Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Moliyaviy tizim deb nimaga aytiladi va unga nisbatan qanday
ta’riflarni berish mumkin?
• Moliyaviy tizim, dastlab, qanday sohalarga bo‘linadi?
• Davlat moliyasi va mahalliy moliya qanday bo‘g‘inlardan
tashkil topishi mumkin?
• Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi qanday bo‘g‘inlardan
iborat?
107
4.2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy
hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi
boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
• Prezident;
• Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya,
byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy Majlis har ikki
palatasining tegishli qo‘mitalari;
• Vazirlar Mahkamasi;
• Hisob palatasi;
• Moliya vazirligi va uning quyi, jumladan, G‘aznachilik tizimi
organlari;
• Markaziy bank;
• Davlat soliq qo‘mitasi;
• Davlat bojxona qo‘mitasi;
• Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya;
• Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya
direksiyalari;
• va boshqalar.
Mamlakat Prezidenti moliyaviy tizimning faoliyatini tartibga
soladi, mamlakat byudjetini tasdiqlaydi, Parlament tomonidan
qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo‘yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo‘lgan Oliy
majlis soliqlar, yig‘imlar, soliq xarakteriga ega bo‘lmagan
to‘lovlarni o‘rnatadi, davlat byudjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi,
shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ham
tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va
boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida davlat ichki va tashqi
qarzining chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan
amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida
Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetini ko‘rib chiqadi, moliyaviy
boshqaruvning
yagona
umumiy
markazi
sifatida
faoliyat
ko‘rsatadi.
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi
moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
106
4.1.1-chizma. Moliyaviy boshqaruv tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |