Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va 
yig‘imlar, ularni o‘rnatish, o‘zgartirish va bekor qilishning 
prinsip, shakl va metodlari, to‘lash va ularning to‘lanishini 
ta’minlash bo‘yicha choralarni qo‘llash, soliq nazoratini 
amalga oshirish, javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini 


386 
buzganlik uchun javobgarlik choralari majmui soliq tizimi 
deyiladi. Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
istiqbollarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining 
talablariga asoslanadi.
Zamonaviy soliq tizimi mamlakat hududida amal qiladigan 
soliqlar to‘plamidan iborat bo‘lib, soliqlarning ko‘pligi bilan 
xarakterlanadi. Soliq to‘lovchilar daromad solig‘idan tashqari yana 
ko‘plab egri (bilvosita) soliqlarni, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar
mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘laydi. 
Soliq tizimining tarkibiy tuzilmasi davlat tuzilishiga bog‘liq. Unitar 
davlatlarda soliq tizimi tarkibi quyidagicha: 
davlat soliqlari
• mahalliy soliqlar va yig‘imlar. 
Federativ davlatlarda esa soliq tizimi uch bo‘g‘indan tarkib 
topadi: 
• davlat (federal) soliqlari; 
• federatsiya a’zolarining byudjetlariga biriktirilgan soliqlar; 
• mahalliy soliqlar va yig‘imlar. 
Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan asosiy 
soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi. Odatda, bunday asosiy soliqlar 
tarkibiga quyidagilar kiritilishi mumkin: 
• qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
• aksizlar; 
• aholidan olinadigan daromad solig‘i; 
korporatsiyalarning 
(korxonalarning) 
daromadidan 
(foydasidan) olinadigan soliq; 
• bojxona bojlari. 
G‘arbning 
rivojlangan 
mamlakatlarida 
davlat 
byudjeti 
daromadlarini shakllantirishda aholidan olinadigan daromad solig‘i 
muhim 
rol 
o‘ynab, 
uning 
yordamida 
davlat 
byudjeti 
daromadlarining 25-45% tarkib topmoqda. Bu soliq murakkab 
progressiya prinsipi bo‘yicha progressiv stavkalarda undiriladi. 
Daromad solig‘i yordamida aholi daromadlari soliqqa tortilayotgan 
paytda 
soliqqa 
tortilmaydigan 
minimum 
(soliq 
to‘lovchi 
daromadining soliqqa tortilmaydigan qismi) qo‘llaniladi. 
Rivojlangan mamlakatlardagi soliqqa tortishga xos bo‘lgan 
muhim 
tendensiyalardan 
biri 
korporatsiyalar 
(korxonalar) 
daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar 
salmog‘ining pasayishidir. Bu narsa doimiy va uzluksiz ravishda 
399 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling