Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

17.2. Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va 
 ularning klassifikatsiyasi 
 
Davlat byudjeti daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy-
iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, 
mablag‘larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari 
va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) 
mumkin. 
Davlat byudjeti daromadlari o‘z manbalariga ko‘ra quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: 
• soliq shaklidagi daromadlar; 
• soliq bo‘lmagan daromadlar; 
• tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o‘tkaziladigan pul 
mablag‘lari. 
Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi 
mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va 
yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj 
yig‘imlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va 
jarimalardan iborat.
Soliq bo‘lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar 
va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va 
yig‘imlardan so‘ng); 
• davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan to‘lovli 
xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi 
qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng); 
• fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash 
natijasida olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, 
kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yyetkazilgan zararlarni 
tiklash bo‘yicha olingan mablag‘lar va majburiy undirilgan boshqa 
mablag‘lar; 
• moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti 
ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari); 


374 
• soliq xarakteriga ega bo‘lmagan boshqa daromadlar. 
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning 
quyidagi ko‘rinishlari ham hisobga olinishi mumkin: 
• davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida 
ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar; 
• kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mab-
lag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar; 
• davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli 
boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar; 
• qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy 
davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat 
byudjeti mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq; 
• davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ustav 
kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri 
keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar; 
• davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va 
yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va 
yig‘imlardan so‘ng); 
• davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida 
olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar. 
Davlat byudjetining daromadlar qismini to‘ldirishning manba-
laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan 
byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki 
mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida 
olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar 
mablag‘larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o‘z ifodasini 
topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar 
va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklan-
maydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham davlat byudjetining 
shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byud-
jetining 
daromadlari 
quyidagi 
manbalar 
hisobidan 
shakllantirilmoqda
72
• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar; 
• davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va 
sotishdan olingan daromadlar; 
72
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”ning 
50-moddasi. - T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
379 
Soliq usul uchun mablag‘larning davlat byudjeti foydasiga aniq 
belgilangan miqdorlarda va oldindan o‘rnatilgan muddatlarda 
undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki 
(milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta 
taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ular yordamida xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar va aholiga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismi 
davlat ixtiyoriga o‘tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat 
solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i 
va boshqalar kiradi. 
Soliq xarakteriga ega bo‘lmagan daromadlar davlatga tegishli 
bo‘lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to‘lovlardir. 
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishi talab etilmaydigan 
mablag‘lar ham davlat byudjetining daromadlari bo‘lishi mumkin. 
Biroq ayrim to‘lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish 
uchun o‘tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan 
mablag‘larni 
sarf 
etsa-da, 
bu 
mablag‘larni 
belgilangan 
muddatlarda va to‘liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday 
davlat byudjeti daromadlarining ko‘rinishlaridan biri davlat 
obligatsiyalarini sotishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat 
byudjeti daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning 
byudjeti daromadlari nuqtayi nazaridan kiritilishi mumkin. 
Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga 
biriktirilishiga qarab ikkiga bo‘linishi mumkin: 
1) davlat byudjetining o‘z daromadlari; 
2) davlat byudjetining tartibga keltiruvchi daromadlari. 
Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli 
byudjetga to‘liq yoki qisman biriktirilgan daromadlar davlat 
byudjetining o‘z daromadlari deyiladi. Ularga tegishli byudjetlarga 
biriktirilgan soliqlar va soliq xarakeriga ega bo‘lmagan daromadlar 
kiradi. 
Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida, 
odatda 3 yildan kam bo‘lmagan holda) uchun boshqa darajadagi 
byudjetlarga ajratmalar normativi o‘rnatiladigan soliqlar va boshqa 
to‘lovlar davlat byudjetining tartibga keltiruvchi daromadlari 
deyiladi. 
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish 
nuqtayi nazaridan oldindan mo‘ljallangan maqsadlarga ega emas. 
Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish 
tartibida foydalaniladi. Davlat byudjeti daromadlarining faqat ba’zi 


378 
Masalan, davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat 
korxona va tashkilotlarining to‘lovlari, davlat mulkini sotishdan 
olinadigan 
daromadlar, 
davlat 
tashkilotlari 
tomonidan 
ko‘rsatiladigan 
xizmatlardan 
olinadigan 
daromadlar 
kiradi. 
Aholidan byudjetga kelib tushadigan mablag‘lar esa soliqlar va 
boshqa ixtiyoriy to‘lovlardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, 
har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat byudjeti daromadlari 
tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari 
tomonidan byudjetga o‘tkaziladigan daromadlarning tarkibiga 
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) solig‘i va 
boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat mulkidan olinadigan 
daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara 
qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta 
jo‘natmalarini, meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mol-mulklarni 
sotishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va 
muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan 
daromadlarga 
yo‘l 
harakati 
xavfsizligi 
xizmati 
tomonidan 
undiriladigan yig‘imlar, tovar belgilarini qayd etganlik uchun 
yig‘imlar, o‘lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o‘tkazilganligi 
uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari 
tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va 
boshqalar kiradi. 
Davlat byudjeti daromadlari majburiy 
yoki ixtiyoriy tarzda 
jalb qilinishi mumkin. Daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish 
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to‘lovlarga davlat 
obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini sotishdan olingan 
tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi 
majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir 
mablag‘lar 
belgilangan 
muddatlarda 
byudjetga 
o‘tkazilishi 
zarurligini anglatadi. U yoki bu to‘lovni qonun tomonidan majburiy 
deb e’tirof etilishi to‘lanmagan summalarning majburiy undirilishini 
ko‘zda tutadi. Bu holat davlat byudjetining ijrosi uchun juda katta 
ahamiyatga ega bo‘lib, mablag‘larni to‘liq va o‘z vaqtida byudjetga 
jalb etishga xizmat qiladi. 
Subyektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil 
usulni qo‘llash evaziga olinishi mumkin: 
1) soliq usulida; 
2) soliq bo‘lmagan usulda. 
375 
• meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul 
mablag‘lari; 
• yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ chet 
davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
• rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda-
larini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash 
hisobidan to‘lovlar; 
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan 
shakllantiriladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
respublika 
byudjeti 
daromadlari
73
quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda: 
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan: 
• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 
• yagona soliq to‘lovi; 
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
• qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
• aksiz solig‘i; 
• yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq. 
2) bojxona bojlari; 
3) qo‘shimcha foyda solig‘i; 
4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda 
keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi; 
5) boshqa daromadlar.
Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma 
bonusi to‘lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga 
muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga 
yo‘naltiriladigan 
davlat 
bojlari, 
yig‘imlar, 
tovon 
pullari, 
kompensatsiya to‘lovlari jarima sanksiyalari va davlat daromadiga 
o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan 
belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, meros, 
hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari, 
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ chet davlatlardan 
tushgan 
qaytarilmaydigan 
pul 
tushumlari, 
rezident-yuridik 
shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga 
berilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar, aksiyalarning davlat 
ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy 
73
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 51-moddasi: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.


376 
davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar 
(daromadlar) mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi 
yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent 
raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
daromadlar kiradi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari quyidagi 
manbalar hisobidan shakllantirilmoqda
74

1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, 
shu jumladan: 
• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 
• yagona soliq to‘lovi; 
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
• tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy 
belgilangan soliq; 
• qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
• aksiz solig‘i; 
• yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 
• suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu 
jumladan:
• benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan 
soliq; 
• mol-mulk solig‘i; 
• yer solig‘i; 
• yagona yer solig‘i; 
• ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va 
ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im; 
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ chet 
davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa 
daromadlarga 
davlat 
daromadiga 
o‘tkazilgan 
mol-mulkni 
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini 
joylashtirishdan, 
foydalanishga 
berishdan 
va 
sotishdan 
74
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”
52 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
377 
belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun 
hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar 
mahalliy 
byudjetlariga 
yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima 
sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat 
ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga 
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan 
tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha 
dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa 
daromadlar kiradi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
respublika 
byudjetidan 
ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, 
dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetining, 
viloyatlar 
viloyat 
byudjetlarining 
va 
Toshkent 
shahri 
shahar 
byudjetining 
daromadlari hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik 
faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, 
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik 
yog‘i uchun aksiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga 
o‘tkazib beriladi. 
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan 
normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika 
byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahri shahar 
byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari o‘rtasida qayta 
taqsimlanishi mumkin. 
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra davlat byudjeti 
daromadlari ikki guruhga bo‘linishi mumkin: 
– xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar; 
– aholidan tushumlar. 
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi 
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; 
– davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlar; 
– aholidan olinadigan mablag‘lar. 
Davlat byudjeti daromadlarining yuqorida sanab o‘tilgan har bir 
guruhlari daromadlarning manbalari, to‘lovlarning turlari va 
hokazolar bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linishi ham mumkin. 


400 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling