Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish
organlari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat byudjeti xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 411 tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida uning ayrim tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli bank kreditlari ko‘rinishida tanlanma yordam ko‘rsatilayapti. Iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga byudjetdan katta miqdordagi mablag‘lar taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor ravishda qo‘llab-quvvatlanishi lozim bo‘lgan soha hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki ko‘rinishda taqdim etilmoqda: 1) qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni qo‘llab-quvvatlash; 2) ishlab chiqarish maqsadlari – qishloq xo‘jaligi mashinalari, mineral o‘g‘itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun. Milliy mahsulotlarni eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga byudjetdan yordam ko‘rsatilishi jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha yengillashtiradi. Davlatning davlat byudjeti xarajatlari orqali iqtisodiyotga aralashuvi iqtisodiy o‘sishning nisbatan yuqori sur’atlarda bo‘lishini rag‘batlantiribgina qolmasdan, balki uning davriy tebranishini ham yumshatadi (sekinlashtiradi). Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi bilan bog‘liqdir. Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari moliyalashtiriladi. Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlarga bo‘linadi. To‘g‘ri (bevosita) harbiy xarajatlar strategik qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, Qurolli Kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bu turdagi mudofaa xaraatlari urush harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militarizatsiyalashuvi sharoitida keskin oshadi. Egri (bilvosita) harbiy xarajatlariga urush nogironlari va vafot etganlar oilalariga beriladigan pensiya va nafaqalar, fuqarolik idoralarining moddalari bo‘yicha o‘tadigan xarajatlarning (masalan, yo‘l va strategik obyektlarni qurish xarajatlari) bir qismi kiradi. Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga oshirilishi, uning xo‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi byudjetdan 410 Mamlakatimizda davlat tomonidan kafolatlangan ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarining tekin (bepul) ekanligi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida olish kafolatlangan. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bo‘yicha berilishi lozim bo‘lgan nafaqalarning miqdorini ko‘paytirish, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar, maktab o‘quvchilari, studentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya qilish, davlat byudjeti tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Iqtisodiyotga byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xo‘jalik yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko‘lamlarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga davlat byudjetining ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan ta’sirchanligi kuchaymoqda. Davlat byudjeti xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham jahonning ko‘pgina mamlakatlaridagi (masalan, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va boshqa mamlakatlarda) “iqtisodiy mo‘jiza” aynan davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi natijasida sodir bo‘ldi. Davlat byudjetining iqtisodiyotga yo‘naltirilgan xarajatlari tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo‘jaligini va iqtisodiyotning davlat tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy xo‘jalikning ayrim tarmoqlari va mamlakat mintaqalarida bandlikni ta’minlash, eksportni rag‘batlantirish xarajatlaridan iborat. Keyingi yillarda davlat kapital qo‘yilmalarining hajmi keskin oshmoqda. Xususiy firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga berilayotgan subsidiyalar miqdori ko‘paymoqda. Iqtisodiyotda 407 Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling