Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
 
385 
daromadlarning ortib borishiga qarab soliqning stavkasi ham ortib 
boradi. Progressiyalar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy 
progressiyada soliqning stavkasi daromadning barcha qismi 
uchun ortadi (oshadi). Murakkab progressiyada esa soliq 
to‘lovchining daromadi qismlarga bo‘linadi va uning har bir 
qismiga nisbatan tegishli soliq stavkasi qo‘llaniladi; 
• soliq tizimi – mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar, 
ularning tuzilishi usullari va prinsiplari majmui. 
• soliq imtiyozlari – amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq 
to‘lovchini soliq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod qilish; 
• soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) – unga nisbatan soliq 
stavkasi qo‘llaniladigan daromad. Soliq to‘lovchining yalpi 
daromadidan amaldagi qonunchilik bo‘yicha taqdim etilgan soliq 
imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi; 
• soliq okladi – uning subyekti tomonidan to‘lanadigan soliq 
summasi. 
Soliqqa 
tortishni 
boshqarishning 
tashkiliy-huquqiy 
normalari va metodlari majmui soliq mexanizmi deyiladi. 
Davlat soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi orqali yuridik shakl 
beradi va u orqali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, uni 
tartibga solib turadi. 
Soliq mexanizmidan foydalanishning samaradorligi davlat 
tomonidan soliqlarning ichki mohiyati, ularning harakatlanish 
qonunlari va qarama-qarshiliklari qanday hisobga olinganligiga 
bog‘liq. Bir tomondan, soliqlar va ularning funksiyalari, ikkinchi 
tomondan, 
soliq 
siyosati 
va 
soliq 
mexanizmining 
chegaralanganligi soliqlarning obyektivligini va davlat faoliyatining 
subyektivligini tushunishga imkon beradi. 
Soliq siyosati va soliq mexanizmi jamiyatda soliqlarning o‘rnini 
aniqlab beradi va u davlatning faoliyati bilan uzviy bog‘langandir. 
Ularning har ikkalasi doimiy harakatda bo‘lib, davlatning iqtisodiy 
siyosatiga 
bevosita 
bog‘liq 
bo‘ladi. 
Yangi 
iqtisodiy 
konsepsiyalarga muvofiq ravishda soliq siyosati va soliq 
mexanizmi qayta ko‘rib chiqiladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling