Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq
kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar 
davlat byudjetining joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda davlat byudjetining joriy xarajatlari tarkibi 
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
• davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, 
milliy xo‘jalikning davlat tarmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy 
xarakterdagi 
tovarlar 
va 
xizmatlarni 
sotib 
olish, 
davlat 
muassasalarining joriy xarajatlari); 
• hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy 
korxonalarga joriy subsidiyalar; 
• transfert to‘lovlari; 
• davlat qarzlari bo‘yicha foizlarni to‘lash; 
• boshqa xarajatlar. 
Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va 
daromadlar byudjetida aks etgan xarajatlarga mos keladi. 
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjeti 
xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va 
ijtimoiy 
soha 
hamda 
aholini 
ijtimoiy 
qo‘llab-quvvatlash 
xarajatlariga bo‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat 
korxonalari va davlat ulushi bor bo‘lgan korxonalarning ustav 
kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, 
davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Davlat 
byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lgan xarajatlardir. Bu 
xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Ularning bir 
qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi 
esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan. Bu 
yerda davlat byudjeti xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini 
(mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) 
shakllantirishni to‘liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman 
(markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’min-
laydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti mablag‘larining katta 
qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga 
(maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug‘urta 
va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan 
xizmatlar bahosi o‘rtasidagi farqlarni qoplash, ko‘p bolali va kam 
ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli 
bo‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi. 


408 
Funksional nuqtayi nazardan davlat byudjeti xarajatlarining 
tasniflanishi 
pul 
mablag‘larini 
ijtimoiy 
faoliyat 
sohalariga 
yo‘naltirilganligini aks ettiradi. Bunda davlat byudjeti xarajatlari 
quyidagi yirik guruhlarga bo‘linishi mumkin: 
• davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish; 
• sud hokimiyati; 
• xalqaro faoliyat; 
• milliy mudofaa; 
• huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash; 
• fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini 
ta’minlash; 
• sanoat, energetika va qurilish; 
• qishloq xo‘jaligi va baliqchilik; 
• atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, 
gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya; 
• transport, yo‘l xo‘jaligi, aloqa va informatika; 
• uy-joy va kommunal xo‘jaligi; 
• maorif; 
• sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 
madaniyat, san’at va kinematografiya; 
• ommaviy axborot vositalari; 
• davlat qarziga xizmat qilish; 
• boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam; 
• maqsadli davlat byudjeti fondlari; 
• davlat zaxiralari va rezervlarini to‘ldirish; 
• ijtimoiy siyosat; 
• boshqa xarajatlar. 
Davlat 
byudjeti 
xarajatlarining 
yuqoridagi 
tartibda 
klassifikatsiya 
qilinishi 
davlatning 
ijtimoiy 
hayotning 
turli 
jabhalaridagi rolini ko‘rsatadi. 
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha 
guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyot (xo‘jalik)ning 
umume’tirof etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. Shunga 
muvofiq, davlat byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va 
sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, 
mudofaa va h.k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin. Davlat byudjeti 
xarajatlari iqtisodiyot tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda 
409 
mustahkam moliyaviy asos yaratish bilan birgalikda xarajatlarning 
tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi 
nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning 
tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishda o‘zgartiradi. Masalan, 
hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning 
hajmi davlat byudjeti mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va 
aholini bevosita ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish imkonini 
berayapti. 
Bir 
vaqtning 
o‘zida 
iqtisodiyotning 
ustuvor 
tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika 
va boshqalar) katta ko‘lamlarda byudjetdan moliyalashtirilishi ham 
ta’minlanayapti. 
Idoraviy belgiga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlarining tasniflanishi 
davlat byudjeti mablag‘larini oluvchi vazirlik, boshqa davlat 
muassasasi yoki yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi. 
Davlat byudjeti xarajatlarining ana shunday klassifikatsiya qilinishi 
natijasida boshqaruv tizimining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar tuzilmasidagi o‘zgarishlar o‘z vaqtida ko‘rsatiladi. 
Ijtimoiy 
mo‘ljallanganligi 
bo‘yicha 
davlat 
byudjeti 
xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va 
u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana 
shunga muvofiq ravishda davlat byudjetining barcha xarajatlarini 
quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 
• ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 
• milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar; 
• mudofaa xarajatlari; 
• boshqaruv xarajatlari; 
• boshqa mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish 
xarajatlari; 
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 
o‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, 
ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan 
xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga 
ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o‘zida 
aks ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetining xarajatlari xalq ta’limi 
tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni 
moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini 
qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga 
oshirishga keng yo‘l ochib beradi. 


432 
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan 
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu 
jumladan: 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini; 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qora-
qalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va 
idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning 
boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari; 
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, 
viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar 
byudjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari; 
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yyer uchastkalarining 
olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga 
yyetkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari; 
7) harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va 
vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari. 
8) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, 
viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar 
byudjetining 
mablag‘lari 
hisobidan 
moliyalashtiri-ladigan 
tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudje-tidan, 
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining 
shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga davlat 
byudjeti ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar o‘tkazib beriladigan 
daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling