Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining,
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining davlat byudjeti sohasidagi vakolatlari esa quyidagilardan iboratdir 88 : • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko‘rib chiqadi va qabul qiladi; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi; • mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi. 88 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 27 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 450 • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va joylardagi davlat hokimiyat organlari ham davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida bir necha vakolatlarga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vakolatlar xosdir 89 : • tegishli davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; • davlat byudjeti so‘rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini tuzish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini belgilaydi; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etadi; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi; • Moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi; • Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi; 89 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 28 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 463 • daromadlarni davlat byudjeti tizimining bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash. • Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari va kelgusi moliya yili uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari asosida tuziladi. Davlat byudjetining loyihasini tuzish bo‘yicha ishlar yangi davlat byudjeti yilining boshlanishidan, masalan, GFR da – 6 oy, Yaponiyada – 8 oy, Fransiyada – 14 oy, AQShda – 18 oy, O‘zbekistonda – 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish ijroiya hokimiyat organlari, odatda, Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir 98 : O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, byudjetlar loyihalarini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so‘ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‘yicha. Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga bir moliya yilidan ortiq muddatga tuzilgan Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini qabul qilish to‘g‘risida taklif kiritishga haqli. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining loyihasini tuzish 99 : • davlat byudjeti so‘rovini tuzish tartibini yuborishni; • davlat byudjeti so‘rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; • davlat byudjeti so‘rovlarini ko‘rib chiqish va jamlashni; • byudjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi. Ba’zi bir mamlakatlarda davlat byudjeti loyihasini tuzish davlat ijroiya hokimiyati boshlig‘ining kelgusi yilga mo‘ljallangan ijtimoiy- 98 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 84 modda: – T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 99 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 83 modda: – T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b. 462 • pul-kredit tizimini tartibga solish organlari; • davlat va mahalliy nazorat organlari; • davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari; • davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilar va boshqalar. Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga rioya qilinadi: • yagonalik; • mustaqillik; • balans usuli. Yagonalik prinsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona davlat byudjeti klassifikatsiyasi, mamlakatning konsolidat- siyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo‘ladigan statistik va davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti hujjatlari shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi. Mustaqillik prinsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda uning har bir ishtirokchisi uchun mustaqil bo‘lish imkoni berilganligi bilan belgilanadi. Unga muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlarning o‘z va tartibga soluvchi manbalari hamda ulardan foydalanishning yo‘nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga egadirlar. Balans usuli prinsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri nisbatlar o‘rnatishda gavdalanadi. Unga rioya qilinishi davlat byudjetining barqarorligini va xo‘jalik sohalari o‘rtasida mablag‘larni taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi kerak. Bu metodning muhim sharti davlat byudjeti xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishidir. Bu prinsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling