Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Davlat byudjetini muhokama qilish (ko‘rib chiqish)
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
20.3. Davlat byudjetini muhokama qilish (ko‘rib chiqish)
va tasdiqlash (qabul qilish) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini hamda soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qiladi. Odatda, davlat byudjetining loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo‘lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi. Mamlakat parlamentining har bir palatasida davlat byudjeti masalalari bilan shug‘ullanuvchi maxsus qo‘mitalar va komissiyalar faoliyat ko‘rsatadi. Ular davlat byudjeti loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zarur hollarda o‘zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda davlat byudjetining loyihasiga xulosa beradilar. 472 Oliy Majlisning har bir palatasida davlat byudjeti loyihasi qabul qilinganidan so‘ng, har ikki palata o‘rtasida davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lmasa, mamlakat parlamentining davlat byudjeti to‘g‘risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o‘rtasida davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan iborat bo‘lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak. Parlamentda davlat byudjeti loyihasini muhokama etish (ko‘rib chiqish)da davlat byudjeti tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Davlat byudjeti tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan taqdim etilgan davlat byudjeti loyihasiga nisbatan o‘zgartirishlar kiritish huquqi nazarda tutiladi 100 . Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Ular kuchga kirishi uchun mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi. Davlat byudjetiga muvofiq: • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy mak- roiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga doir qaroriga muvofiq, qaror qabul qilingandan so‘ng Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling