Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


-BOB. DAVLAT BYUDJETI TIZIMI VA BYUDJET


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
19-BOB. DAVLAT BYUDJETI TIZIMI VA BYUDJET 
TUZILMASI
85
 

19.1. Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, prinsiplari, 
boshqarish sohasidagi vakolatlar 
 
Turli darajadagi byudjetlar va davlat byudjeti mablag‘lari 
oluvchilar yig‘indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish 
prinsiplarini ifodalaydigan, davlat byudjeti jarayonida ular 
o‘rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda davlat byudjeti 
mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro 
munosabatlar majmui davlat byudjeti tizimi deyiladi. Ko‘pchilik 
hollarda, soddaroq tarzda, davlat byudjeti tizimi deyilganda esa 
mamlakatdagi mavjud byudjetlar to‘plami (majmui) tushuniladi.
Davlat byudjeti tizimi mamlakat davlat byudjeti tuzilishining 
tarkibiy qismi bo‘lib, uning ma’lum bir qismini o‘zida ifoda etadi. 
Shu ma’noda, davlat byudjeti tizimi davlat byudjetining o‘zaro 
bog‘liqlikda bo‘lgan bo‘g‘inlarining o‘zaro yig‘indisidan iboratdir. 
Mamlakatning davlat byudjeti tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga
davlatning 
iqtisodiy 
tizimiga 
va 
uning 
ma’muriy-hududiy 
bo‘linishiga bevosita bog‘liq.
U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi ikki yoki uch 
bo‘g‘inli bo‘lishi mumkin. Unitar davlatlarda davlat byudjeti tizimi 
ikki bo‘g‘indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ 
davlatlarda esa uch bo‘g‘indan (markaziy byudjet, federatsiya 
a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat bo‘lishi mumkin.
Davlat byudjeti tizimi ma’lum bir prinsiplarga asoslanib tashkil 
etiladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Byudjeti 
kodeksi”da 
mamlakatimiz davlat byudjeti tizimi shakllantirilishi va faoliyat 
yuritishining prinsiplari belgilab berilgan: 
• davlat byudjeti tizimining yagonaligi;
• davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi 
ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; 
• davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro 
bog‘liqligi; 
• davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish 
va xarajatlarini rejalashtirish; 
85
Darslikning 19-20-boblarini yozishda “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” asos qilib olindi

Bu 
o‘rinlarda
“Byudjet tizimi” va “Davlat byudjeti tizimi” iboralari bir xil tarzda talqin qilinadi. 
437 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling