18.4. Davlat byudjeti xarajatlarini sarflash muammolari va
vazifalari
Muammolar. Hozirgacha davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha
ayrim kamchiliklar mavjud. Ularning asosiylari quyidagilardan
iborat:
• davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligi
nisbatan past;
• davlat byudjeti mablag‘larini maqsadsiz sarflash amaliyoti
mavjud;
• davlat byudjeti daromadlari bo‘yicha rejalar bajarilmagan
sharoitda xarajatlar ayrim yo‘nalishlarining moliyalashtirilishi
noproporsionaldir;
• davlat byudjeti xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatining pishib
yetilgan muammolarini hal eta olmayapti;
• subyektlarga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar doimiy ravishda oshib
borayapti;
• milliy xo‘jalikka davlat investitsiyalari minimum darajagacha
qisqardi;
• va boshqalar.
Davlat byudjeti xarajatlari bo‘yicha bajarilishi lozim
bo‘lgan vazifalar. Yuqoridagi kamchiliklarning mavjudligi davlat
byudjeti xarajatlari bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy
vazifalarni belgilab olishni va ularning o‘z vaqtida bajarilishini
taqozo etadi. Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin:
441
• eng samarali va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarga
davlat byudjeti mablag‘larini yig‘ish (konsentratsiya qilish), ijtimoiy
xarajatlarni moliyalashtirishning ustuvorligini ta’minlash;
• subyektlarga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni keskin qisqartirish va
ularning to‘liq qaytarilishiga erishish;
• iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiyalarni davlat
tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish;
• loyihalarni moliyalashtirishning davlat-tijorat amaliyotini
kengaytirish
asosida
investitsion
jarayonlarning
nomarkazlashuvini davom ettirish;
• davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini
boshqarish bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish;
• harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish
asosida
milliy
mudofaaga
mo‘ljallangan
davlat
byudjeti
mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish;
• ayrim tarmoqlarning zararlarini qoplashga yo‘naltirilayotgan
dotatsiyalarni kamaytirish;
• maqsadli dasturlar va xarajatlarning ayrim maqsadli
moddalari bo‘yicha xarajatlarni qisqartirish;
• fan, madaniyat, tibbiy xizmat va maorif xarajatlarining ustuvor
moliyalashtirilishini ta’minlash;
• davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni
kuchaytirish;
• davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishning g‘aznachilik
tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish;
• va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |