Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat
byudjeti sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat: 87 • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy 87 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 26 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 433 • tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish xarajatlari; • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; • tumanlar (shaharlar) madaniyat bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; • uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya- yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: • tumanlar va shaharlar davlat veterinariya bo‘limlari, labo- ratoriyalarni saqlab turish; • shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko‘chalarni, shu- ningdek‚ xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash; • uy-joy-kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish; • aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari; 3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari; 4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; 5) tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari; 6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. Mablag‘larni byudjetdan taqdim etishning (byudjetdan mablag‘ ajratishning) usullari byudjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari byudjetda ko‘zda tutilgan tadbirlarni pul mablag‘lari bilan ta’minlaydi, pul mablag‘laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga 434 erishish uchun mablag‘larni qayta o‘zgartirib, taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan nisbatlarni tartibga soladi. Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy, kommunal xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda davlat byudjeti mablag‘lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha xarajatlarga (kapital qo‘yilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va transfertlar), operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi. Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar bo‘yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning o‘zida ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunda davlat byudjeti mablag‘larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transportga yo‘naltiriladi. Davlat byudjeti mablag‘laridan maqsadli foydalanish nuqtayi nazaridan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirish uchun pul mablag‘larini taqdim etishga kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish deyiladi. Davlat byudjeti resurslari cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga, ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori bo‘yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi. Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo‘nalishi yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar berishdir. Bu ko‘rinishdagi davlat byudjeti mablag‘lari davlat, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari va xususiy korxonalarning turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg‘i-energetika sanoati, agrosanoat kompleksi, uy-joy kommunal xo‘jaligi, shahar transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo‘naltiriladi. Davlat byudjetining ijtimoiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan xarajatlari davlat tomonidan ijtimoiy funksiyaning bajarilishi bilan bog‘liq. Bu xarajatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: • maorif; • madaniyat, san’at va kinematografiya; 447 iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va ularning ijrosini ta’minlashda, avvalo, ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishishda mablag‘larning kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi mablag‘lardan foydalangan holda yuqori natijaga erishish zarurligidan kelib chiqishi kerak. Kassaning yagonaligi prinsipi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Yagona g‘azna hisobva- rag‘iga kiritilishi va ularning xarajatlarini to‘lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini anglatadi. Davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi davlat byudjeti jarayonining har bir ishtirokchisi davlat byudjeti jarayonining har bir bosqichida o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘lishidan iboratdir. Davlat byudjeti tizimidagi ochiqlik prinsipi ochiq matbuotda tasdiqlangan davlat byudjeti va uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, davlat byudjeti ijrosi jarayonida ma’lumotlarning to‘liq va to‘g‘ri berilishini, davlat hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining yaratilganligini, davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha qarorlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o‘rtasidagi qarama- qarshiliklarni ifodalovchi masalalar bo‘yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun albatta, ochiq bo‘lishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi axborot Moliya vazir- ligining rasmiy veb-saytida ham joylashtirilishi va yangilanib borishi kerak. Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika byudjeti tarkibida amalga oshiriladi. Mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida tegishli hokimiyat organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat 86 : • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; 86 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 25 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 446 daromadlarning miqdorlari prognoz qilinadi. Xarajatlar ham o‘z- o‘zidan amalga oshirilmaydi, balki oldindan hisob-kitob qilingan aniq miqdorlar asosida byudjetlarga ajratiladi. Daromadlar ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinsa, xarajatlar yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi davlat byudjeti mablag‘larini konkret oluvchilar ixtiyoriga ularning aniq maqsadlarni moliyalashtirilishi oldindan belgilangan holda bo‘lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko‘zda tutilgan mablag‘lar manzilliligini yoki yo‘nalishini ko‘zda tutilmagan maqsadlarga o‘zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat davlat byudjeti qonunchiligini buzish hisoblanadi . Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mamlakat davlat byudjeti tizimining tegishli darajalarida davlat byudjeti jarayonini mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat davlat byudjeti tizimining har bir darajasida byudjetlar daromadlarining o‘z manbalariga egaligini, byudjetlarning tartibga keltiruvchi daromadlarini, qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlarning daromadlarini shakllantirish bo‘yicha vakolatlarni, davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar xarajatlarining sarflanish yo‘nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini qonuniy biriktirilishini, byudjet to‘g‘risidagi qonunlarni ijro etish jarayonida olingan qo‘shimcha daromadlar, davlat byudjeti daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha iqtisod qilingan summalarni olishning mumkin emasligini, davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunlarning ijro etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo‘qotmalar va qo‘shimcha xarajatlarni davlat byudjeti tizimining boshqa daraja- lari hisobidan kompensatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslikni (qonunchilikning o‘zgarishiga bog‘liq holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) taqozo etadi. Baxtga qarshi, 2016-yilga qadar o‘tgan davrda mamlakatimiz davlat byudjeti tizimida byudjetlarning mustaqilligi prinsipiga rioya qilinmagan holatlar yuz berdi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi prinsipining mazmuni shundan 435 • ommaviy axborot vositalari; • sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; • ijtimoiy siyosat. Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish prinsiplari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning turlari bo‘yicha moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va moliya organlarida tuzilgan mablag‘lar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat ko‘rsatiladigan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko‘rsatkichlari (masalan, o‘quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda ularning yil davomida faoliyat ko‘rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu ko‘rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo‘lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga to‘g‘ri keluvchi pulli xarajat davlat byudjeti tashkilotining faoliyat ko‘rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bo‘yicha o‘rnatiladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling