Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 
• Davlat byudjeti tizimining mazmunini tushuntirib bering. 
• Mamlakatning davlat byudjeti tizimi qanday omillarga bog‘liq 
bo‘ladi? 
• U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi necha bo‘g‘inli 
bo‘lishi mumkin? 
• Davlat byudjeti tizimi qanday prinsiplarga tayanadi? 
• Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipini izohlab 
bering. 
• Davlat byudjeti tizimining darajalari o‘rtasida daromadlar va 
xarajatlarning chegaralanganligi prinsipining mazmuni nimada? 
• Byudjetlarning mustaqilligi prinsipining mazmuni nimada? 
• Davlatning byudjetdan tashqari maxsus fondlari byudjetlari, 
byudjetlarning daromadlar va xarajatlarining to‘liq aks etishi 
prinsipi nimalarni anglatadi? 
• Byudjetlarning balansliligi prinsipini tushuntirib bering. 
• Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning samarador-
ligi va tejamliligi prinsipining mazmunini aytib bering. 
• Davlat byudjeti xarajatlarini qoplashning umumiyligi prinsipi 
nimani anglatadi? 
• Davlat byudjeti tizimidagi oshkoralik prinsipining ma’nosini 
aytib bering. 
• Davlat byudjetining haqqoniyligi prinsipining ma’nosi nimada? 
• Davlat byudjeti mablag‘larining manzilliligi va maqsadli 
xarakterdaligi prinsipi nimani nazarda tutadi? 
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat 
byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlarini aytib bering. 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy 
hokimiyat vakillik organlariga davlat byudjeti tizimini boshqarish 
sohasida qanday vakolatlar xos? 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli 
hokimiyatlar davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida qanday 
vakolatlarga ega? 
455 
madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini 
aniqlashda davlat byudjeti klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. 
Davlat byudjeti ijrosi jarayonida ham davlat byudjeti 
klassifikatsiyasi (tasnifi) alohida ahamiyatga ega. Tasdiqlangan 
davlat byudjeti va davlat byudjeti tashkilotlarining xarajatlar 
smetasida 
ko‘zda 
tuzilgan 
tadbirlarning 
maqsadli 
moliyalashtirilishini ta’minlashda u zaruriy shart hisoblanadi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat 
byudjeti tashkilotlarida va boshqa muassasalarda davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlarining sintetik va analitik hisobi 
yagonaligining asosini tashkil etadi. U O‘zbekiston Respublikasi 
davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash uchun 
ham zarurdir. 
Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining 
daromadlari va xarajatlari, shuningdek‚ Davlat byudjeti taqchilligini 
qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo‘lib, davlat byudjeti 
tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlash-
tirish uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro tasnif 
tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi
91

Davlat byudjeti tasnifining asosiy prinsiplari to‘liqlik, 
yagonalik va o‘zaro muvofiqlikdan iboratdir
92
.
Davlat byudjeti tasnifining to‘liqlik prinsipi davlat byudjeti 
jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda 
tutadi.
Davlat byudjeti tasnifining yagonalik prinsipi davlat byudjeti 
jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat 
byudjeti tasnifi qo‘llanilishini anglatadi.
Davlat byudjeti tasnifining o‘zaro muvofiqligi prinsipi davlat 
byudjeti tasnifining kodlari bir vaqtning o‘zida davlat byudjeti 
jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun 
qo‘llanilmasligini anglatadi. 
Davlat 
byudjeti 
klassifikatsiyasi 
(tasnifi)da 
belgilangan 
daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish 
va ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-davlat 
byudjeti intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga 
ham egadirki, bu uning bo‘linmalariga muvofiq ravishda byudjetni 
tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga 
91
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 18 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
92
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 20 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 


456 
oshirilishi orqali namoyon bo‘ladi. Bu yana shu narsa orqali 
ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan so‘ng barcha xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti 
daromadlari tushumining to‘liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan 
byudjetdagi klassifikatsiyaning bo‘linmalariga muvofiq ravishda 
xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, davlat byudjeti 
klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va 
uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir. 
Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo‘lganligi va 
uning ko‘rsatkichlarini barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar aniq va 
to‘liq bajarishga majbur bo‘lganligi uchun davlat byudjeti 
klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi. 
Davlat 
byudjeti 
klassifikatsiyasi 
(tasnifi) 
o‘z 
ichiga 
quyidagilarni oladi
93

• davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini; 
• davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini; 
• Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari 
tasnifini o‘z ichiga oladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi 
tuzilmasi quyidagilardan iborat
94

• davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va 
darajalari tasnifi; 
• daromadlarning turlari; 
• tashkiliy tasnif; 
• hududiy tasnif. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari 
va darajalari tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli 
mablag‘lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga 
mansubligini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Daromadlarning turi 
bo‘lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo‘limi 
daromadlarni ularni olish manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat 
bo‘ladi. Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni, shuningdek‚ soliq bo‘lmagan to‘lovlarni ularni undirish 
bazasi bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Daromad tipi davlat 
byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo‘ladi. 
Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu 
daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga 
mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi. Hududiy 
tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar 
93
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 19 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
94
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 21 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
457 
shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-
hududiy birlikka mansubligini identifikatsiyalash maqsadida 
qo‘llaniladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat 
byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi va 
ularning yo‘nalishini aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari 
xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat
95

• davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va 
darajalari tasnifi; 
• vazifa jihatidan tasnif; 
• tashkiliy tasnif; 
iqtisodiy tasnif
• hududiy tasnif. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari 
va darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli 
mablag‘lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini 
aniqlash uchun qo‘llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi 
davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag‘lar yo‘nalishini aks 
ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy tasnifi 
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag‘larini taqsimlovchilar 
bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi 
xarajatlarni iqtisodiy yo‘nalishiga ko‘ra kodlashdan iborat bo‘ladi. 
Hududiy tasnif davlat byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti 
mablag‘lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka 
mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar 
bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi
96

birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, 
stipendiyalar, kompensatsiya to‘lovlari va kam ta’minlangan 
oilalarga moddiy yordam; 
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
uchinchi guruh — kapital qo‘yilmalar (rivojlanish davlat 
dasturlarida nazarda tutilgan aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarga 
muvofiq); 
to‘rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
95
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 22 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 
96


480 
bosqichma-bosqich, tayinlash sertifikatini muayyan davrga va 
tegishli summaga rasmiylashtirish yo‘li bilan: 
• Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar 
bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan yoki mahalliy 
byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha – tegishli 
moliya organlari tomonidan sarflanadi. 
Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, 
ijro etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
Davlat 
byudjetining 
ijrosini 
ta’minlash 
jarayonida 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va barcha darajadagi 
mahalliy byudjetlar hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti mablag‘lari 
qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i 
me’yorini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak. Qoldiqlarning 
aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan 
ortiq qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 
hamda tegishli hokimliklarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajat-
larni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. 
Davlat byudjeti tashkilotlari hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti 
mablag‘lari qoldiqlari olib qo‘yilmasligi va davlat byudjeti 
tashkilotlarining maxsus mablag‘lari hisobvaraqlariga o‘tkazilmog‘i 
lozim (kapital qo‘yilmalarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan 
mablag‘lar bundan mustasno). Davlat byudjeti tashkilotlarining 
maxsus mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Ayrim vaziyatlarda turli sabablarga ko‘ra yil boshlangunga 
qadar kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti qabul qilinmasligi 
mumkin. U holda davlat byudjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan 
davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda 
amalga oshirilishi mumkin: 
• boshlangan 
moliya 
yilidagi 
xarajatlar 
O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda 
davlat byudjeti mablag‘larining avvalgi moliya yili so‘nggi 3 oyining 
uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda har oyda amalga 
oshirilmog‘i lozim; 
• avvalgi moliya yilida qilinmagan davlat byudjeti xarajatlari 
amalga oshirilmasligi kerak; 
• avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliqqa tortish va 
majburiy to‘lovlarni to‘lash tartibi davlat byudjeti qabul qilingunga 
qadar o‘z kuchini yo‘qotmasligi zarur. 
465 
tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va 
shahar hokimlariga; 
davlat byudjeti so‘rovlarini tuzish uchun — Qora-
qalpog‘iston 
Respublikasining 
respublika 
byudjetidan, 
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining 
shahar 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
davlat 
byudjeti 
tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarga 
yuboradi. 
Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun davlat 
byudjeti so‘rovini tuzish tartibini olgandan so‘ng uch ish kuni 
ichida tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish to‘g‘risida va ularni 
tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi. 
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari 
qarorlar qabul qilinganidan so‘ng uch ish kuni ichida kelgusi 
davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini tumanlar va 
shaharlar 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
davlat 
byudjeti 
tashkilotlariga va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarga davlat 
byudjeti so‘rovlarini tuzish uchun yuboradi. 
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini 
tuzish jarayonida davlat byudjeti so‘rovining juda katta ahamiyati 
bor.
Davlat byudjeti so‘rovi o‘z tarkibiga: 
- davlat byudjeti tashkilotining, davlat byudjeti mablag‘lari 
oluvchining va davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchining 
davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanish bilan 
bog‘liq faoliyatining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga 
oluvchi, o‘tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan 
natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni;
• xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun 
asos bo‘ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish 
muddatlarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartno-
malar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reestrini; 
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish 
dasturini;
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchining rivojlantirish 
dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun davlat 
byudjeti buyurtmasini o‘z ichiga oladi. 
Tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiriladigan 
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari 


466 
oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti so‘rovini ko‘rib chiqish tumanlar 
va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
respublika 
byudjetidan, 
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining 
shahar 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
davlat 
byudjeti 
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha, 
shuningdek‚ tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalari bo‘yicha 
davlat byudjeti so‘rovini ko‘rib chiqish Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi 
Moliya 
vazirligi, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar 
hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan, O‘zbekiston 
Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan 
tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti 
mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti so‘rovlarini ko‘rib 
chiqish 
esa 
davlat 
byudjeti 
mablag‘larini 
taqsimlovchilar 
tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti mablag‘larini 
taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar 
va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari, shuningdek 
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalari bo‘yicha davlat 
byudjeti so‘rovlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
soliq 
qo‘mitasi, 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralarning Davlat byudjeti 
loyihasining daromad qismi bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqish 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Davlat byudjeti so‘rovlari ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligiga 
davlat 
byudjeti 
so‘rovlari 
olinganidan keyin o‘n ish kuni ichida quyidagilarga yozma 
bildirishlar yuborish huquqi beriladi: 
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarga va davlat 
maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — amalga 
oshirish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan, ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorligi past bo‘lgan, davlat byudjeti daromadlarining 
tegishli o‘sishi bilan ta’minlanmagan xarajatlarni kamaytirish 
to‘g‘risida, shuningdek‚ davlat byudjeti tashkilotlari va davlat 
byudjeti 
mablag‘lari 
oluvchilar 
faoliyatining 
samaradorlik 
ko‘rsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish 
haqida; 
479 
• davlat byudjeti majburiyatlarining limitlari to‘g‘risidagi 
xabarnomani tasdiqlash va uni davlat byudjeti mablag‘larini 
oluvchilar va taqsimlovchilarga yetkazish; 
• davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilarning pulli majbu-
riyatlarini qabul qilish. 
Byudjetni xarajatlar bo‘yicha ijro etish har bir bosh 
taqsimlovchi (quyi idoralar va davlat byudjeti mablag‘larini 
oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlash 
huquqiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati organlari) va davlat 
byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar (idoraviy belgisi bo‘yicha 
davlat 
byudjeti 
mablag‘larini 
oluvchilarga 
davlat 
byudjeti 
mablag‘larini taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan davlat hokimiyati 
organlari yoki mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari) uchun 
G‘aznachilikning yagona hisob registrida ochiladigan shaxsiy 
hisobvaraqlaridan foydalanish yordamida amalga oshiriladi. 
G‘aznachilik tizimi byudjetga kelib tushayotgan daromadlar va 
davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlar 
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalarni, shuningdek, davlat 
byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish va sanksiyalashtirishni
o‘zining Bosh daftarida qayd etadi. 
Davlat byudjeti daromadlari qismining ijrosini soliqlar va boshqa 
to‘lovlarni byudjetga undirish bilan shug‘ullanadigan O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat bojxona qo‘mitasi hamda ularning quyi organlari ta’minlaydi. 
Moliyaviy yil joriy yilning 31-dekabrida nihoyasiga yetishi 
kerak. Davlat byudjeti majburiyatlarining limitlari ham o‘zlarining 
harakatini 31-dekabrda to‘xtatadi. Odatda, 25-dekabrdan so‘ng 
pulli majburiyatlarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. 
Davlat byudjetining ijrosiga oid foydalanilgan hisobvaraqlar 31- 
dekabrda yopilishi zarur. 
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlash jarayonida uning 
daromadlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasining “Byudjeti 
kodeksi”, “Soliq kodeksi”, “Bojxona kodeksi” va boshqa qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
amalga 
oshiriladi. 
Bunda 
hisoblab 
chiqarilgan, biroq joriy yilning 31-dekabrigacha davlat byudjetiga 
to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda davlat byudjetiga o‘tkazilishi 
kerak. 
Tasdiqlangan davlat byudjeti mablag‘lari doirasida va xarajatlar 
smetasiga muvofiq davlat byudjeti mablag‘lari davlat byudjeti 
mablag‘lari 
oluvchilar 
tomonidan 
moliya 
yili 
mobaynida 


478 
shahar 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
davlat 
byudjeti 
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy 
g‘azna hisobvaraqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya 
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya 
boshqarmalari tomonidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan 
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti 
mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari tumanlar 
va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan ochiladi. 
Davlat byudjeti ijrosi davomida barcha operatsiyalar va davlat 
byudjetining mablag‘lari G‘aznachilikning
balans hisobvaraqlarida 
aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlari Markaziy bank va kredit 
tashkilotlarida joylashgan. G‘aznachilik tizimi
davlat byudjeti 
mablag‘lariga nisbatan kassaning yagonaligi prinsipini ta’minlaydi. 
Bu prinsip barcha kelib tushuvchi daromadlar va davlat byudjeti 
defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlarni hamda 
ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni amalga oshirishni davlat 
byudjetining yagona hisobvarag‘idan amalga oshirilishini taqozo 
etadi. Mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha darajalarining 
byudjetlari kassaning yagonaligi prinsipi asosida ijro etilishi kerak.
Davlat 
byudjetining 
daromadlar 
bo‘yicha 
ijro 
etilishi 
quyidagilarni ko‘zda tutadi: 
• daromadlarni davlat byudjetining yagona hisobvarag‘iga 
o‘tkazish va yozish; 
• tasdiqlangan byudjetga muvofiq ravishda tartibga keltiruvchi 
(soluvchi) daromadlarni taqsimlash; 
• byudjetga ortiqcha to‘langan daromadlar summasini qaytarish; 
• davlat byudjeti daromadlarini hisobga olish va daromadlar 
to‘g‘risida hisobot tuzish. 
Xarajatlar bo‘yicha byudjetlar ijrosi davlat byudjetining yagona 
hisobvarag‘ida davlat byudjeti mablag‘larining haqiqatda mavjudligi 
doirasida 
hamda 
moliyalashtirish 
va 
sanksiyalashtirishning 
(sanksiya qo‘llashning)
ketma-ket majburiy amalga oshiriladigan 
tartiblariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti 
xarajatlarining ijrosi 
davomida sanksiyalashtirishning
asosiy 
bosqichlari quyidagilar hisoblanadi: 
• davlat byudjeti xarajatlari ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash; 
• davlat byudjeti mablag‘lari to‘g‘risidagi xabarnomani 
tasdiqlash va ularni davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar hamda 
taqsimlovchilarga 
yetkazish, 
shuningdek, 
davlat 
byudjeti 
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarning 
daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash; 
467 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat-
lar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘ar-
malarini taqsimlovchi organlarga – tegishli byudjetlar va davlat 
maqsadli 
jamg‘armalari 
byudjetlari 
daromadlari 
hamda 
xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki 
oshirilgan hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish 
to‘g‘risida. 
Davlat 
byudjeti 
mablag‘larini 
taqsimlovchilar, 
Qora-
qalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent 
shahar 
hokimliklari 
va 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armalarini 
taqsimlovchi 
organlar 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin uch ish kuni 
ichida mazkur yozma bildirishlarda ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni 
hisobga olgan holda yangilangan davlat byudjeti so‘rovlarini 
taqdim etishi shart. 
Kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovlari: 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, 
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining 
shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan 
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti 
mablag‘lari oluvchilar tomonidan tegishli moliya organlariga, 
shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan 
moliyalashtiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va 
davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilar tomonidan davlat byudjeti 
mablag‘larini taqsimlovchilarga – joriy yilning 1 iyunigacha
• davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga – joriy yilning 1 iyuli-

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling