Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Davlat krediti
84 . Hozirgi paytda sarflangan mablag‘lari byudjetga qaytarilmaydigan (tiklanmaydigan) byudjetdan moliyalashtirish bilan bir qatorda davlat kreditlarini berish orqali korxonalarni kreditlashtirish rivojlana boshladi. Davlat byudjeti kreditlari tijorat banklari kreditlari va davlat byudjeti mablag‘lari o‘rtasida oraliq holatni egallaydi. Bir tomondan, byudjetdan moliyalashtirishdan farqli ravishda bu kreditlar qaytarilish va tiklanish sharti bilan berilsa, ikkinchi tomondan, bu ssudalar bo‘yicha foizlar umuman olinmaydi yoki olinsa, ularning darajasi bank kreditlarining foizlari darajasidan ancha past bo‘ladi. Davlat byudjeti kreditlari davlat korxonalariga va shuningdek, xususiy yuridik shaxslarga ham berilishi mumkin. Birinchi holatda davlat byudjeti kreditlari byudjetda ko‘zda tutilgan limitlar chegarasida va shartlarda taqdim etiladi. Ikkinchi holatda esa davlat byudjeti krediti shartnoma asosida va faqat qarz oluvchi tomonidan kreditni qaytarish bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarish borasida ta’minot ta’minlangan shartdagina berilishi mumkin. Davlat byudjeti kreditini qaytarish bo‘yicha majburiyatni ijro etishni ta’minlashning usullari faqat berilayotgan bu kreditning 100% dan kam bo‘lmagan miqdordagi bank kafolatlari, mol-mulk garovi, shu jumladan, aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar, badallar ko‘rishidagi garovlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Majburiyatlarni ijro etish ta’minoti yuqori darajadagi likvidlikka ega bo‘lgan bo‘lishi kerak. Moliya organlari tomonidan qarz oluvchining moliyaviy 84 Aslida bu yerda Davlat byudjeti hisobidan beriladigan kreditlar nazarda tutiladi. Shuning uchun biz bu o‘rinlarda “davlat krediti” bilan bir paytning o‘zida “davlat byudjeti krediti” tushunchasining ishlatilishini ham o‘rinli deb hisoblaymiz. 440 ahvolini oldindan tekshirish va oldin berilgan davlat byudjeti kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarning mavjud emasligi davlat byudjeti kreditlarini taqdim etishning majburiy shartlaridir. Navbatdagi yil uchun davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda davlat byudjeti kreditlari berilayotgan maqsadlar, ularni taqdim etishning shartlari va tartibi ko‘rsatiladi. Bir vaqtning o‘zida ana shular bilan birgalikda davlat byudjeti yili doirasidagi muddatda va undan chetga chiqadigan muddatlarda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan davlat byudjeti kreditlarining limitlari hamda qarz oluvchi subyektlar bo‘yicha cheklanmalar o‘rnatiladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling