Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
• Nima uchun moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida 
eng asosiy elementlardan biri hisoblanadi? 
• Moliyaviy siyosatning ta’rifini aytib bering. 
• Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik qanday 
elementlardan tarkib topadi? 
• Moliyaviy siyosatga oid uch mantiqiy xulosalarni tushuntirib 
bering. 
• Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy 
xususiyatlari nimalardan iborat? 
• Moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadi bo‘lib nimalar 
hisoblanadi? 
• Korxona moliyaviy siyosatining maqsadini aytib bering. 
• Moliyaviy siyosat nima orqali amalga oshiriladi va uning 
faoliyati qanday tamoyillar asosida tashkil etiladi? 
26
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017-yil 2-sentyabrda imzolagan «Valyuta siyosatini 
liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
91 
bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan 
foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari 
tegishlidir. 
Masalan, 
korxonalar 
moliyasi 
moddiy 
ishlab 
chiqarishga, 
YaIMni 
yaratishga, 
uni 
korxonalar 
o‘rtasida 
taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet 
fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali 
resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular 
hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida 
qayta taqsimlanadi. 
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” 
sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida davlat byudjeti o‘z ichiga 
quyidagilarni oladi:
• respublika byudjeti; 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy 
byudjetlar. 
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va 
shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa 
viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar 
byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan 
shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlar 
byudjetlaridan 
iborat. 
Va 
nihoyat, 
tumanga 
bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman 
byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan 
tashkil topadi. 
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o‘z 
oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak: 
• daromadlar asosini mustahkamlash; 
• byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo‘lishini 
ta’minlash; 
• modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga 
oshirish 
negizida 
davlat 
xarajatlari 
tarkibida 
iqtisodiyotni 
innovatsion usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish; 
• soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lish tartibini 
qayta ko‘rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad 
bazasini kengaytirish; 
• byudjet defitsiti darajasini kamaytirish; 


90 
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagi 
bo‘g‘inlardan iborat: 
• tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi; 
• moliyaviy vositachilar moliyasi; 
• notijorat tashkilotlari moliyasi. 
Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha 
ifodalash mumkin:
3.1.1-chizma. Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari 
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi 
YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, 
daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy 
munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok 
etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling