Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
-BOB. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
18-BOB. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI 18.1. Davlat byudjeti xarajatlari: mazmun-mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va tasniflanishi Davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish uchun sarflanadigan mablag‘lar davlat byudjeti xarajatlari deyiladi. Bu xarajatlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan turli yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Davlat byudjeti xarajatlari umumiy moliyaviy kategoriya bo‘lgan davlat byudjetining ko‘rinishlaridan (tarkibiy qismlaridan) biri bo‘lib, unga tegishli bo‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog‘langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda davlat byudjeti xarajatlari bir butunning o‘ziga xos qismi bo‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag‘laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buyumlashgan shakli turli sohalarga yo‘naltirilayotgan davlat byudjeti mablag‘larining harakatidan iborat. Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy mazmun-mohiyati uning turli-tuman ko‘rinishlari (turlari) orqali namoyon bo‘ladi. Xarajatlarning har bir turi o‘zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Ularning sifat xarakteristikasi voqelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, davlat byudjeti xarajatlarining mo‘ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning miqdorini aniqlashga imkon beradi. Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; davlat byudjetining milliy iqtisodiyot bilan bog‘langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; davlat byudjeti mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va h.k. Bu omillarning qo‘shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har qanday davlat byudjeti xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga keltiradi. 406 Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko‘ra tasniflash (klassifikatsiya qilish) maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda davlat byudjeti xarajatlarini tasniflashning bir necha belgilari mavjud. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo‘linishi, ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtayi nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo‘linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ifodalaydi. Davlat byudjetining kapital xarajatlari innovatsion va inve- stitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar; b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar; d) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar; e) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulk miqdorini ko‘paytirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar; f) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi. Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling