Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
487 Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek‚ tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi. Tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek‚ tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi. Tegishli byudjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek‚ tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari va qo‘mitalarida muhokama qilish asosida ko‘rib chiqadi. Tegishli hisobot davri uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari va qo‘mitalarida ko‘rib chiqilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng hisobot yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb- saytiga joylashtiriladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling