Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi 81 : 1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan: • maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni saqlab turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliya- lashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari; • respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiy- tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respu- blika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash- profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to‘lash xarajatlari; • qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o‘rnini qoplash (subsidiyalar); • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; 81 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 70 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 423 Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko‘prog‘ini (56,55%) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari tashkil etmoqda. Bu xarajatlarning tarkibida asosiy o‘rinni maorif (32,65%), sog‘liqni saqlash (11,82%) va oilalarga ijtimoiy nafaqalar (9,56%) egallamoqda. Umumiy holda esa ana shu uch guruhdagi xarajatlar Davlat byudjetidan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan mablag‘larning 95,02%ga teng bo‘lmoqda 79 . Umuman olganda, davlat byudjetining bu guruhga kiruvchi xarajatlari yosh avlodni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlarni berish, milliy xo‘jalik uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, aholiga malakali tibbiyot xizmati ko‘rsatish, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni yanada yaxshilash, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga O‘zbekistonda qanday e’tibor berilayotganligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari o‘zlarining salmog‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari tarkibiy tuzilmasida keyingi o‘rinni egallab, ularning har biriga, mos ravishda, davlat byudjeti xarajatlarining 11,97% va 7,51% qismlari to‘g‘ri kelayapti 80 . Bu raqamlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlash, uning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va o‘zgartirish, milliy xo‘jalik sektorlarida iqtisodiy samaradorlikning o‘sishini ta’minlash, ilmiy-texnika taraqqiyotining o‘sish sur’atlarini tezlashtirish, yagona texnikaviy siyosatni yurgizishga jiddiy e’tibor berilayotganligidan darak beradi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling