Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
-BOB. DAVLAT BYUDJETI JARAYONI
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
20-BOB. DAVLAT BYUDJETI JARAYONI 20.1. Davlat byudjeti jarayoni: ta’rifi, bosqichlari, vazifalari, ishtirokchilari va prinsiplari Davlat byudjeti tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek‚ ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga davlat byudjeti jarayoni deyiladi 97 . Uning mazmuni mamlakatning davlat va davlat byudjeti tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning davlat byudjeti huquqlari talablari bilan belgilanadi. Shuningdek, davlat byudjeti jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni ishlab chiqish, tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini tuzishning nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o‘ynaydi. Davlat byudjeti jarayoni, odatda, davlat byudjeti faoliyatining quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi: • davlat byudjeti loyihasini tuzish; • byudjetni muhokama qilish va tasdiqlash; • byudjetni ijro etish; • davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash. Davlat byudjeti jarayonining davomiyligi yuqoridagi to‘rt bosqichning barchasidan iborat bo‘lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish, uni muhokama qilish va tasdiqlashga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (davlat byudjeti davri) va besh oyi yaqini davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to‘g‘ri keladi. Davlat byudjeti jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar qo‘yiladi: • alohida soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bashoratlari va maqsadli 97 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 3 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 453 • davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi; • davlat byudjeti tizimi byudjetlarida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshiradi; • davlat byudjeti tizimi byudjetlari ijrosining davlat byudjeti hisobini yuritadi va davlat byudjeti hisobotini qabul qiladi; • davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini bajaradi; • O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobini yuritadi; • davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlarining balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi; • o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling