Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat byudjeti defitsiti


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

16.4. Davlat byudjeti defitsiti
71
 va uni moliyalashtirish 
 
Nazariy jihatdan olib qaralganda davlat byudjetining sog‘lom 
(normal) faoliyat ko‘rsatishi unga tegishli bo‘lgan daromadlar va 
xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu 
miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun davlat byudjeti shu 
miqdordagi daromadlarga ega bo‘lishi kerak. Aks holda bu 
xarajatlarni to‘la amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Davlat 
byudjeti daromadlari va xarajatlari miqdorlarining o‘zaro tengligi 
davlat byudjetining muvozanatlashtirilganligidan (balanslash-
tirilganligidan) dalolat beradi. 
70
Davlat byudjeti xarajatlariga oid ushbu paragrafda ko‘tarilgan masalalar dars-likning 18-bobida yanada 
batafsilroq ko‘rib chiqiladi. 
71
O‘zbek tilida “davlat byudjeti defitsiti” iborasining o‘rnida ko‘pchilik hollarda “byud-jet kamomadi”, “davlat 
byudjeti taqchilligi”, “davlat byudjeti etishmovchiligi” kabi iboralar ishlatilmoqda. Bu iboralarning mavjudligi ona 
tilimizning nihoyatda boy ekanligini yana bir bor ko‘rsatsa-da, bizning fikrimizcha, bu ishlatilayotgan iboralarning 
hech biri “davlat byudjeti defitsiti” iborasi bilan mazmun va mohiyat jihatidan teng kuchga emas. Shuning uchun
vaziyat, holat, jarayon yoki voqelikning asl holda aks ettirilishini nazarda tutib, o‘zbek tilida ham bu o‘rinda “davlat 
byudjeti defitsiti” iborasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Muammoni hal etishga aynan shu tarzda yondashish 
o‘zbek tilining sofligiga ziyon etkazmaydi. Aksincha, bu holat, jahon hamjamiyatida va xalqaro maydonda deyarli 
bir xil shaklda qo‘llanilib, bir xil ma’noni anglatib kelayotgan yana bir xalqaro ibora bilan ona tilimizni boyitgan va 
bir-birimizni bir xil tushunishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan bo‘lur edi.
361 
Amaliyotda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari 
hajmlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim 
hollarda davlat byudjetiningdaromadlari uning xarajatlaridan ko‘p 
bo‘lishi mumkin. Bunday davlat byudjeti profitsitli davlat byudjeti 
deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa davlat byudjetining 
xarajatlari uning daromadlaridan ko‘proq bo‘ladi. Shunga muvofiq 
ravishda davlat byudjeti xarajatlarining davlat byudjeti daro-
madlaridan ko‘p bo‘lishi davlat byudjeti defitsiti deyiladi. 
Boshqa hollar teng bo‘lgan sharoitda, davlat byudjeti defitsiti 
vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat 
bo‘lishi mumkin: 
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital 
qo‘yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi; 
• favqulodda hodisalar yuz berishi; 
• iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning yemirilishi; 
• moliya-kredit tizimlarining yyetarli darajada samarali emasligi; 
• hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni yyetarli darajada 
nazorat qilolmasligi; 
• ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi; 
• tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi; 
• davlat byudjeti xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)ning 
oqilona emasligi; 
• mamlakat miqyosida mavjud bo‘lmagan mablag‘lar 
hisobidan yashashga intilish; 
• harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; 
• real ichki imkoniyatni yyetarli darajada hisobga olmagan holda 
boshqa mamlakatlarga yordam berilishi; 
• davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga 
rag‘batlantiruvchi sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va 
yyetarli darajada 
samarali 
bo‘lmagan 
davlat 
byudjeti 
mexanizmining mavjudligi; 
• boshqa sabablar. 
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan stra-
tegik yondashuv (strategiya) quyidagi holatlarga alohida e’tibor 
berilishini taqozo etadi: 
• davlat byudjeti defitsitining mavjudligini matematik yo‘l bilan 
hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda 
iqtisodiyotning “davolanish”i o‘rniga “kasalligi” kuchayadi; 


384 
aralashuvi uchun ehtiyojni vujudga keltiradi. Bu narsa soliqni 
tartibga solishni (rag‘batlantirishni) yangi pog‘onaga ko‘tardi. 
Daromadlarni soliqqa tortishning kengayishi bilan korxonalarning 
foydasi va aholining daromadlari asosiy soliq obyektlariga, jismoniy 
va yuridik shaxslar esa, asosiy soliq subyektlariga aylanadi. 
Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmasiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Ular, bir vaqtning o‘zida, talabning bozor mexanizmi 
orqali ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi yoki 
uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Soliqlarning miqdori 
(hajmi) mehnatga haq to‘lash darajasini aniqlashga ham o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki ular soliq to‘lovlarining tarkibiga 
kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish quvvatlarini sotish 
yoki ulardan foydalanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega 
bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar bahosi bilan ishlab chiqarish 
xarajatlari o‘rtasidagi nisbat ham soliqlarga bog‘liq. 
Soliqlar va ularning funksiyalari bazis munosabatlarini o‘zida 
aks ettiradi. Ulardan davlat soliq mexanizmini tashkil etadigan turli 
xildagi vositalar (soliq stavkalari, soliqqa tortish usullari, soliq 
imtiyozlari va shunga o‘xshashlar) orqali soliq siyosatini 
yurgizishda foydalanadi. 
Soliqlarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 
• soliq subyekti – qonun bo‘yicha soliqni to‘lovchi shaxs 
(yuridik yoki jismoniy); 
• soliq obyekti – mavjudligi egasini soliqqa tortishga asos 
bo‘ladigan predmet (mol-mulk, yer va boshqalar); 
• soliq manbai – hisobidan soliq to‘lanadigan daromad (ish 
haqi, foyda, foiz va boshqalar); 
• soliqqa tortish birligi – soliq obyektini o‘lchash birligi 
(masalan, yer solig‘i bo‘yicha yerning bir gektari); 
• soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga nisbatan o‘rnatilgan 
soliqning miqdori. Amaliyotda soliqlar regressiv, proportsional va 
progressiv stavkalar yordamida yig‘ib olinadi. Regressiv usulda 
(soliqlarni undirishning regressiv stavkasida) daromadning o‘sib 
borishi bilan uni soliqqa tortish foizi kamayadi. Tovarlarning 
bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressiv 
usulda 
hisoblanadi. 
Proporsional 
soliqlarda 
(soliqlarni 
undirishning proporsional stavkasida) daromadning miqdoriga 
bog‘liq bo‘lmagan holda ular bir xil stavkada undiriladi. Progressiv 
soliqlarda (soliqlarni undirishning progressiv stavkasida) esa 
369 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling