Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


mablag‘larning foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

mablag‘larning foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat 
byudjeti mablag‘larini taqdim etish. Byudjetdan moliyalashtirish 
ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liqligi moliyaviy organlarga 
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va 
ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi; 
•  davlat byudjeti mablag‘larining qaytariluvchan emasligi
Davlat byudjeti mablag‘lari subyektlarga ularni majburiy ravishda 
byudjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim etiladi; 
425 
•  davlat byudjeti mablag‘larining tekinligi (bepulligi). 
Byudjetdan mablag‘lar subyektlarga foiz ko‘rinishida qandaydir 
daromadlarni davlatga to‘lamasdan yoki mablag‘larni to‘lashning 
boshqa ko‘rinishlarisiz ajratiladi. 
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar 
bilan birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• davlat byudjeti mablag‘larini faqat ishlab chiqarishni 
kengaytirish xarajatlariga ajratish; 
• davlat byudjeti mablag‘larining hajmini aniqlashda “qoldiq” 
yondashuvidan foydalanish;
• byudjetdan moliyalashtirishda rejalashtirilayotgan xarajatlarni 
kredit usuli orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish; 
• korxonalarning moliyaviy holatini davlat byudjeti orqali 
tartibga solish prinsipi va boshqalar. 
Davlat 
byudjeti 
mablag‘lari 
amaliyotida 
byudjetdan 
moliyalashtirishning turli usullaridan foydalaniladi. Uning quyidagi 
ikki usulini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: 
•  “netto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish. Pul 
mablag‘larini taqdim etishning bu usuli shu bilan xarakterlanadiki, 
unga ko‘ra davlat byudjeti mablag‘lari tasdiqlangan byudjetda 
ko‘zda tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi; 
•  “brutto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish. Bu usul 
byudjetdan to‘liq moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlar 
uchun qo‘llaniladi. Davlat byudjeti mablag‘lari bu holda davlat 
byudjeti tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning barcha turlari uchun ajratiladi. 
Pul mablag‘larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari 
byudjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida 
amalga oshiriladi: 
• davlat byudjeti tashkilotini saqlash uchun mablag‘lar; 
• davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
shartnomalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to‘lash uchun mablag‘lar; 
• aholiga transfertlar; 
• jismoniy va yuridik shaxslarga subvensiya va subsidiyalar; 
• quyi byudjetlarga va davlatning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalariga dotatsiya, subvensiya va subsidiyalar; 


448 
• Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, 
shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa 
taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga 
yuboradi; 
• byudjetnoma loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi; 
• byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
palatalariga taqdim etadi; 
• davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi 
faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi; 
• Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib 
chiqadi; 
• o‘tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat 
maqsadli 
jamg‘armalari 
byudjetlarining 
ijrosi 
to‘g‘risidagi 
hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi; 
• Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni 
tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga taqdim etadi; 
• Qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda moliya yili 
mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 
takliflarni ko‘rib chiqadi; 
• O‘zbekiston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetining 
qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul 
qiladi; 
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira 
jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul 
qiladi. 
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun 
hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni 
ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling