Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi (klassifikatsiyasi)
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
19.2. Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi (klassifikatsiyasi)
Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar majmui (uning ichki bo‘linmalari tarkibi va tuzilmasi, ulardan foydalanish sohalarining funksional cheklanganligi, o‘zaro bo‘ysunuvchanligi, o‘zaro aloqadorligi va ta’sirchanligi hamda huquqiy tomonlarini inobatga olgan holda) davlat byudjeti tuzilmasi deyiladi. Har bir mamlakatning davlat byudjeti tuzilmasi uning milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti: • Respublika byudjetini; • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari ham jamlanadi. O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda shu respublikaga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, 454 viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharlarning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o‘zlarining manbalari, ma’lum maqsadlarga mo‘ljallanganligi va boshqa belgilariga ko‘ra xilma-xildir. Bir vaqtning o‘zida ular umumiy belgilarga ham ega. Butun mamlakat miqyosida davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining to‘g‘ri rejalashtirilishi va hisobga olinishini ta’minlash uchun ular tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi). Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlari, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlarga ajratishda yoki guruhlashda davlat byudjeti klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. Undan davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida davlat byudjeti ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foyda- laniladi va davlat byudjeti klassifikatsiyasi davlat byudjeti ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda, Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling