Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini 
qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni 
59 
demokratik davlatda moliyaviy statistikaning ko‘rsatkichlari keng 
jamoatchilikka ham tegishli bo‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa 
doimiy, o‘z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo‘lgan va 
eng asosiysi ishonchli bo‘lmog‘i lozim. 
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin 
bo‘lgan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo‘nalishlarining 
umumiy kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar 
kirishi mumkin: 
• moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning 
maqsadlarini, 
prinsiplarini, 
vazifalarini, 
amalga 
oshirish 
bosqichlarini va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; 
• makrodarajada va bozor iqtisodiyotining subyektlari 
darajasida 
iqtisodiy 
o‘sishni 
rag‘batlantiradigan 
bozor 
iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo‘lgan dinamik holdagi moliya 
mexanizmini shakllantirish; 
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va 
moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo‘yicha 
choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
• ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli 
restrukturizatsiya qilishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy-
iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo‘yicha moliyaviy 
resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish; 
• iqtisodiy o‘sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini 
shakllantirish. 
Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy 
yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi 
fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat 
ishtirokining 
darajasini 
aniqlaydigan 
tegishli 
nazariy 
konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida 
vositalaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni 
tashkil etishning aniq shakllarida namoyon bo‘ladi. Shunga 
asosan 
ta’kidlash 
joizki, 
yigirmanchi 
asrda 
jamiyatning 
taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi masala bo‘yicha moliya 
nazariyasining asosiy yo‘nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy 
iqtisodchilari A.Smit (1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) 
hamda ingliz iqtisodchisi J.Keyns (1883-1946) va ularning 
izdoshlari tomonidan aniqlangan. 
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va 
D.Rikardolar konsepsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat 


58 
va qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui 
ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning 
shakllari va normalarini huquqiy tartibga solish (reglamentatsiya 
qilish) muhim o‘rin egallaydi. 
Moliyaviy siyosat o‘z-o‘zidan yaxshi yoki yomon bo‘lishi 
mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning yoki 
uning ma’lum bir qismining manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va 
qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning 
yechilishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganligi bilan belgilanadi. 
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish va uni 
o‘zgartirish bo‘yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, 
butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari 
manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq 
dasturiga, yechilishi lozim bo‘lgan masalalarning muddatlari va 
metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi 
vazifalarning tavsifiga ega bo‘lmoq lozim. Faqat ana shunday 
sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret 
mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona baho berish mumkin. 
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini
jamiyat 
butun 
qatlamlarining 
va 
alohida 
guruhlarining 
manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va hayotning o‘ziga xos 
xususiyatlarini qanchalik aniq darajada hisobga oladigan bo‘lsa, 
uning natijaliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Bir vaqtning o‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi 
muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va 
jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda 
davlatning ixtiyorida bo‘lgan real imkoniyatlarning mavjudligiga, 
ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va ruhiy 
(psixologik) holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 
moliyaviy siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-
biriga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har 
tomonlama 
foydalanish 
mexanizmining 
ishlab 
chiqilishiga 
bevosita bog‘liq. 
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning 
maksimal hajmini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 
Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o‘zgarishlarning 
moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy 
siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy 
ahvoli 
to‘g‘risida 
ishonchli ma’lumotlar zarurdir. 
Huquqiy 
55 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling