Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


-BOB. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
18-BOB. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI 

18.1. Davlat byudjeti xarajatlari: mazmun-mohiyati, 
tarkibi, tuzilmasi va tasniflanishi 
 
Davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish uchun 
sarflanadigan mablag‘lar davlat byudjeti xarajatlari deyiladi. 
Bu 
xarajatlar 
davlatning 
markazlashtirilgan 
pul 
fondlari 
mablag‘laridan turli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish jarayonida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. 
Davlat byudjeti xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya 
bo‘lgan davlat byudjetining ko‘rinishlaridan (tarkibiy qismlaridan) 
biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, 
ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli 
xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat 
tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjeti 
xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular 
davlatning 
markazlashtirilgan 
pul 
fondlari 
mablag‘laridan 
foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu 
taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli 
sohalarga yo‘naltirilayotgan davlat byudjeti mablag‘larining 
harakatidan iborat. 
Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy mazmun-mohiyati 
uning turli-tuman ko‘rinishlari (turlari) orqali namoyon bo‘ladi. 
Xarajatlarning 
har 
bir 
turi 
o‘zining 
miqdoriy 
va 
sifat 
xarakteristikasiga ega. Ularning sifat xarakteristikasi voqelikning 
iqtisodiy 
tabiatini 
ifodalab, 
davlat 
byudjeti 
xarajatlarining 
mo‘ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning miqdorini 
aniqlashga imkon beradi. 
Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi 
quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning 
iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot darajasi; davlat byudjetining milliy iqtisodiyot bilan 
bog‘langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; 
davlat byudjeti mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va h.k. Bu 
omillarning qo‘shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir 
bosqichida har qanday davlat byudjeti xarajatlarining u yoki bu 
tizimini vujudga keltiradi. 


406 
Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining 
roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra 
tasniflash (klassifikatsiya qilish) maqsadga muvofiq. Nazariya va 
amaliyotda davlat byudjeti xarajatlarini tasniflashning bir necha 
belgilari mavjud. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, 
ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari 
va faoliyat turlari yoki idoraviy bo‘linishi, ijtimoiy mo‘ljallanganligi 
bo‘yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik 
nuqtayi nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko‘ra alohida 
guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari kapital va 
joriy xarajatlarga bo‘linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko‘rsatishi 
mumkinligini ifodalaydi. 
Davlat byudjetining kapital xarajatlari innovatsion va inve-
stitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning 
tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi 
yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar 
uchun mo‘ljallangan xarajatlar; 
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat 
byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar; 
d) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq 
bo‘lgan boshqa xarajatlar; 
e) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulk 
miqdorini ko‘paytirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan 
xarajatlar; 
f) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasniflanishiga 
muvofiq davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan 
boshqa xarajatlar kiradi. 
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot 
byudjeti shakllantirilishi mumkin. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling