385
daromadlarning ortib borishiga qarab soliqning stavkasi ham ortib
boradi. Progressiyalar oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy
progressiyada soliqning stavkasi daromadning barcha qismi
uchun ortadi (oshadi). Murakkab progressiyada esa soliq
to‘lovchining daromadi qismlarga bo‘linadi va uning har bir
qismiga nisbatan tegishli soliq stavkasi qo‘llaniladi;
• soliq tizimi – mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar,
ularning tuzilishi usullari va prinsiplari majmui.
• soliq imtiyozlari – amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq
to‘lovchini soliq to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod qilish;
• soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) – unga nisbatan soliq
stavkasi qo‘llaniladigan daromad. Soliq to‘lovchining yalpi
daromadidan amaldagi qonunchilik bo‘yicha taqdim etilgan soliq
imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi;
• soliq okladi – uning subyekti tomonidan to‘lanadigan soliq
summasi.
Soliqqa
tortishni
boshqarishning
tashkiliy-huquqiy
normalari va metodlari majmui soliq mexanizmi deyiladi.
Davlat soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi orqali yuridik shakl
beradi va u orqali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, uni
tartibga solib turadi.
Soliq mexanizmidan foydalanishning samaradorligi davlat
tomonidan soliqlarning ichki mohiyati, ularning harakatlanish
qonunlari va qarama-qarshiliklari qanday hisobga olinganligiga
bog‘liq. Bir tomondan, soliqlar va ularning funksiyalari, ikkinchi
tomondan,
soliq
siyosati
va
soliq
mexanizmining
chegaralanganligi soliqlarning obyektivligini va davlat faoliyatining
subyektivligini tushunishga imkon beradi.
Soliq siyosati va soliq mexanizmi jamiyatda soliqlarning o‘rnini
aniqlab beradi va u davlatning faoliyati bilan uzviy bog‘langandir.
Ularning har ikkalasi doimiy harakatda bo‘lib, davlatning iqtisodiy
siyosatiga
bevosita
bog‘liq
bo‘ladi.
Yangi
iqtisodiy
konsepsiyalarga muvofiq ravishda soliq siyosati va soliq
mexanizmi qayta ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |