Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


qonunchiligiga, davlat hokimiyati organlarining qarorlariga va


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

qonunchiligiga, davlat hokimiyati organlarining qarorlariga va 
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining me’yoriy-huquqiy 
aktlariga muvofiq o‘rnatiladigan hamda tegishli mahalliy 
hududda to‘lanishi shart bo‘lgan soliq va yig‘imlar mahalliy 
soliqlar va yig‘imlar deyiladi. 
Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari vakolatiga, o‘zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish 
davriga qarab mahalliy soliq va yig‘imlar ikkiga bo‘linadi: 
1) hokimiyatning qonunchilik organi tomonidan joriy etiladigan 
va mamlakatning barcha hududlarida amal qiladigan mahalliy 
soliqlar va yig‘imlar; 
2) mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qaroriga 
muvofiq joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig‘imlar. 
Birinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig‘imlarning 
tarkibi quyidagilardan iborat: 
• jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq; 
• yer solig‘i; 
• savdo qilish huquqi uchun yig‘im; 
• va boshqalar. 
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha ushbu konkret stavkalar 
davlat hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq belgilanadi. Ularni 
undirish va to‘lash tartibi tegishli organ (masalan, Davlat soliq 
qo‘mitasi) tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomaga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
O‘z navbatida, ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va 
yig‘imlarning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
• avtomobillarni olib-sotganlik uchun soliq; 
• avtotransportlar to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im; 
• fuqarolarning boshqa maqsadli yig‘imlari; 
• va boshqalar. 
Ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig‘imlarga 
nisbatan yagona yo‘riqnomaning bo‘lishi mumkin emasligi sababli 
tegishli vakolatli organlar (Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi 
va boshqalar) alohida olingan mahalliy soliqlar va yig‘imlar 
bo‘yicha namunaviy nizom (yo‘riqnoma) ishlab chiqishlari va 
mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli qarorlar qabul 
qilishda undan foydalanish tavsiya etilmog‘i maqsadga muvofiq. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling