Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bir 
tomonlama 
moliyaviy 
munosabatlar. 
Bunday 
munosabatlar, odatda, jamg‘armaning daromadlarini shakllantirishda 
yoki uning xarajatlarini amalga oshirishda namoyon bo‘ladi. 
Masalan, ko‘pchilik mamlakatlarda valyuta fondining tashkil etish 
manbai markazlashtirilgan byudjet mablag‘laridan qaytarib 
berilmaydigan subsidiya shaklidagi resurslar hisoblanadi. Bir 
tomonlama moliyaviy aloqalar jamg‘arma daromadining bir 
qismini moliya tizimining boshqa bo‘g‘iniga dotatsiya yoki 
subsidiya sifatida o‘tkazganda ham vujudga keladi. Masalan, 
AQShda tashkil etilgan Yo‘l jamg‘armasi maxsus soliqlar hisobiga 
tashkil etiladi, ammo daromadlar xarajatlardan ortiq bo‘lgan 
davrlarda Federal byudjetga zayom shaklida taqdim etiladi.
Ikki 
tomonlama 
moliyaviy 
munosabatlar. 
Bunday 
munosabatlar amaliyotda moliyaviy resurslarning oqimi fondlararo 
va moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari o‘rtasida sodir bo‘ladi. 
Masalan, Pensiya jamg‘armasi nafaqat maxsus ajratmalar 
hisobiga tashkil etiladi, balki hozirgi davrda respublika byudjetidan 
olinayotgan 
byudjet 
transfertlar: 
hisobidan 
ham 
qisman 
shakllanadi. Bir vaqtning o‘zida, agar jamg‘arma daromadida aktiv 
saldo vujudga kelsa, u ortiqcha moliyaviy resurslar hisobiga qisqa 
muddatli davlat g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlarini xarid qilib, byudjet 
defitsitini kamaytirishi yoxud Davlat byudjetga kreditor sifatida ham 
namoyon bo‘lishi mumkin. 
Ko‘p tomonlama moliyaviy munosabatlar. Bunda bitta 
davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasi bir vaqtning o‘zida bir 
nechta jamg‘armalar hamda moliya tizimining boshqa bo‘g‘inlari 
bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Ya’ni, pul mablag‘lari turli xil 
yo‘nalishlarda harakat va oqimda bo‘ladi. 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bir qator 
vazifalarni bajaradi. Ularning ko‘lami keng, ammo asosiylari bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
• iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo‘shimcha moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlash (ekologiya jamg‘armalari, ilmiy tadqiqot 
va tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqalar); 


494 
ko‘rsatish ko‘lamining kengayishi va moliyaviy siyosatning 
o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladigan muammolarni maqsadli va 
manzilli bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Shunday 
vaziyat shakllanganda hukumat davlat byudjetdan tashqari 
jamg‘armasini tashkil etish uchun maxsus qaror qabul qiladi. 
Bizda ham yuqorida qayd etilgan vaziyatga o‘xshash holat 
vujudga kelishi va mamlakatning ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishi munosabati bilan 2004-
2009 moliya yillarini o‘zida qamrab olgan davlatning byudjetdan 
tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi tashkil etilgan edi. 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasi har qanday 
maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, odatda uning nomida qanday 
maqsad uchun tashkil etilayotganligi aks etadi. Masalan, Pensiya 
jamg‘armasi, 
Respublika 
yo‘l 
jamg‘armasi, 
Bandlikka 
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va h.k. 
Moliya 
tizimining 
boshqa 
bo‘g‘inlari 
kabi 
Davlatning 
byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil etishning moddiy 
manbalari milliy daromad hisoblanadi. Bunday jamg‘armalarning 
aksariyat qismi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash 
jarayonida vujudga keladi. 
Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali 
Davlatning 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalari 
daromadini 
shakllantirishning asosiy usullari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
1. Maxsus soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar; 
2. Davlat byudjeti mablag‘lari va zayomlar. 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlarini 
tashkil etishning asosiy usuli maxsus soliqlar, yig‘imlar va 
ajratmalar hisoblanadi. Ushbu manbalalar hisobidan jamg‘armalar 
daromadlarining 80-90% va hatto 100% ham shakllanishi 
mumkin. 
Davlat 
byudjeti 
hisobidan 
shakllanayotgan 
mablag‘lar 
amaliyotda qaytarib bermaslik sharti bilan dotatsiya va 
subvensiya ko‘rinishida (davlat byudjetidan transfertlar shaklida) 
beriladi. Ayrim hollarda fond daromadlariga turli muddat va 
qiymatda (foizli, foizsiz) bo‘lgan zayomlar ham jalb qilinishi 
mumkin. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling