Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
22-BOB. IJTIMOIY TA’MINOT 

22.1. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va 
prinsiplari 
 
Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo‘yicha, kasal, 
nogiron yoki boquvchisini yo‘qotganda, bolalarni tarbiyalash 
uchun va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda har bir 
kishining ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi. Iqtisodiy kategoriya 
sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 
jarayonida fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat 
ko‘rsatish uchun milliy daromadning bir qismi hisobidan pul 
mablag‘larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan 
foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot 
deyiladi. Mana shunday keng ma’noda, ijtimoiy ta’minot fondlarini 
shakllantirish manbalari va ta’minotni tashkil etishga bog‘liq 
bo‘lmagan holda jamiyat barcha a’zolarining tegishli tarzda 
ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Pulli pensiya va nafaqa to‘lovlari ijtimoiy ta’minot bo‘yicha 
xarajatlarning asosiy ko‘rinishlari hisoblanadi. 
Pensiya – bu qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari va 
boquvchisining yo‘qotilganligi munosabati bilan (bog‘liq ravishda) 
fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun ma’lum pul 
summalarining davrma-davr to‘lanmalaridan iborat. Pensiyaning 
quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
• Yoshga doir (qarilik) pensiya(si) (ba’zi xorijiy davlatlarda 
qarilik pensiyasi deyiladi, bizning qonunchiligimizda yoshga doir 
pensiya deyilgan); 
• nogironlik pensiyasi; 
• 
xizmat qilgan yillari uchun pensiya (qonunchiligimizda uch 
xil pensiya tizimi qayd etilgan, bu holat pensiyaga ustamalar 
sifatida yoki muddatidan oldin pensiyaga chiqish bo‘yicha imtiyozli 
pensiyaga chiqish ro‘yxatlari bo‘yicha keltirilgan kasb egalarini 
pensiyasi sifatida qayd etiladi, xorijda bunday nomdagi pensiyalar 
mavjud, bizda bu pensiyalarimizning tarkibida yuritiladi); 
• boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya. 
• Fuqarolarning ayrim toifalari uchun ijtimoiy pensiyalar deb 
ataladigan pensiyalar ham to‘lanadi (bizda bu ko‘proq ijtimoiy 


530 
nafaqalar deb yuritilmoqda, ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda 
bundan nomlanadigan pensiyalar mavjud). 
Yuqoridagilarni hisobga olib, ularni quyidagicha ham ifodalash 
ham mumkin:
• Yoshga doir (qarilik) pensiya(si); 
• nogironlik pensiyasi; 
• boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya. 
Ba’zi mamlakatlarda pensiyalarning xizmat qilgan yillari uchun 
pensiyalar va ijtimoiy pensiyalar ko‘rinishlari ham mavjud. Bizning 
mamlakatimizda 
xizmat 
qilgan 
yillar 
uchun 
pensiyalar 
qonunchiligimizda qayd etilgan pensiyalarning tarkibiy qismi 
hisoblanadi, ijtimoiy pensiyalar tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar 
ko‘rinishiga ega va ushbu nafaqalar bugungi kunda davlat 
byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan. 
Nafaqalarning quyidagi asosiy ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin: 
• vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun; 
• homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha; 
• farzand tug‘ilganda; 
• bola parvarishi bo‘yicha; 
• muddatli harbiy xizmatchilarning bolalariga; 
• ishsizlik bo‘yicha; 
• ta’ziya holatlari bo‘yicha. 
Yuqoridagilar bilan bir qatorda ta’minotning boshqa quyidagi 
shakllari ham amal qiladi: 
• kasbiy-texnikaviy o‘qitish; 
• ishsizlarni qayta o‘qitish; 
• nogironlarni qayta o‘qitish va ishga joylash; 
• qariyalar va nogironlar uchun internat-uylarida mehnatga 
qobiliyatsizlarni tekinga saqlash; 
• nogironlarni protezlash va ularni moto-velokolyaskalar va 
atomobillar bilan ta’minlash; 
• uyga yordamning ko‘p ko‘rinishlarini tashkil qilish va boshqalar. 
Ijtimoiy ta’minot mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki to‘liq 
yo‘qotgan shaxs xususida davlat va jamiyat g‘amxo‘rligi, inson-
parvarlikning namoyon bo‘lish shaklidir. Mehnat faoliyatining 
to‘xtatilishi 
munosabati 
bilan 
insonning 
moddiy 
ahvoli 
yomonlashganda, o‘z mehnat qobiliyati yo‘qotilganligi inson 
ongiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir paytda ijtimoiy 
543 
nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan 
bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish 
oqibatida 
vafot 
etgan 
boquvchisini 
yo‘qotganlik 
pensiyasi 
tayinlanadi. 
Boshqa 
mamlakatlardan 
ko‘chib 
kelgan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolarining 
oilalariga, 
basharti, 
boquvchi 
O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi 
hollarda tayinlanadi: 
• boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini 
olgan oilalarga – boquvchisining ish stajidan qat’iy nazar; 
• pensiya olmagan oilalarga – basharti, boquvchi ishlash 
to‘xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo‘lgan bo‘lsa, 
mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik 
oqibatida vafot etgan taqdirda esa – boquvchining ish stajidan qat’iy 
nazar. 
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik 
pensiyasini tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan 
boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor 
stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi. 
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya 
pensioner yangi nikohdan o‘tganida ham saqlanib qoladi. Oilaning 
pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta umumiy 
pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi 
ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi. Pensiyadan ulush ajratib berish 
pensiyani bo‘lish to‘g‘risida ariza tushgan oydan keyingi oyning 
birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi. 
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir 
mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul 
qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq 
yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam bo‘lmagan 
miqdorida, har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin 
etimlarga) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot 
etgan yolg‘iz onaning bolalariga har bir bola uchun — pensiyani 
hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 
foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam 
bo‘lmagan miqdorda pensiyaning tayanch miqdori belgilanadi. 
Pensiya miqdorini hisoblash tartibi yoshga doir pensiyalarni 
hisoblash tartibi bilan bir hil.


542 
• bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga 
to‘lmagan bo‘lsa yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga 
to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-
singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa; 
• ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 
umumbelgilangan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar; 
• yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar, ota va onadan 
biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u 
vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki 
nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi 
saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga 
qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa; 
• buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart 
bo‘lgan kishilar bo‘lmasa. 
O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga etmagan 
farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab 
qoladilar. O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment 
olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga 
egadirlar. O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni 
(qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki 
boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga 
ega bo‘ladilar. Bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar 
boquvchining 
bedarak 
yo‘qolganligi 
belgilangan 
tartibda 
tasdiqlangan bo‘lsa, vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma 
qoidalari tegishli ravishda ushbu oilalarga ham joriy qilinadi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq 
boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu 
yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining 
manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb 
hisoblanadilar. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila 
a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun 
kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa — boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar. 
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik 
oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum 
pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’iy 
nazar tayinlanadi. Boquvchi vafot etgan kunga qadar unga 
531 
ta’minot davlat va jamiyat tomonidan uning unutilmaganligini va 
o‘z holiga tashlab qo‘yilmaganligini ko‘rsatadi. 
“Ijtimoiy 
ta’minot” 
kategoriyasining 
mazmuniga 
oid 
iqtisodchilar o‘rtasida yagona fikr mavjud emas. Mualliflarning 
ba’zi birlari “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng ma’noda talqin 
qilib, uning tarkibiga ona va bolani, fuqarolarni qarilik chog‘ida va 
mehnat qobiliyatini yo‘qotganda tekin ta’minlanishi, davolash va 
tibbiy xizmatlarning tekinligi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy 
tadbirlar majmuining barchasini kiritadilar. Boshqa bir toifadagi 
mualliflar “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug‘urta”ni yagona tartibdagi 
iqtisodiy kategoriyalar sifatida ko‘rib chiqadilar. Uchinchi guruh 
mualliflari “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini tor ma’noda tasavvur 
qilib, ijtimoiy sug‘urta bilan qamrab olinmaydigan ta’minotning 
turlarinigina uning tarkibidan iborat deb hisoblaydilar. Va nihoyat, 
to‘rtinchi guruhga kiruvchi mualliflar ham mavjudki, ularning fikricha, 
mehnatga qobiliyatsizlikni ta’minlashning turli shakllari va 
ko‘rinishlari, shu jumladan, ijtimoiy sug‘urtani ham qamrab oluvchi 
yagona “ijtimoiy ta’minot” tushunchasi mavjud. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning 
mehnat qilish, dam olish, sog‘ligini muhofaza qilish huquqlariga, 
qariganda, kasal bo‘lganda, mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki 
to‘liq yo‘qotganda va boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy 
ta’minot, uy-joyga egalik qilish,ma’lumot olish, madaniyat 
yutuqlaridan foydalarish huquqlariga, davlat va jamoatchilik 
ishlarini boshqarish huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi. Shu 
munosabat bilan va “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng talqin 
qilish pozitsiyasidan nafaqat tekin tibbiy xizmat ko‘rsatish va 
davolash, balki Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan tekin bilim olish, 
madaniyat yutuqlaridan foydalanish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy 
tadbirlardan bahramand bo‘lish kabilarni ham uning tarkibiga 
kiritish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Chunki bu huquqlarning har 
biri fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutib, Konsti-
tutsiyada ko‘zda tutilgan tegishli tadbirlar va mablag‘lar bilan 
ta’minlanadi. Masalan, qarilik chog‘ida, kasallik paytida va mehnat 
qobiliyatini 
to‘liq 
yoki 
qisman 
yo‘qotganda, 
shuningdek‚ 
boquvchisidan mahrum bo‘lgandagi moddiy jihatdan ta’minlanish 
huquqi ijtimoiy ta’minotning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. 
Sog‘liqni muhofaza qilish huquqini ta’minlash, ya’ni tekin tibbiy 
xizmat ko‘rsatish va davolanish bo‘yicha maxsus shakllar ko‘zda 


532 
tutilgan. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolarning turli ehtiyojlari 
ularni qondirishning o‘ziga xos bo‘lgan o‘z shakllariga egadir. 
Shularga muvofiq ravishda pul mablag‘lari fondlari ham 
shakllantiriladi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, “ijtimoiy ta’minot” 
tushunchasini bundan ham kengroq tarzda talqin qilish o‘zining 
yyetarli darajadagi asosiga ega emas. 
Bir vaqtning o‘zida, “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug‘urta”ni 
parallel ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy 
kategoriyalar sifatida talqin qiladigan, ijtimoiy ta’minotga davlat 
byudjetining to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazma (transfert)lari hisobidan 
amalga oshiriladigan, ijtimoiy sug‘urtaga esa faqat ijtimoiy 
sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar 
kiradi, deb hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deyish mumkin 
emas. 
Ijtimoiy ta’minotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazma (transfert)lar 
hisobidan Davlat byudjetidan, Pensiya jamg‘armasidan va ijtimoiy 
sug‘urta fondidan qilinadigan xarajatlarning yo‘nalishlarida 
prinsipial xarakterdagi farqlar yo‘q. Bir vaqtning o‘zida ham 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet ajratmalari, ham Pensiya jamg‘armasi va 
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari hisobidan qarilik (yoshga doir), 
nogironlik, ishlagan yillari uchun, boquvchisini yo‘qotgandagi 
pensiyalar, farzand tug‘ilganda, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari 
to‘lanishi mumkin. Bu yerda farqlar faqat ta’minlanayotganlarning 
kontingentiga nisbatan bo‘ladi, xolos. Pensiya va Ijtimoiy sug‘urta 
jamg‘armalari mablag‘laridan ishchi va xizmatchilar, ilmiy 
xodimlar, bevosita byudjetdan esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy 
xavfsizlik xizmati, Bojxona organlari va boshqa bir necha toifadagi 
boshliqlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar ta’minlanadi. 
Shuning uchun ham ijtimoiy sug‘urtani ijtimoiy ta’minotga 
bog‘liq bo‘lmagan holda parallel ravishda mavjud bo‘lgan, 
mustaqil kategoriya deb hisoblashga asos mavjud emas. Aksincha, 
ijtimoiy sug‘urta yaxlit butunning bir qismi sifatida ijtimoiy 
ta’minotga tegishli bo‘lib, uning shakllaridan biri hisoblanadi. 
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda 
ayrim iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini (pensiya to‘lovlarini 
birga qo‘shgan holda) shakllantirishning manbaini qo‘shimcha 
mahsulot, boshqalari esa ijtimoiy iste’mol fondlarini zaruriy 
mahsulot bilan bog‘laydi. 
541 
foizidan kam bo‘lmagan miqdorda pensiyalarning bazaviy miqdorlari 
belgilanadi. Pensiyani hisoblash tartibi fuqarolarning yoshiga doir 
pensiyasini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash 
uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun 
nogironlik pensiyalarning bazaviy miqdorlari I va II guruhlar 
nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblash uchun 
qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi. 
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va 
II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori 
nogironlik bo‘yicha pensiya tayinlangan kunda qonunchilikda 
nazarda tutilgan ish staji mavjud bo‘lganda oshiriladi. 
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan 
umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik 
pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi va uning 
miqdori I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — 
yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan hamda II guruh 
nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam 
pensiyaning 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. 
Nogironlik pensiyasi nogironlik belgilangan (aniqlangan) davr 
mobaynida o‘rnatiladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling