2. Bob. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining tadqiqot usulari va boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 59.71 Kb.
bet1/11
Sana23.04.2023
Hajmi59.71 Kb.
#1384140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
o\'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining tadqiqot fanlar bilan aloqasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT
UNIVERSITETI
___________________________________________________________ fakulteti
____________________________________________________________
kafedrasi
____________________________________________________________
fanidan

KURS ISHI


Mavzu:_____________________________________________
___________________________________________________

Bajardi: ________________
Qabul qildi: __________________

Farg‘ona 2023


Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………….…3
1.Bob O’zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining shakllanish tarixi….………………………………………………………………………..5
1.1. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni. ….……5
1.2. O’zbekistonda ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani ilmiy yo’nalishlarining rivojlanishi…………………………………………………………………….10
2. Bob. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining tadqiqot usulari va boshqa fanlar bilan aloqasi………………………………………….……….20
2.1. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqot usullari……………………20
2.2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi…30
Xulosa………………………………………………………………………….36
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…..…………………………….………..38

Kirish
Ma’lumki, ―Geografiya‖ fanining tarmoqlaridan biri – iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (sinonimi: ijtimoiy yoki iqtisodiy va sotsial geografiya) iqtisodiyot, sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik fanlari kabi ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi. O’z navbatida, geografiyaning alohida yo’nalishlari orasida texnikaviy (masalan, kartografiya) fanlar ham mavjud. Shu bois, geografiya tabiiy fanlar turkumidan o’rin egallasa-da, uning tarkibida ijtimoiy va texnikaviy yo’nalishdagi fanlarni ham uchratish mumkin.
Peter Haggett o’zining ―Geographie: Eine Globale Synthese‖ kitobida geografiya fanining to’rt asosiy tarmog’ini ajratadi:

      1. Geografiya falsafasi.

      2. Tarmoqlar geografiyasi.

      3. Mintaqaviy geografiya.

      4. Tadqiqot metodlari.

Ko’plab olimlar geografiyani fanlar tizimi deb hisoblashsa, ayrimlari ―Geografiya‖ fanining fanlar tizimida tutgan o’rni qanday? Geografiyani yagona fan deyish mumkinmi? Faylasuf olim B.M Kedrov fanlar tizimini ikki guruhga ajratgan edi. Bular: bilish haqidagi umumiy fanlar (falsafa, mantiq); tabiiy, aniq va texnik fanlar (geologiya, biologiya, kimyo, fizika, matematika va boshqalar).
Xo’sh, zamonaviy fanlar tizimida geografik fanlar qanday o’rin tutadi? Geografiya yagona fanmi? Yoki bir necha alohida fanlardan tashkil topganmi? Bu haqida bir qancha qarashlar mavjud. Chunonchi, rus olimi B.B.Rodoman: (1999),
―Geografiya – umumiy ekologik qarashlar va hududiy tadqiqot usullarining birlashuvidan vujudga kelgan yagona fan‖, deb hisoblaydi. Britaniyalik olim R.D.Jonstonning (1997) fikri ushbu qarashlardan birmuncha boshqacharoq.
Jumladan, olim: ―Ijtimoiy geografiya tabiiy geografik fanlarga nisbatan boshqa ijtimoiy fanlar bilan ko’proq uzviy aloqadordir, ya’ni tabiiy va ijtimoiy (Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya) geografiya – bu ikki boshqa-boshqa fanlardir‖, – deya ta’rif beradi.
Shu o’rinda yana shunday savol tug’ilishi tabiiy: geografiya tabiiy fanlar qatoriga kiradimi yoki uni ijtimoiy fanlar tarkibiga kiritish o’rinlimi? Bu borada ko’pchilik olimlar hamfikr bo’lib, tabiiy geografiya tabiiy fanlar, ya’ni biologiya, geologiya singari tabiatni o’rganuvchi fanlardan biri bo’lsa, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi
Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o’laroq geografik fanlar xuddi tarix singari jamiyatning barcha jabhalarini o’rgansa-da, biroq uning tadqiqot obyekti juda keng bo’lib, u tabiat va jamiyatni o’zaro bog’laydi. Shu o’rinda aytish joizki, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya jahonning turli mamlakat va mintaqalarida turlicha nom bilan ataladi. Chunonchi:

  • ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlarda ―Human geography‖, ya’ni Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, Inson geografiyasi, Ijtimoiy geografiya;

  • nemis tilida so’zlashuvchi davlatlarda ―die Humangeographie‖ (ijtimoiy) yoki ―Antropogeographie‖ (anthropo – grek tilida inson ma’nosini anglatadi), ―Kulturgeographie‖ (ma’daniy geografiya);

  • fransuz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda ―Geographie humaine‖, ya’ni Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya;

  • Rossiya va Qozog’istonda 1990-yillar boshlarida ijtimoiy geografiya ko’proq iqtisodiy, sotsial va siyosiy geografiya nomi bilan, 2007-yildan boshlab iqtisodiy, sotsial, siyosiy va rekreatsion geografiya nomi bilan atala boshladi.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda va boshqa MDH davlatlarida Ijtimoiy geografiya yoki Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya nomi bilan yuritilmoqda.



Download 59.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling