Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5,3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Markaziy
Osiyo Renessansi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan olim va mutafakkirlarning tarixiy merosini chuqur tadqiq etish ishiga xizmat qiladi. Yurtimizdan yetishib chiqqan islom olami mutafakkirlari asarlarini, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur o‘rganish, dunyoning barcha xalqlariga islom dinining haqiqiy mohiyatini yetkazish uchun Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. 2017-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 19 gi qarori qabul qilindi. 2018-yil 16-aprelda imzolangan “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 20 gi Farmoniga muvofiq Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Mazkur Farmonda “islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur 19 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 24-mayda imzolangan Qarori. 20 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-aprelda imzolangan PF-5416-sonli Farmoni. 46 Bizning fikrimizcha, masalaga bu taxlit yondashish tarixiy voqelikka to‘g‘ri kelmaydi va uni o‘zgartirish fursati allaqachon yetib keldi. Masalan, soliqqa tortishning umumiy prinsiplari birinchi bor Adam Smit, Vilyam Petti va David Rikardo asarlarida ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. Bu o‘rinda ortiqcha e’tirozimiz yo‘q. Negaki, klassik siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lmish ingliz olimlari V. Petti (1623-1687-yillar) “Soliqlar va yig‘imlar haqidagi risola” (1662-yil), A.Smit (1723-1790-yillar) “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” (1776-yil), D.Rikardo (1772-1822 yillar) “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari” (1817-yil) kabi mashhur asarlarida soliq fani sohasida haqiqatdan ham katta xizmat qilishgan. Lekin hamma gap shundaki, moliyaning alohida fan va soha sifatida shakllanishi jarayonida xalqimizning yuqorida nomlari zikr etilgan buyuk farzandlarining ham muhim hissasi bor ekanligini tan olish kerak. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday holat faqat moliya va soliqlar masalasi bilan chegaralanib qolmagan. Ming taassufki, adabiyot va fanning boshqa sohalarida ham hozirgacha “oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, qabilida yashab kelayotgan xalq ekanligimiz sir emas. Shoiru-olimlarimiz yozayotgan kitob, maqola, o‘tkazayotgan ilmiy tadqiqotlarida, televideniye va radiodagi chiqishlarida ko‘proq g‘arb asarlariga tayanish kasalligidan hozirgacha qutula olishmayapti. Hatto kundalik hayotimiz va o‘zaro suhbatlarimizda ham Buyuk Navoiy, Boburlardan emas, Shekspir yoki Gyotelardan ko‘proq misol keltiramiz... Agar bobolarimiz tomonidan o‘z vaqtida mazkur masalalar bo‘yicha biror jo‘yaliroq fikr aytilmaganda bunchalik xafa bo‘lishga asos yo‘q edi. Ming afsuslar bo‘lsinkim, hozirga qadar ajdodlarimizning moliya sohasidagi buyuk merosi yyetarli darajada o‘rganilmagan va o‘zining haqiqiy bahosini olmagan. Sobiq sho‘rolar davrida biz buyuk merosimizni bilmas edik, Al-Farg‘oniy, Imom Buxoriy, At- Termiziy, Marg‘inoniy, Moturidiy kabi allomalarimizning xizmatlari u yoqda tursin, hatto nomlarini ham eshitmagan edik. Mustaqillik sharofati bilangina biz ularni bila boshladik. 35 M.Orlovning davlat krediti to‘g‘risidagi ishlarini kiritish mumkin. Moliya nazariyasi bo‘yicha rus tilida ilk darslikni I.Gorlov yozgan. XIX asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va moliyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan asarlar orasida I.Shilning monografiyasi alohida o‘rin egallaydi. Uning fikricha, moliya nazariyasi davlat xazinasi g‘oyasiga bo‘ysundirilgan. Rus fanida F.Milgauzen birinchi marta moliya va moliya fanini chegaralab bergan. Moliyaning mohiyatini idrok etishda D.Lvov o‘zining o‘tmishdoshlaridan ancha oldinga o‘tib ketgan va u moliya deyilganda resurslar va boyliklarni emas, balki ma’lum bir ijtimoiy munosabatlarni tushungan. XIX asrning oxirlarida V.Lebedev, I.Yanjul, L.Xodskiy, S.Vitte va I.Ozerovlar asarlari moliya nazariyasini rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Kapitalizm ilk davridagi Rossiyaning moliya fani akademik I.Yanjulning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, moliya fanining predmeti davlatning moddiy ehtiyojlarini eng yaxshi qondirish usullarini tadqiq etish hisoblanadi. Rossiya moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozerovning xizmatlari ham katta. U moliyaga nisbatan yangicha yondashuvni asoslab bergan. Uning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, balki munosabatlardir. Prof. L.Xodskiy moliya fanining chegaralarini biroz kengaytiradi va uning tarkibiga pul muomalasi masalalarini ham kiritadi. 1882-1885-yillarda o‘zining “Moliyaviy huquq” asarini nashr ettirgan Sankt-Peterburg universitetining professori V.Lebedev ham moliya nazariyasini rivojlantirishga munosib xizmat ko‘rsatgan. U moliyaning tarkibiga faqat pul daromadlarini kiritibgina qolmasdan, natural soliqlarni ham kiritadi, davlat xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi. XX asrning boshlarida moliyaga oid M.Bogolepov, V.Tverdoxlebov, A.Bukovetskiy va P.Genzellarning asarlari paydo bo‘ladi. Sho‘rolar davrida moliya fanining taraqqiy etishiga V.Dyachenko, A.Aleksandrov, A.Birman, E.Voznesenskiy, V.Chantladze, B.Boldirev, V.Rodionova, P.Nikolskiy, M. Shermenev, M.Romanovskiy, B.Sabanti, V.Kolesnikov, D.Mo- lyakov, A.Shumov, S.Sitaryan, H.Sobirov muhim hissa qo‘shgan- lar 8 . 8 Bu haqida darslikning 7.2 paragrafida batafsil fikr yuritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling