Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini tashkil 
etish 
tartibi 
va 
shakllantirish 
metodlari. 
Rivojlangan 
mamlakatlarning ilg‘or tajribalariga tayanib aytish mumkinki, 
odatda Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari quyidagi 
shartli ikki yo‘l orqali tashkil etiladi: 
1. Davlat byudjetiga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
hisobidan muhim umumjamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
muammolarni hal etish uchun ma’lum bir xarajatlarni tashkil etish; 
2. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armasini shaxsiy 
(o‘zlik), maxsus 
ajratma 
va 
badal 
mablag‘lari 
hisobidan 
shakllantirish. 
Masalan, qator davlatlarda daromadi cheklangan va ijtimoiy 
himoyaga muhtoj aholi qatlamini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida Davlat byudjeti ko‘magida maxsus ijtimoiy sug‘urta 
jamg‘armalari tashkil etilgan. Davlatning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalarini tashkil etish, muqaddam bizning tajribamizda 
ma’lum bo‘lmagan, ammo ishlab chiqarishning rivojlanishi, xizmat 


492 
faoliyatini davom ettirishga zarurat bo‘lmagan. Shu bois, maxsus 
jamg‘armalarning miqdori va shakli doimo o‘zgarib turgan, ya’ni 
davr taqozosi va muayyan zaruriyatdan kelib chiqib, ehtiyoj 
qolmaganlari tugatilgan, yangilari paydo bo‘lgan. Lekin, tarixiy 
tendentsiya shuni namoyon qilyaptiki, muayyan mamlakatda 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari va mamlakat 
hududining kengayishi munosabati bilan davlatning byudjetdan 
tashqari jamg‘armalarining miqdori ham, hajmi ham o‘sish 
xususiyatiga ega bo‘lgan. 
O‘z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari 
miqdorining ortishi (ko‘payishi) ma’lum bir qiyinchilik va 
noqulayliklarni keltirib chiqargan. Xususan, jamg‘arma qat’iy 
maqsadli xususiyatga ega bo‘lgani bois, ayrim jamg‘armalarda 
moliyaviy 
resurslar 
keragidan 
ortiq 
bo‘lsa, 
ayrimlarida 
yetishmovchiliklar paydo bo‘lgan. Shuningdek, davlat ularni 
boshqarish 
va 
muvofiqlashtirishni 
moliyalashtirish 
uchun 
qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishga majbur bo‘lgan. Bu, 
o‘z o‘rnida, jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha moliyaviy 
yuk hisoblanib, ular o‘rtasida ma’lum bir noroziliklarning paydo 
bo‘lishiga ham olib kelgan. Bunday salbiy holatlarning oldini olish 
uchun markazlashtirilgan davlat shakllanishiga zarurat tug‘ilgan.
Markazlashtirilgan davlatning qaror topishi bir qator davlat 
jamg‘armalarini uyg‘unlashtirib, bir necha muammolarning oldini 
olish imkoniyatini tug‘dirgan. Jumladan, bir jamg‘armada ortiqcha 
bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni ikkinchi bir jamg‘armadagi 
yetishmayotgan moliyaviy mablag‘lar o‘rniga jalb qilish imkoniyati 
hosil 
bo‘la 
boshlagan. 
Davlatning 
turli 
xil 
fondlarining 
uyg‘unlanishi asosida ulkan bir markazlashtirilgan jamg‘arma, 
ya’ni Davlat byudjetining tashkil etilishiga asos solingan. Davlat 
byudjeti sekin asta har to-monlama mustahkamlanib borib, 
mamlakatning oliy organi uni ko‘rib chiqib, tasdiqlagandan keyin 
qonun kuchiga kirib, ijro etish majburiyati sezila boshlandi (bu 
haqda mazkur darslikning oldingi boblarida batafsil to‘xtalib 
o‘tilgan). 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
mustaqillikni 
qo‘lga 
kiritgan 
dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini 
mustahkamlash bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalarini ham tashkil etishga zarurat tug‘ildi. Bu 
485 
• Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni; 
• davlat byudjeti tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik 
qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani; 
• Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti 
tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir 
rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni. 
Tumanlar va shaharlar bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalari 
tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga 
tumanlar va shaharlar byudjetlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi 
hisobotni taqdim etadi. 
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari 
hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha: 
• yuqori turuvchi moliya organlariga — ular belgilagan 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling