Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

17.4. Umumdavlat soliqlari 
Soliq qonunchiligiga muvofiq ravishda o‘rnatiladigan va 
mamlakatning barcha hududlarida undiriladigan soliqlar 
umumdavlat soliqlari deyiladi. Ularning tarkibiga quyidagilar 
kirishi mumkin: 
• qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); 
• aksizlar; 
• korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq; 
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
• bojxona bojlari; 
393 
• va boshqalar. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hozirgi davr soliq tizimida 
eng muhim soliqlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda uning 
hisobidan davlat byudjeti daromadlarining 25-30% tashkil 
topmoqda. QQS fiskal nuqtayi nazardan eng samarali soliq 
hisoblanadi. Uni joriy etuvchi mamlakat birdaniga juda katta 
miqdordagi daromadni byudjetga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bu soliq mamlakatimizda 1992-yilning 1-yanvaridan joriy etilgan 
bo‘lib, u xorijda o‘tgan asrning 50-yillaridanoq mavjud edi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra QQS ishlab chiqarilgan 
mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatning barcha 
bosqichlarida yaratilgan qiymat o‘sganining bir qismini mahsulot 
(ish, xizmat)ning sotilishiga muvofiq ravishda byudjetga olinish 
shakli bo‘lib hisoblanadi. U realizatsiya qilingan mahsulotlar 
(bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati bilan ishlab 
chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy 
xarajatlarning qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bu soliq 
yordamida mahsulotning barcha aylanmasi emas, balki qiymatning 
ortgan qismi soliqqa tortiladi. Qo‘shilgan qiymat deyilganda 
korxona ishchi-xodimlariga to‘lanadigan mehnat haqi (ajratma 
tariqasida hisoblangan summalar bilan birgalikda) va yalpi 
foydaning yig‘indisi tushuniladi. 
QQS baholarni shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Uning miqdoriga 
mos ravishda mahsulotlarning bahosi avtomatik ravishda ortadi. 
Sobiq 
SSSRda 
1930-1932-yillarda 
o‘tkazilgan 
soliq 
islohotlariga muvofiq ravishda joriy etilgan oborot solig‘i va 
baholar ustidan qattiq davlat nazorati bo‘lgan bir paytdagidan va 
1991-yilning 1-yanvaridan kiritilgan sotuvdan olinadigan soliqdan 
farqli o‘laroq QQS bir necha muhim afzalliklarga ega. 
Afzalliklarning ba’zi birlari quyidagilardan iborat: 
• QQS oborot solig‘iga nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Chunki 
u tovar aylanmasining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Shunga 
muvofiq ravishda soliqqa tortiladigan baza kengayib, byudjetga 
tushumlar ortishi mumkin; 
• alohida olingan ishlab chiqaruvchi uchun bu soliq nisbatan 
kamroq og‘irlik yuklaydi. Chunki bunda soliqqa tortishga butun 
tovar aylanmasi emas, balki qiymat o‘suvining bir qismi jalb 
qilinadi va uning og‘irligi ishlab chiqarish va muomalaning butun 
zanjiri 
bo‘ylab 
taqsimlanadi. 
Buning 
natijasida 
bozor 


416 
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini; 
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;
• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini; 
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari 
bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini; 
• qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika 
byudjeti mablag‘laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat 
boshqaruvi organlarini;
• O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini 
saqlab turish xarajatlari; 
• adliya va prokuratura organlarini. 
6) sudlarni saqlab turish xarajatlari; 
7) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira 
jamg‘armasini shakllantirish xarajatlari; 
8) boshqa xarajatlar: 
• siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini 
moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
• qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat 
solig‘ining o‘rnini qoplash; 
• O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro 
tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda 
ishtirok etish xarajatlari; 
• davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va O‘zbekiston 
Respublikasining kafolatlangan majburiyatlarini bajarish bilan 
bog‘liq xarajatlar; 
• davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlariga haq to‘lash; 
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 
saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni 
o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka 
saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish; 
• xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha 
davlat ishonchli vakillarining xizmatlariga haq to‘lash; 
• davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, 
saqlab va yangilab turish bilan bog‘liq xarajatlar;
• mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga, 
bojxona organlariga ajratiladigan mablag‘lar, shu jumladan harbiy 
xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni 
o‘tagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar 
401 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling