Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i. Bu soliq 
jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning asosiysidir. 
Odatda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 
murakkab progressiya prinsipi bo‘yicha o‘rnatilgan progressiv 
stavkalarda undiriladi. Bu soliq yordamida soliqqa tortishning ikki 
tizimi mavjud: 
1) shedulyar yoki inglizcha tizim. Bunday tizim uzoq davr 
mobaynida Buyuk Britaniya va dunyoning boshqa mamlakatlarida 
qo‘llanilib kelinayapti. U soliq to‘lovchi daromadining jami bo‘yicha 
emas, balki uning qismlari bo‘yicha daromad manbaida amalga 
oshiriladi; 
2) global tizim. Bunda daromad solig‘i orqali soliqqa tortish soliq 
to‘lovchining jami daromadi bo‘yicha amalga oshiriladi va u G‘arb 
mamlakatlarida asosiy usul hisoblanadi.
Ba’zi hollarda daromad solig‘i orqali jismoniy shaxslarning 
daromadlari soliqqa tortilayotganda soliqqa tortilmaslik minimumi 
qo‘llaniladi va uning miqdori qonunchilikka muvofiq ravishda 
o‘rnatiladi. 
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan 
jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi. U quyidagi 
shakllarda to‘lanishi mumkin: 
daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish 
beruvchilardan; 
• agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy 
tarzda belgilangan daromadning yillik summasidan oshsa, 
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya ko‘rinishida; 
• tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish 
shaklida. 
Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar 
o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad 
soliqqa tortish obyektidir. Jismoniy shaxslarning jami yillik 
daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga 
olgan pul yoki boshqa mablag‘lar, shu jumladan, mehnatga haq 
to‘lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy 
daromadi va tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadi kiradi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling