Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 
• Davlat byudjeti xarajatlarining mazmuni nimada va ular 
o‘zida qanday munosabatlarni ifodalaydi? 
• Davlat byudjeti xarajatlari qanday xarakterli belgilarga ega? 
• Davlat byudjeti xarajatlari aniq turlarining xilma-xilligi qanday 
omillar bilan izohlanadi? 
• Davlat byudjeti xarajatlari qanday belgilarga ko‘ra 
tasniflanadi? 
• O‘zining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari 
qanday xarajatlarga bo‘linadi? 


464 
iqtisodiy siyosatning umumiy yo‘nalishlari muammolari bo‘yicha 
chiqishidan 
(ma’ruzasidan) 
boshlanadi. 
Masalan, 
AQShda 
Prezident Amerika xalqiga Byudjetnoma bilan murojaat qilib, unda 
moliya-pul siyosatining asosiy vazifalari haqida axborot beriladi
.
Davlat byudjeti loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish)da 
quyidagi maqsadlar kun tartibiga qo‘yiladi: 
• iqtisodiyotning samaradorligini oshirishda byudjetning faol 
ta’sirchanligini ta’minlash; 
• moliyaviy va boshqa resurslarning hukumat iqtisodiy va 
ijtimoiy dastur-bashoratlari bilan muvofiqligiga erishish; 
• mablag‘larni sarflashda zaruriy proporsiyalar va ustuvorliklar 
o‘rnatish; 
• davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun manbalarni qidirib 
topish. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 15 aprelga 
qadar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini: 
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti loyihasini 
tayyorlash 
uchun 
— 
davlat 
byudjeti 
mablag‘larini 
taqsimlovchilarga; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar 
va Toshkent shahar hokimlariga; 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari 
hamda idoralardan Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi 
bo‘yicha takliflar so‘raydi. 
Davlat 
byudjeti 
mablag‘larini 
taqsimlovchilar, 
Qora-
qalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini 
taqsimlovchi organlar kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovini 
tuzish tartibini olgandan so‘ng uch ish kuni ichida tegishli davlat 
byudjeti so‘rovlarini tuzish to‘g‘risida va ularni tayyorlash 
muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari qarorlar 
qabul qilinganidan so‘ng uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun 
davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini: 
449 
yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga xulosa taqdim etadi; 
• Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot bo‘yicha tashqi audit 
va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi; 
• vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda banklarning 
davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlari 
moddalarining maqsadli ijrosini boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘yicha 
nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslariga 
kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; 
• Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari 
daromad qismining ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazadi; 
• davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan maqsadli 
foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
• O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga 
muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga 
oshirishi mumkin. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling