Beruniyning "Mineralogiya" asari ham oz zamonasi uchun Orta Osiyo, Yaqin Sharq, hatto Yevropoda ham mineralogiya sohasidagi tengi yoq asar sifatida e'tirof topgan. Alloma merosi uning bugungi mustaqil yurtida, minnatdor avlodlari nigohida, doimiy e'tiborida, e'zozidadir. Abu Rayhon Beruniyning zamondoshi va safdoshi Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham oz davrining yetuk allomasi, fan fidoyisi sifatida mashhurdir. Buxoroi sharifning Afshona qishlogida tugilib voyaga yetgan ibn Sino 18 yoshlik chogidanoq el orasida yetuk tabib, olim sifatida tan olingan. Uning dovrugi somoniylar saroyida ham ma'lum va mashhur bolgan. Taqdir hukmi uni qayerlarda yashashga, umrguzoronlik qilishga mahkum etmasin, u dunyoviy ilmlarni organishdan, ularni chuqur tadbiq etishdan charchamadi. Ibn Sino asarlari umumiy sonining 450 dan oshishi ham bunga guvohdir. Biroq bulardan 160 ga yaqini bizgacha yetib kelgan, xolos. Alloma nomini dunyoga tanitgan narsa, bu uning tibbiyot sohasidagi mislsiz kashfiyotidir. Ibn Sinoning arab tilida yaratgan 5 jildli "Al-Qonun" ("Tib Qonunlari") asari tibbiyotga oid benazir dasturilamaldir. 5 mustakil kitobdan iborat bu majmuani kozdan kechirarkanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklarni aniqlash, ularni davolash borasidagi mahoratiga, bilimdonligiga tan beramiz. Jumladan, "Qonun"ning ikkinchi kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari bayon etilganligi buning ayni isbotidir. Olimning tibbiyotga doir 22 jilddan tashkil topgan "Kitob ush-shifo" ("Shifo kitobi") asari ham mavjud. Abu Ali ibn Sino faoliyatining kop qirraliligi yana shundaki, u ilm-fanning boshqa sohalarida ham barakali ijod qilgan. Uning "Insof kitobi", "Najot kitobi", 10 jildli "Arab tili kitobi" yohud badiiy ijodga oid "Tayr qissasi", "Salomon va Ibsol", "Xayy ibn Yavzon" asarlari buning yorqin ifodasidir. Tarix ilmida benazir bolgan Muhammad Narshahiy (899-959) ozining "Buxoro tarixi" ("Tarixi Narshahiy") asari orqali oz davrining katta, kolamli masalalarini ortaga qoyib, ularni haqqoniy tarzda yoritib berdi. Kitobda arablarning Orta Osiyoni zabt etib, kirib kelishi, mashhur Muqanna qozgaloni, shunnigdek Somoniylar davridagi davlat boshqaruvi tizimi, pul munosabatlari, soliq tizimi, Buxoro davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid koplab qiziqarli ma'lumotlar aks etgan. Buxoro vohasidagi sugorish tarmoqlari togrisida, shaharsozlik, obodonchilik ishlari haqida ham noyob materiallar berilganligi "Buxoro tarixi"ning qimmatli manba ekanligidan dalolat beradi. Oz zamonasi olimlari orasida peshqadam sanalgan, tilshunoslik, qonunshunoslik, hadisshunoslik, mantiq kabi sohalarda nodir asarlar yaratgan Kaffol ash-Shoshiy (903-976) ijodi ham ko p qirralidir. Allomaning "Odob al-qozi" ("qozining fe'l-atvori"), "Odob al-baxs" ("Baxs odobi"), "husni jadal" ("Dialiktika gozalligi") kabi asarlari unga katta shuhrat keltirgan. U she'riyat sohasida ham oz uslubi va yoliga ega yetuk ijodkor bolgan. Kohna Xorazm diyoridan chiqib ozining betakror ilmiy ijodiyoti bilan Orta Osiyo Uygonish jarayoniga jiddiy ta'sir korsata olgan nuqtadon olim Mahmud az-Zamahshariy (1075-1144) nomi ham fan osmonidagi yorqin yulduzlardan biridir. Buyuk mutafakkir arab grammatikasi, lugatshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jugrofiya, tafsir, hadis va fiqh (qonunshunoslik)ka oid 50 dan ziyod noyob asarlar muallifidir. Uning "Al-Mufassal", "Muqaddimat ul-adab", "Asos al-baloga" ("Notiqlik asoslari"), "Xutbalar va va'zlar bayonida oltin shodalar", "Ezgular bahori va yaxshilar bayoni", "Aruzda olchov (me'zon)", "Nihoyasiga yetgan masalalar", "Nozik iboralar", "Qur'on haqiqatlari va uni sharqlash orqali sozlar kozlarni ochish" kabi asarlari butun Sharq va arab dunyosida e'tirof topgan. Ismoil Jurjoniy, Mahmud Chahminiy, Burhoniddin al-Marginoniy kabi allomalarimiz yaratgan ilmiy-ma'naviy meros ham Vatanimiz shuhratini olamga taratdi. Shunday qilib, Orta Osiyo hududida yuz bergan Uygonish davrida koplab favqulodda iste'dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon fanining turli yonalishlarida betakror kashfiyotlar, chinakam mojizalar yaratdilar. Bu bilan ular Vatanimiz shonu sharafini yuksaklarga kotardilar ham kelgusi minnatdor avlodlar uchun bitmas-tuganmas boy meros qoldirdilar.Shu boisdan ham odamlarimizning ruhi, munavvar siymosi hamisha har birimizning jismu jonimizda, mehrimizda namoyon bolib turadi. Download 34.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling