Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar
bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining o‘rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi; • notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. 2000-yillar boshida bu ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulotning o‘rtacha 3,5%ini tashkil etgan (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga teng bo‘lgan. Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to‘planmoqda va u zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda. Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: • faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo‘naltirilganligi; • e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish; • bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish. Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalari quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi: • byudjet mablag‘lari; • tijorat faoliyati: - tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum; 81 vositalaridan biriga aylandi. Natijada soxta moliyaviy ko‘rsatkichlar jamiyatdagi haqiqiy ahvolni noto‘g‘ri ko‘rsata boshladi. Moliyaviy ko‘rsatichlarning katta qismi “xizmat doirasida foydalanish uchun”, eng muhimlari esa hatto “maxfiy” belgisi ostiga yashirildi, ya’ni ko‘pchilik ular bilan tanishish imkoniyatidan mahrum etildi. Bu masalada tub ijobiy burilish 2016-yili yuz berdi. O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Shavkat Mirziyoev saylanishi bilan mamlakatimiz iqtisodiy hayotida yangi davr boshlandi. 1992- 2016 yillik davrda moliyaviy siyosatda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tuzatish sari yo‘l tutildi. O‘zbekistonda 2016-yildan boshlangan yangi tarixiy davrda moliyaviy siyosatni tubdan o‘zgartirib yuborgan qator qonunlar, Prezident farmon va qarorlari tayyorlandi va kuchga kirdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevralda imzolangan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” 25 da mamlakatimiz moliyaviy siyosatni yanada takomillashtirish, ba’zi o‘rinlarda esa butunlay qayta tashkil etish talablari qo‘yildi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida O‘zbekistonda moliyaviy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • Davlat byudjeti moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash; • byudjet daromadlari va xarajatlarining ochiq, shaffof va oshkora bo‘lishini tashkil etish; • davlat xarajatlarini birinchi navbatda modernizatsiya qilish va tegishli tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish asosida iqtisodiyotni innovatsion asosda rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirish; • xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash; • davlat byudjeti defitsitini yo‘l qo‘yilgan eng kam daraja doirasida (YaIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yo‘naltirilgan qat’iy moliyaviy siyosatni amalga oshirish; • mahalliy byudjetlarning daromad qismini yanada mustahkamlash va byudjetlararo munosabatlarni takomil- lashtirish; • byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; 25 “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. 2017-yil 7-fevralda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli Farmoni. 82 • davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga biriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash; • ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini keskin oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; • soliq yuklamasini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini yanada soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish; • soliq konsepsiyasi va siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: - soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish; - korxonalar zimmasidagi soliq yuklamasini kamaytirish, qo‘shilgan qiymat va foyda solig‘i stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; - soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol- mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini takomillashtirish; • soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish; • istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlashni yanada kengaytirish orqali kredit siyosatini takomillashtirish; • milliy valyutani haqiqiy konvertatsiya qilishni joriy etish, pul almashuv tartibini yanada soddalashtirish, so‘mning barqarorligini ta’minlash; • ijtimoiy himoyaning manzilli bo‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta’minlash; • mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara o‘tkazish va boshqalar. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliyaviy siyosat muammolari qatoriga uning hayot (davr) bilan hamnafasligini, uning davlatimiz 95 Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod bo‘lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan. Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo‘lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez o‘sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtiso- diyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog‘liq. Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama- qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sohaning juda keng va rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh korxonalari, asosan, o‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sohasi 28 , odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi 29 . Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, qator 28 O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog‘i har yili xayr-ehson maqsadlariga xayriya qilganlar va ularning bu badallari o‘rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko‘prog‘ini tashkil etgan. Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o‘rtacha xayr-ehson badali uy xo‘jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-e, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183). 29 AQSh katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining 30% ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga 3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o‘sha erda). 94 Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizimning mustaqil sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir-oqibatda davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida byudjet mablag‘larining katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, mulkka egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi. Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa vositalardan foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar. 83 rivojlanishining 2016-yildan keskin o‘zgargan sharoitlariga tezda moslasha olishini ta’minlash, o‘z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni o‘z vaqtida topa bilish, strategik konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag‘larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab- ehtiyojlarini qondirishning moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondashuvidan (usulidan) ijtimoiy xarajatlarning manzilliligini ta’minlashga o‘tish kabi tadbirlar kiradi. Davlatning yangi moliyaviy siyosat konsepsiyasining ayni davrdagi maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini keskin oshirishni ta’minlashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy yo‘naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga ajratiladigan moliya resurslarini ko‘paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bo‘libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondashuvda ham namoyon bo‘ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning o‘sishi hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi. Ijtimoiy himoya, birinchi navbatda, kam ta’minlangan fuqarolarni, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni ham nazarda tutadi. Ijtimoiy himoya, eng avvalo, daromadlarni indeksatsiyalash usuli yordamida, ya’ni, byudjet mablag‘lari hisobiga, ba’zan esa kompensatsiyalarni iste’mol indeksiga muvofiq oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi. Jamiyat hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga moliyaviy ta’sir o‘tkazishning asosiy uslublari bo‘lib soliq solish, moliya resurslaridan mohirona va oqilona foydalanish, moliyalashtirish, moliya bozori va boshqalar hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti hozirgi bosqichining moliyaviy siyosat moliya strategiyasi talablari asosida va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Xo‘jalik yuritishning turli-tuman shakllaridan foydalanish jamoat talab-ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, resurslarni tejash, mahsulot assortimenti va texnika bazasini yangilash, mehnat jamoalarining ijtimoiy muammolarini hal etishi yo‘lida raqobatni rivojlantirish, tashabbuskorlik ko‘rsatish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiriladigan moliya resurslarining o‘sishiga, eng avvalo, rentabelli faoliyat 84 ko‘rsatish orqali erishiladi. Biroq siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoit o‘zgarishi bilan davlat xarajatlari miqdori doimo o‘sib boradi. Shu munosabat bilan hozirgi moliyaviy siyosat davlat moliya resurslarining muntazam o‘sishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutadi. Byudjetga tushayotgan to‘lovlar hajmini oshirishning zarurligi xo‘jalik bo‘g‘inlarining ishchan faolligini jonlantirishga qaratilgan moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishini talab qiladi. Moliyaviy siyosatni faollashtirish maqsadida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash amaliyotini tubdan o‘zgartirish katta ahamiyatga ega. Byudjet vositasida, shuningdek, yuqori tashkilotlar orqali amalga oshiriladigan “vertikal ˮ uslubga qarama- qarshi moliyaviy resurslarni moliya bozori orqali “gorizontal ˮ qayta taqsimlash ham borgan sari yanada keng rivoj topadi. Mablag‘larning o‘tkazib turilishi esa moliyaviy resurslardan talab va taklifdan kelib chiqqan holda foydalanishni nazarda tutadi. Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilotlarning pul daromadlari va jamg‘armalarini yanada kengroq jalb etish zarur. Shu munosabat bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham davlat resurslarining hajmini ko‘paytiradi. Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar miqdori moliya resurslari ko‘payganidagina o‘sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o‘z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak. Moliyaviy siyosatning tubdan o‘zgarishiga mos ravishda moliya mexanizmi ham qayta qurilmog‘i lozim. Moliya mexanizmini qayta qurishning maqsadi bozor munosabatlari asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligiga uning ta’sirini kuchaytirish, moliya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir. Moliya mexanizmini qayta qurish negizida korxona, tashkilotlar ishining yakuniy natijalarini yaxshilash uchun xo‘jalik tashabbuskorligi va mas’uliyatini butun choralar bilan kuchaytirish talab qilinadi. Bozor iqtisodiyotida korxonalarning ishlab chiqarish omillaridan iloji boricha yaxshiroq foydalanishdan manfaatdorligini 93 Davlat maxsus fondlari tarkibida katta miqdordagi mablag‘larning to‘planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foyda- lanishga va suiistemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan fondlarning maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim. Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat kreditida mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda, ancha torroq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng ma’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z tarkibiga qo‘shmog‘i lozim. 92 • byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako- millashtirish; • G‘aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va h.k. Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlat maqsadli fondlari) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir. Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi belgisi bo‘yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin: • ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat maxsus fondlari; • tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat maxsus fondlari. Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin. Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: • Respublika yo‘l fondi; • O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i; • Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi; • O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi. 85 oshirish uchun alohida moliyaviy uslublardan foydalanish zarurati yo‘qoladi. Bozor raqobati korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish ustidan ichki xo‘jalik moliya nazoratini chuqurlashtirish haqida doimo g‘amxo‘rlik qilishga majbur qiladi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida davlat tomonidan bozor munosabatlarini moliyaviy boshqarishning ahamiyati ham oshadi. Moliyaviy boshqarish korxonalarga soliq solish, qo‘shimcha soliqlarni (masalan, eksport va import solig‘ini) kiritish, mehnatkashlar daromadlariga soliq solish, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish vositasida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat parametrlarini buzganlik uchun, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablarning sanitariya norma va qoidalariga rioya qilmaslik uchun moliyaviy jarimalar tizimiga talabchanlik oshiriladi. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik, foyda va boshqa soliq solish obyektlarini yashirganlik uchun jarima (sanksiya)larning darajasi va miqdori kuchaytiriladi. Auditorlik moliya nazorati keng rivoj topmog‘i lozim. Boj siyosati hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarning kirib kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilishini rag‘batlantirish vazifalarini bajarishi talab etiladi. Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlarida yangi xo‘jalik mexanizmi joriy etilyapti. Ijtimoiy soha muassasalariga pulli xizmat ko‘rsatish, xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish, olingan daromadlarni mustaqil tasarruf etish huquqi yanada kengaytirildi. Davlat moliya mexanizmiga tub o‘zgarishlar kiritildi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq asosiga o‘tkazildi, byudjet daromadlari tarkibi va byudjetdan moliyalashtirish tizimi butunlay o‘zgardi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar tizimi keng tarqaldi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug‘urtani tashkil etish va boshqarish sohasida ijobiy natijalarga olib keldi: kooperativ (shirkat) sug‘urtasi rivojlanyapti, aksiyadorlik sug‘urta jamiyatlari vujudga kelyapti, sug‘urtaning yangi turlari paydo bo‘layapti. 2017-yilning 5-sentyabrida mamlakatimiz moliyaviy siyosatida muhim voqea yuz berdi. Chunki aynan shu kuni milliy pul birligimiz so‘mni xorijiy valyutalarga konvertatsiya qilishni 86 erkinlashtirish sohasida katta ahamiyat kasb etadigan qadam tashlandi. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentyabrda imzo-lagan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora- tadbirlar to‘g‘risida ˮ 26 gi farmoni bilan mamlakatimizda valyuta munosabatlarini tartibga soladigan yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani erkin sotish hamda sotib olishga imkon beradigan yangi bozor mexanizmini joriy qilish boshlandi. Yangi tartibga ko‘ra, endi milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan ayirboshlash kursi valyuta birjasining banklararo elektron savdolarida valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan bo‘ldi. 2017-yil 5-sentyabrda ushbu mexanizm ta’sirida shakllangan so‘mning AQSh dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 8100 so‘m miqdorida belgilandi. Valyutani konvertatsiya qilishning yangi mexanizmi bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradi. Xullas, mamlakatimizda 2016-yili yangi iqtisodiy sharoit talablaridan kelib chiqqan holda moliyaviy siyosatni takomillashtirish jarayoni boshlandi va u izchillik bilan davom ettirilmoqda. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling