Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va
yig‘imlar, ularni o‘rnatish, o‘zgartirish va bekor qilishning prinsip, shakl va metodlari, to‘lash va ularning to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha choralarni qo‘llash, soliq nazoratini amalga oshirish, javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini 386 buzganlik uchun javobgarlik choralari majmui soliq tizimi deyiladi. Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining talablariga asoslanadi. Zamonaviy soliq tizimi mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar to‘plamidan iborat bo‘lib, soliqlarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Soliq to‘lovchilar daromad solig‘idan tashqari yana ko‘plab egri (bilvosita) soliqlarni, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘laydi. Soliq tizimining tarkibiy tuzilmasi davlat tuzilishiga bog‘liq. Unitar davlatlarda soliq tizimi tarkibi quyidagicha: • davlat soliqlari; • mahalliy soliqlar va yig‘imlar. Federativ davlatlarda esa soliq tizimi uch bo‘g‘indan tarkib topadi: • davlat (federal) soliqlari; • federatsiya a’zolarining byudjetlariga biriktirilgan soliqlar; • mahalliy soliqlar va yig‘imlar. Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan asosiy soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi. Odatda, bunday asosiy soliqlar tarkibiga quyidagilar kiritilishi mumkin: • qo‘shilgan qiymat solig‘i; • aksizlar; • aholidan olinadigan daromad solig‘i; • korporatsiyalarning (korxonalarning) daromadidan (foydasidan) olinadigan soliq; • bojxona bojlari. G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda aholidan olinadigan daromad solig‘i muhim rol o‘ynab, uning yordamida davlat byudjeti daromadlarining 25-45% tarkib topmoqda. Bu soliq murakkab progressiya prinsipi bo‘yicha progressiv stavkalarda undiriladi. Daromad solig‘i yordamida aholi daromadlari soliqqa tortilayotgan paytda soliqqa tortilmaydigan minimum (soliq to‘lovchi daromadining soliqqa tortilmaydigan qismi) qo‘llaniladi. Rivojlangan mamlakatlardagi soliqqa tortishga xos bo‘lgan muhim tendensiyalardan biri korporatsiyalar (korxonalar) daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar salmog‘ining pasayishidir. Bu narsa doimiy va uzluksiz ravishda 399 Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling