Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)
17.4. Umumdavlat soliqlari
Soliq qonunchiligiga muvofiq ravishda o‘rnatiladigan va mamlakatning barcha hududlarida undiriladigan soliqlar umumdavlat soliqlari deyiladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: • qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); • aksizlar; • korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq; • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; • bojxona bojlari; 393 • va boshqalar. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hozirgi davr soliq tizimida eng muhim soliqlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda uning hisobidan davlat byudjeti daromadlarining 25-30% tashkil topmoqda. QQS fiskal nuqtayi nazardan eng samarali soliq hisoblanadi. Uni joriy etuvchi mamlakat birdaniga juda katta miqdordagi daromadni byudjetga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu soliq mamlakatimizda 1992-yilning 1-yanvaridan joriy etilgan bo‘lib, u xorijda o‘tgan asrning 50-yillaridanoq mavjud edi. Ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra QQS ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatning barcha bosqichlarida yaratilgan qiymat o‘sganining bir qismini mahsulot (ish, xizmat)ning sotilishiga muvofiq ravishda byudjetga olinish shakli bo‘lib hisoblanadi. U realizatsiya qilingan mahsulotlar (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bu soliq yordamida mahsulotning barcha aylanmasi emas, balki qiymatning ortgan qismi soliqqa tortiladi. Qo‘shilgan qiymat deyilganda korxona ishchi-xodimlariga to‘lanadigan mehnat haqi (ajratma tariqasida hisoblangan summalar bilan birgalikda) va yalpi foydaning yig‘indisi tushuniladi. QQS baholarni shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Uning miqdoriga mos ravishda mahsulotlarning bahosi avtomatik ravishda ortadi. Sobiq SSSRda 1930-1932-yillarda o‘tkazilgan soliq islohotlariga muvofiq ravishda joriy etilgan oborot solig‘i va baholar ustidan qattiq davlat nazorati bo‘lgan bir paytdagidan va 1991-yilning 1-yanvaridan kiritilgan sotuvdan olinadigan soliqdan farqli o‘laroq QQS bir necha muhim afzalliklarga ega. Afzalliklarning ba’zi birlari quyidagilardan iborat: • QQS oborot solig‘iga nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Chunki u tovar aylanmasining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Shunga muvofiq ravishda soliqqa tortiladigan baza kengayib, byudjetga tushumlar ortishi mumkin; • alohida olingan ishlab chiqaruvchi uchun bu soliq nisbatan kamroq og‘irlik yuklaydi. Chunki bunda soliqqa tortishga butun tovar aylanmasi emas, balki qiymat o‘suvining bir qismi jalb qilinadi va uning og‘irligi ishlab chiqarish va muomalaning butun zanjiri bo‘ylab taqsimlanadi. Buning natijasida bozor 416 • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini; • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini; • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini; • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini; • qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarini; • O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini saqlab turish xarajatlari; • adliya va prokuratura organlarini. 6) sudlarni saqlab turish xarajatlari; 7) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasini shakllantirish xarajatlari; 8) boshqa xarajatlar: • siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar; • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash; • O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish xarajatlari; • davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va O‘zbekiston Respublikasining kafolatlangan majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar; • davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlariga haq to‘lash; • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish; • xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha davlat ishonchli vakillarining xizmatlariga haq to‘lash; • davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab va yangilab turish bilan bog‘liq xarajatlar; • mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga, bojxona organlariga ajratiladigan mablag‘lar, shu jumladan harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni o‘tagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar 401 Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling