Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Xarajatlar smetasi. Xarajatlar smetasi davlat byudjeti 
tashkilotning moliyaviy rejasi hisoblanadi. Davlat byudjeti 
tashkilotini 
moliyalashtirish 
daromad 
bo‘lmasdan, 
faqat 
tashkilotning 
xarajatlari 
hajmi 
va 
ularning 
maqsadli 
yo‘naltirilganligiga teng bo‘lgan mablag‘larning tushuvidan iborat 
bo‘lganligi uchun smeta daromadlar qismiga ega emas. Smeta 
asosida moliya organlari ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarning 
hajmini aniqlaydi va u narsa joriy yilning byudjeti tarkibiga 
kiritiladi. Bunda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishi kerak: 
1. Ijtimoiy ehtiyoj xarajatlarining bir qismi byudjetdan 
boshqacharoq tarzda moliyalashtiriladi. Masalan, ana shunday 
tarzda 
ommaviy 
axborot 
vositalari 
va 
teatr-tomosha 
korxonalarining 
etishmagan 
mablag‘lari 
ta’minlanadi. 
Bu 
korxonalarning xizmatlari to‘lovli (haqli) bo‘lsa-da, o‘z daromadlari 
ularning barcha xarajatlarini qoplashga yetmaydi. Bunday 
korxonalarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi yetishmagan 
farq byudjetdan qoplanishi kerak. 
2. Ilm-fanni moliyalashtirish davlat byudjeti xarajatlarining 
mustaqil guruhi hisoblanadi. Ular uchun byudjetdan mablag‘lar 
eng muhim istiqbolli nazariy izlanishlar va umumdavlat maqsadli 
ilmiy-texnikaviy 
dasturlar 
bo‘yicha 
yo‘naltiriladi. 
Ana 
shu 
maqsadlar uchun mablag‘lar bevosita ilmiy-tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi 
Fanlar 
Akademiyasi, 
ilmiy-tadqiqot 
institutlari, 
tarmoq 
akademiyalari, oliy o‘quv yurtlari, arxivlar va boshqa tashkilotlarga 
ajratiladi. 
3. Ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirish smeta yordamida amalga 
oshiriladi. Barcha tashkilotlarda aniq mavzular bo‘yicha xarajatlar 
smetasi tuziladi. Xarajatlarni rejalashtirish va moliyalashtirish 
tartibi bu yerda ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar xarajatlarida qo‘llanila-
digan usul bilan bil xildir. 
4. Milliy mudofaa xarajatlari davlatning funksiyalaridan kelib 
chiqadi. Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi 
quyidagi turli xildagi ichki va tashqi omillarga bog‘liq: 
xalqaro vaziyat
• mamlakat 
hududining 
kattaligiga 
bog‘liq 
bo‘lgan 
chegaralarning uzunligi va xarakteri; 
• harbiy ishning zamonaviy taraqqiyoti va armiyaning 
texnikaviy jihatdan qurollanganlik ahvoli; 


438 
• shaxsiy tarkib turmush darajasini yuqori pog‘onaga 
ko‘tarishning va Qurolli Kuchlarda ijtimoiy-madaniy tadbirlarni 
amalga oshirishning zarurligi; 
• mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari; 
• va boshqalar. 
Mudofaa xarajatlari obyektiv zarurat bo‘lishiga qaramasdan 
ular noishlab chiqarish xarakteriga ega. Shuning uchun ham 
davlatlar tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshira borib, harbiy 
xarajatlarni qisqartirishga harakat qiladi. 
Byudjetda ko‘zda tutilgan milliy mudofaa xarajatlarining 
guruhi, asosan, Mudofaa vazirligi orqali o‘tadigan to‘g‘ri (bevosita) 
harbiy xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu xarajatlarning tarkibiga 
armiyani saqlash, qurol-yarog‘ va harbiy texnika sotib olish, 
kapital qurilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, 
harbiy xizmatchilarga maosh, pensiya va nafaqalar berish va 
boshqa xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi Mudofaa va-
zirligining maxsus smetasida o‘z aksini topadi va respublika 
byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi. 
Milliy mudofaa xarajatlarini rejalashtirishning o‘ziga xos 
bo‘lgan xususiyati shundan iboratki, bu yerda birinchi navbatda, 
Mudofaa 
vazirligi 
bo‘yicha 
xarajatlarning 
umumiy 
hajmi 
aniqlanadi. Undan so‘ng esa harbiy okruglar va harbiy 
qismlarning smetalari tuziladi. Bunday tartibning amal qilishi 
harbiy xarajatlar katta qismining (qurol-yarog‘, harbiy texnika, 
yoqilg‘i, oziq-ovqat va shunga o‘xshashlar) Mudofaa vazirligi 
orqali moliyalashtirilishi bilan izohlanadi. 
To‘g‘ri (bevosita) harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi davlat 
byudjeti 
xarajatlarining 
boshqa 
bo‘linmalari 
bo‘yicha 
moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chegara qo‘shinlarini saqlash 
xarajatlari hamda xavfsizlik organlarining faoliyati huquqni 
muhofaza qilish faoliyati va davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi 
orqali 
moliyalashtiriladi. 
Bu 
xarajatlarni 
rejalashtirish 
va 
moliyalashtirish smeta tartibida amalga oshiriladi. 
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan, Qurolli 
Kuchlar faxriylari va ularning oilalariga to‘lanadigan pensiya va 
nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar davlat byudjetining ijtimoiy 
himoya bo‘limi bo‘yicha moliyalashtiriladi. 
5. Davlat byudjetining boshqaruv xarajatlari quyidagi guruh-
lardagi xarajatlardan iborat: 
443 
• Respublika byudjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda qanday yo‘nalishlarda amalga 
oshiriladi? 
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy 
byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaysi 
xarajatlar moliyalashtiriladi? 
• Byudjetdan mablag‘ ajratishning qanday usullari bor? 
• Iqtisodiyotni byudjetdan moliyalashtirishning xarajatlari 
tarkibiga nimalar kiradi? 
• Davlat byudjetining ijtimoiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan 
xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi? 
• Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari qanday prinsip asosida 
aniqlanadi? 
• Davlat byudjeti me’yorlari (normalari) tushunchasining mazmuni 
nimada? 
• Davlat byudjeti tashkiloti smetasining xarajatlari tarkibini 
aytib bering. 
• Amaliyotda pulli me’yorlar (normalar)ning qanday turlaridan 
foydalaniladi? 
• O‘zining murakkablik darajasiga qarab davlat byudjeti me’yor 
(norma)lari qanday guruhlarga bo‘linadi? 
• Kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan me’yor (norma) 
larning afzalliklarini aytib bering. 
• Davlat byudjeti me’yor (norma)lari qanday omillar ta’siri 
ostida o‘zgarib turishi mumkin? 
• Xarajatlar smetasi nima va u qanday qismga ega emas? 
• Moliya organlari smeta asosida ijtimoiy ehtiyojlar uchun 
xarajatlarning hajmini aniqlayotgan va u joriy yilning byudjeti 
tarkibiga kiritilayotganda qanday holatlarga alohida e’tibor berilishi 
kerak? 
• Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi qanday 
ichki va tashqi omillarga bog‘liq? 
• Davlat (byudjeti) krediti nima va u qanday afzalliklarga ega? 
• Hozirda davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha mavjud 
kamchiliklarni aytib bering. 
• Davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan 
vazifalarni bilasizmi? 


442 
• Davlat byudjetining kapital xarajatlari va ularning tarkibini 
aytib bering. 
• Davlat byudjetining joriy xarajatlari va ularning tarkibini 
tushuntirib bering. 
• Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjeti 
xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi? 
• Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha 
guruhlarga ajratishning asosida nima yotadi? 
• Ijtimoiy mo‘ljallanganligi bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlari 
qanday guruhlardan tashkil topgan? 
• Davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlarini aytib bering. 
• Davlat byudjeti xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday 
guruhlarga ajratiladi? 
• Davlat byudjeti xarajatlari hududiy belgisiga muvofiq qanday 
guruhlardan tashkil topadi? 
• Faqat 
Respublika 
byudjetidan 
moliyalashtiriladigan 
xarajatlarni aytib bering. 
• Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari 
uning daromadlari bilan uzviy bog‘langanmi? 
• Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret 
tarkibi nimalardan iborat va ularning tuzilmasi qanday?
• “Davlat byudjeti xarajatlari” va “Davlat xarajatlari” iboralari 
bir xil ma’noni anglatadimi? 
• Byudjetdan moliyalashtirish deganda nimani tushunasiz? 
• Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplarini 
bilasizmi? 
• Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar bilan 
birgalikda yana qanday xususiy prinsiplardan foydalaniladi? 
• Byudjetdan 
moliyalashtirishning 
qanday 
usullaridan 
foydalanish mumkin? 
• “Netto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirishni bilasizmi? 
• “Brutto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish qanday 
korxona va tashkilotlar uchun qo‘llaniladi? 
• Amaliyotda 
byudjetdan 
moliyalashtirishning 
qanday 
shakllaridan foydalanilmoqda? 
• Byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtayi nazardan, 
qanday ikki ko‘rinishda amalga oshiriladi? 
439 
huquq-tartibot organlari, sudlar va prokuratura organlarini 
saqlash xarajatlari; 
• davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Prezdent 
Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik 
palatasi, Konstitutsiyaviy sud, vazirliklar, mahalliy o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va boshqa 
idoralarni saqlash xarajatlari; 
• saylovlar va referendumlarni o‘tkazish xarajatlari. Bular 
deputatlar, 
Prezident, 
mahalla 
oqsoqollarini 
saylash, 
referendumlar o‘tkazish xarajatlaridan iborat. 
Boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish ijtimoiy 
ehtiyoj xarajatlari bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling