Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat byudjeti me’yor (norma)lari, xarajatlar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

18.3. Davlat byudjeti me’yor (norma)lari, xarajatlar 
 smetasi va davlat krediti 
 
Davlat byudjeti me’yor (norma)lari. Davlat byudjeti 
mablag‘larini 
sarf 
qilishning 
asosiy 
prinsipi 
ularning 
mo‘ljallanganligi va vaqt bo‘yicha qat’iy tartibga solinganligidir. 
Tashkilot 
pul 
mablag‘laridan 
smetada 
ko‘zda 
tutilmagan 
maqsadlar uchun foydalanish huquqiga ega emas. Davlat byudjeti 
tashkiloti smetasining xarajatlari ularning ro‘yxatini o‘z ichiga olib, 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• xodimlarning mehnat haqini to‘lash; 
• davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalariga badallar; 
• aholiga transfertlar (qonunga muvofiq ravishda belgilangan 
pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa 
ijtimoiy to‘lovlar); 
• xizmat safari xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa 
kompensatsion to‘lovlar; 
• sotib olinishi kerak bo‘lgan tovarlar, bajarilishi lozim bo‘lgan 
ishlar va ko‘rsatilajak xizmatlarga haq to‘lash. 
Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar aniq ehtiyojni qondirish o‘lchovi 
sifatida pul mablag‘larining ma’lum summasida ifodalangan 


436 
xarajatlar me’yori (normasi) asosida amalga oshiriladi. Amaliyotda 
pulli me’yorlarning har xil turlaridan foydalaniladi: 
• moddiy boyliklardan foydalanishning natural ko‘rsatkichlariga 
asoslangan normalar (ovqatlanish, tibbiyot uskunalari, dori-
darmonlarni sotib olish, yumshoq inventarlar va h.k.lar xarajatlari 
normasi). Bunday normalar moddiy normalarning puldagi ifodasini 
namoyon etadi; 
• umumlashtirilgan yakka tartibdagi to‘lovlar – ish haqi, 
pensiyalar, stipendiyalar, xizmat safari xarajatlari va boshqalar; 
• o‘tgan davrlarda mablag‘larning sarflanish ko‘rsatkichlarini 
umumlashtirish asosida tajriba-statistika usuli yordamida va 
davlat byudjetining imkoniyatlarini hisobga olgan holda vujudga 
keltirilgan normalar. 
O‘zining murakkablik darajasiga qarab, davlat byudjeti 
me’yorlari ikkiga bo‘linadi: 
1) oddiy me’yorlar (xarajatlarning oddiy yoki aniq turiga 
tegishli bo‘lgan me’yorlar); 
2) kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan me’yorlar (bir 
necha xarajatlar turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar 
moddasini va o‘xshash xarajatlar moddalarini shakllantiradigan 
yoki muassasaning barcha xarajatlarini qamrab oladigan 
me’yorlar). 
Hozirgi sharoitda ijtimoiy soha tashkilotlarining barcha turdagi 
xarajatlarini qamrab oladigan yiriklashtirilgan me’yorlar muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Bunday normalardan foydalanish 
muassasalar 
ishini 
yuqori 
yakuniy 
natijalarga 
erishishga 
yo‘naltiradi: 
bolalarni 
o‘qitish, 
mutaxassislarni 
tayyorlash, 
bemorlarga yordam ko‘rsatish va h.k. Bundan tashqari, 
yiriklashtirilgan 
normalarning 
qo‘llanilishi 
turli 
xarajatlar 
yo‘nalishida davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha 
tashkilotlarning mustaqilligini kengaytiradi va resurslardan oqilona 
va tejamli foydalanishda ularning manfaatdorligini kuchaytiradi. 
Davlat byudjeti normalari juda ko‘p omillar ta’siri ostida 
o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, baho va tariflar tizimining 
o‘zgarishi, milliy xo‘jalikda ish haqining o‘sishi, mahalliy 
byudjetlarda xarajatlarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha 
imkoniyatlarning paydo bo‘lishi kabi omillar me’yorlarning 
miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. 
445 
davlat 
byudjeti 
tizimi 
byudjetlari 
mablag‘laridan 
foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati; 
• davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi; 
• davlat 
byudjeti 
tizimi 
byudjetlari 
mablag‘laridan 
foydalanishning natijadorligi;
• kassaning yagonaligi; 
• davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi; 
• ochiqlik. 
Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipi huquqiy bazalar, 
pul tizimi, davlat byudjeti hujjatlari shakllari, davlat byudjeti 
jarayoni prinsiplari, davlat byudjeti qonunchiligini buzganlik uchun 
sanksiyalarning yagonaligi, mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha 
darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va davlat byudjeti 
mablag‘lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi 
bilan belgilanadi. 
Davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-
hududiy tuzilishiga muvofiqligi har bitta ma’muriy-hududiy 
birlikning o‘z mustaqil byudjeti bo‘lishi shartligi bilan izohlanadi. 
Ma’muriy – hududiy birlik o‘z byudjetini tashkil etish va uning 
mablag‘laridan foydalanishda muayyan vakolatlarga ega bo‘ladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro 
bog‘liqligi prinsipining mazmuni shundaki, har bitta davlat byudjeti 
mutlaqo balansli holda tashkil etilishi shart, ya’ni unda amalga 
oshirilishi 
mo‘ljallangan 
xarajatlar 
moliya 
yilida 
olinajak 
daromadlar miqdoriga teng bo‘lishi kerak. 
Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda ko‘zda tutilgan 
xarajatlarning hajmi davlat byudjeti daromadlari va uning defitsitini 
moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushumlarning jami 
hajmiga teng bo‘lishi kerakligini bildiradi. 
Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli 
organlar davlat byudjeti defitsiti miqdorini minimallashtirish 
masalasiga alohida e’tibor berishlari kerak. 
Bundan tashqari, daromadlarni yig‘ish va mablag‘larni xarajat 
qilishda byudjetlarning bir-biriga bo‘ysunadigan yuqori va quyi 
zvenolari qat’iy o‘zaro bog‘liqlikda harakat qiladi. 
Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi 
byudjetlari 
daromadlarini 
prognoz 
qilish 
va 
xarajatlarini 
rejalashtirish 
o‘ta 
muhim 
prinsiplardan 
biri 
hisoblanadi. 
Daromadlarni prognoz qilishning asosi bo‘lib mamlakatni ijtimoiy – 
iqtisodiy 
rivojlantirish 
dasturlarining 
natural 
ko‘rsatkichlari 
hisoblanadi. Ular bazasida kelgusi davrda olinishi mumkin bo‘lgan 


444 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling