Mavzu: Ish haqidan ajratma va to'lovlar hisobi, ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish


Download 34.47 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi34.47 Kb.
#1599138
  1   2   3   4   5   6

Mavzu: Ish haqidan ajratma va to'lovlar hisobi, ish haqi fondining ishlatilishi ustidan nazoratni tashkil etish.

Reja:


  1. Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va

to’lovlar.
  1. Ish haqi fondining tuzilishi va tarkibi.



Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari to’lovlar uchun malum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda O'zbekiston Respubiikasi Mehnat kodeksiga binoan umumiy qoidaga ko'ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo’lmagan taqdirda esa sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qaty nazar mehnat haqidan ushlab qolinadi:
a) O'zbekiston Respublikasida beigilangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlami undirish uchun;
b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
d) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo'jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o'tganligi munosabati bilan berilgan bo'lib, sarf qilinmay qolgan va o'z vaqtida qaytariimagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yoxud haq tofilash noto’g‘ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan chiktirilmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o'tib ketgan bo’lsa yoki xo'jalik ehtiyojlari, xizmat safarlari yoxud boshqa joydagi ishga olganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yokimiqdorini noto‘gsri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;
e) O‘z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan. ish yili tugamasdan turib, mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o'qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda. ushlab qolinmaydi;
f) xodim tomonidan ish heruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar etkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmasa;
g) mehnat intizomini buzganligi uchun osrtacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda jarima. Ish haqini toMash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining eilik foizidan ortib ketmasligi kerak. Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig’ amaldagi yo’riqnomada
belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad solig’ yagona shkala stavkasi bo'yicha yillik jamg‘arma daromadidan ushlanadi: - har bir fuqaroning soliq majburiyati bazasi olgan yili barcha manbalardan yig’lgan daromad summasi hisoblanadi;
— oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi;
— daromadlar miqdoridan qat’i nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan fuqaroiar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat’i nazar O'zbekiston Respubiikasining barcha fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqarosi bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi;
- agar fuqaroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo'shgan holda olingan daromadlar in ing umumiy summasi to‘g‘risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak. Shuningdek, ushbu yo'riqnomaga muvofiq soliq to'lovchining asosiy ish joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Bunda soliq solish shkalasi 2018-yil 1-noyabridan eng kam ish haqi miqdori 202730 so‘mni tashkil qiladi. Daromad soligi hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad soligi summasi korxona tomonidan budjetga o‘z vaqtida va toliq o'tkazib berilishi kerak. Ish haqidan quyidagi soliq va majburiy to’lovlar ushlab qolinadi:
Daromad soligM -12 %; ShJBPJA-0,1%; Bandlikka ko'maklashish jamg’armasiga - 1 % (0 ‘zbekiston Respubiikasining 2018-yil 26-dekabrdagi 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-202l-yillarga budjet mo’ljallari to‘g'risida 181 PQ-4086-sonli Qarori). Fuqarolaming daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410-“Budjetga to’lovlar bo'yicha qarz (turlari bo'yicha)” passiv schyoti qoMlaniladi. Bu schyotning kredit qoldig’ korxonaning budjetdan bo’lgan qarzini ko'rsatadi, debet oboroti budjetga o'tkazib berilgan summani ko'rsatadi; kredit oboroti - ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko'rsatadi.
Masalan, ishchiga yanvar oyida 1 850 000 so’m ish haqi hisoblandi va undan quyidagilar ushlab qolindi:
- daromadsolig'i miqdori 222 000 so*m (1 850 000 *12 %)ni tashkil etadi. Summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi; Dt; 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisoblashishlar” schyoti - 22.so'm;
Kt: 6410-“Budjetga toMovlar bo'yicha qarzlar” schyoti - 222 000 so‘m.
Mablag' o'tkazib berilganda:
Dt: 6410-"Budjetga toMovlar bo'yicha qarzlar” schyoti - 220 150 so'm.
Kt: 51i0-“Hisob-kitob” schyoti - 220 150 so‘m;
- ShfBPJA hisoblaganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.12.2018-yildagi PQ-4086 qaroriga asosan hisoblangan ish haqidan 0,1 % miqdorida xodimlarning yig’ilib boruvchi pensiya hisob raqamiga ajratma qilinadi. Ammo hisoblangan 0,1% yig’lib boruvchi pensiya hisob raqamiga ajratma hisoblangan daromad soligMdan ushlab
qolinadi. Bunda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv amalga oshiriladi:
Dt: 6410-‘Budjetga toMovlar bo'yicha qarzlar” schyoti-1850 so‘m,
Kt: 6520-“Davlat maqsadli fondlariga toMovlar” schyoti-1850 so*m.
Mablag5, o'tkazilganda:
Dt: 6520-“Davlat maqsadli fonlariga toMovlar” schyoti - 1850 so'm,
Kt: 5110-“Hisob-kitob” schyoti - 1850 so'm.
- bandlikka ко *maklashish jam g‘armasiga (1 %) ajratma hisoblanganda:
Dt: 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisoblashishlar” schyoti-18 500 so'm,
Kt: 6530-“Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar” schyoti-18 500 so'm.
Mablag' o'tkazilganda:
Dt: 6530-“Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar” schyoti -18 500 so’m,
Kt: 5110-“Hisob-kitob” schyoti -18 500 so’m.
- xodimga ish haqi berilganda:
Dt: 6710-“Xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisoblashishlar” schyoti -1 609 500 so'm,
Kt: 5010-“Kassa” schyoti -3 609 500 so'm.
Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va o'tkazib berish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jumal yoki kartochkada ro'yxatga oladi.
Xodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi hoilarda ushlanadi:
agar ushlanmalaming umumiy summasi 50 %dan oshsa, shuningdek agar sud qarori bilan boshqa onadan bo’lgan bolalar, mehnatga layoqastiz ota-onaiar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga.
Ijro varaqalari bo4yicha olib beriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990-“Boshqa majburiyatlar” schyotining l-“Ijro hujjatlari bo'yicha tashkilot va shaxslar bilan hisob - kitoblar' analitik schyotida yuritiladi.
Aliment hisobot oyi bo'yicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchaiik ish qobiliyatini yo'qotgan davrida hisoblangan nafaqa summasidan soliqlar ushlangandan keyin, shuningdek, hisoblangan pensiya va stipendiya summasidan ushlanadi. Bu vaqtdabuxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi:
Dt: 6710-'‘Mehnat haqi bo'yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”,
Kt: 6990-uBoshqa majburiyatlar” schyoti.
Ish haqi, pensiya va stipendiyalar to’lash uchun beigilangan uch kuniik muddat ichida aliment summalari to'lanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan pochta orqali o’tkazib berilishi kerak. Bunda 6990 schyoti debetianib 5010 schyoti kreditlanadi.Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan rag‘batiantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga sotilgan tovarlar bo'yicha ariza-majburiyatlaming hamma summasini korxona bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o'tkazib berganda, kreditga sotilgan tovarlar bo'yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo'ladi. Shunday qilib, qisman ushlanmalami o'nlab savdo tashkilotlariga o'tkazib berish uchun bankka to' lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-“Kreditga sotilgan tovarlar bo'yicha xodimlaming qarzi” schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bo'lib uning qoldig'i korxonaga qaytarilmagan kredit bo'yicha ishchi va xizmatchilaming qarzini ko'rsatadi; debet oboroti-bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq-majburiyat summasini ko'rsatadi; kredit oboroti-qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilaming ish haqlaridan ushlangan summani ko'rsatadi. Basharti xodim majburiyat summasini to'Iiq qoplamasdan boshqa korxonaga ishga o'tsa, korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini ko'rsatib xabar beradi.
Korxona, shuningdek, suda bo'yicha bank bilan to'Hq hisoblashadi. Agar korxona o’z xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo'yicha bank kreditidan foydalanadigan bo’Isa, 6990-“Boshqa majburiyatlar” schyotida savdo korxonalari bo'yicha shaxsiy schyotlar ochadi. Ishchi va xizmatchilaming ish haqlaridan ushlanadigan majburiy ushlanmalardan
tashqari ulaming yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar ham bo'lishi mumkin: ish haqini Xalq bankiga, sug'urta tashkilotlariga o'tkazib berish, kasaba uyushmalar badallarini to’llash, dalabog’ uy va uchastkalami qurish va obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish muomalalari 4710-“Kreditga sotilgan
tovarlar bo'yicha xodimlaming qarzi” va 6990-“Boshqa majburiyatlar” schyotlarda hisobga olinadi.

Mehnat inson va jamiyat mavjudligining asosidir. Mehnat bepul va pullik. To'lanadigan turdagi tashkilot uchun ish haqi fondi mavjud. Ish haqi fondi - bu tashkilotning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xodimning faoliyati uchun to'lash uchun hisoblangan pul nafaqasi. To'lov ma'lum vaqt ichida amalga oshiriladi. Ish haqi fondiga nimalar kiradi? Ish haqi fondi nimadan iborat? Ish haqi fondi quyidagi elementlarning kombinatsiyasi hisoblanadi:



  1. Xodimlarning nafaqalari (pullari) miqdori;

  2. Ish haqi fondi;

  3. Hisoblangan;

  4. Ish haqi uchun taklif qilinadigan mahsulotlar;

  5. Xodimlarni jalb qilish uchun bonuslar;

  6. Dam olish kunlariga qadar to'lov (dam olish vaqti);

  7. Tungi ish va ortiqcha ish uchun kompensatsiya;

  8. To'plangan tajriba uchun mukofotlar (staj);

  9. Maxsus sharoitlarda ishlaganlik uchun to'lovlar;

  10. Bir martalik faoliyat uchun to'lovlar (to'liq bo'lmagan ish va boshqalar);

  11. Ishlamagan vaqt uchun to'lovlar (qayta tayyorlash, malaka oshirish va boshqalar);

  12. Har xil ta'tillarni to'lash (foydalanilmaganlardan tashqari);

  13. Xodimning aybi bo'lmagan ish vaqti uchun ish haqini to'lash;

  14. Xodimlarni rag'batlantirish uchun mo'ljallangan to'lovlar.

Qo'shimcha to'lovlar quyidagilar emas:

  • dividendlar;

  • moliyaviy profilaktika;

  • maxsus fondlardan bonuslar;

  • kreditlar;

  • va boshqalar.

Download 34.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling