Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan 
olinadigan soliq. Bozor munosabatlari sharoitida daromad 
(foyda)ning roli keskin oshishi munosabati bilan undan olinadigan 
soliq nafaqat fiskal funksiyani bajarishi, balki ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga ham ta’sir ko‘rsatishi kerak. Bu soliq 
davlat byudjetining muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. 
Quyidagilar uni to‘lovchilardir: 
• yuridik shaxslar (shu jumladan, davlat byudjeti tashkilotlari 
ham), shuningdek, mamlakat hududida xorijiy kapital ishtirokida 
tuzilgan yuridik shaxslar ham; 
• korxonalarning alohida tugallangan balansi va hisobvarag‘i 
bo‘lgan filiallari va shunga o‘xshash boshqa bo‘linmalari; 
• soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o‘tmagan kichik 
korxonalar. 
Bu soliq uchun korxonalarning yalpi daromadi (foydasi) 
soliqqa tortish obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Uning tarkibi quyidagi 
elementlardan tashkil topadi: 
• mahsulotni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlarni 
ko‘rsatishdan olingan daromad (foyda); 
• asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan 
daromad (foyda); 
• realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daromad 
(foyda)lar (bu operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar chegirilgan). 
Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olingan daromad (foyda) 
mahsulotni sotishdan olingan tushum bilan (QQS va aksizlarsiz) 
mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari o‘rtasidagi farq 
sifatida aniqlanadi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar 
tarkibi mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan “Xarajatlar 
tarkibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq belgilanadi. Soliqqa tortish 
maqsadlarida aniqlanadigan asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni 
sotishdan olingan daromad (foyda) shu fondlar va mol-
mulklarning sotish bahosi va ularning boshlang‘ich (yoki qoldiq) 
qiymati o‘rtasidagi farq (inflyatsiya indeksiga oshirilgan qayta 
baholashni hisobga 
olgan holda) ko‘rinishida hisoblanadi. 
Realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daromad 


396 
• mol yetkazib beruvchidan schyot-fakturalar olinganda. 
QQSni to‘lash muddatlari soliq summasining hajmiga bog‘liq: 
soliq summasi qanchalik katta bo‘lsa, uni to‘lash muddati 
shunchalik tez bo‘lmog‘i lozim. Ayrim hollarda QQSni to‘lashning 
quyidagi uch muddatlari belgilanishi mumkin: 
• yirik korxona va tashkilotlar soliqni uch muddatda (15, 25 va 
keyingi oyning 5-kunlarida) to‘lashi mumkin; 
• o‘rta korxonalar – har oyda bir marta (keyingi oyning 20-
kunidan kechikmagan holda); 
• uncha katta bo‘lmagan va kichik korxonalar – har chorakda 
(hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmagan 
holda). 
QQSni to‘lovchilar hisobot davrida to‘langan soliq summalari 
to‘g‘risida o‘zlari joylashgan joydagi soliq organiga belgilangan 
muddatlarda va tartibda hisob-kitoblarni taqdim etishlari kerak. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling