Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish
Download 69 Kb.
|
Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobatchilik
- Hayvonot olamidagi moslanishlar.
- Maskirovka.
YASHASH UCHUN KURASH VA TABIIY TANLANISH Moslanish organizmlarning yashovchanligi, raqobatchanligi va normal nasi qoldirishi bilan uzviy aloqadordir. Yashovchanlik. Odatda, ontogenezning turii bosqichlarida ro'y beradigan mutatsion o'zgaruvchanlik ko'pgina hollarda organizmlaming yashovchanligini pasaytirib yuboradi, ba'zan o'limiga sababchi bo'ladi. Shuni e'tiborga olib yashovchanlik deganda organizmlarning o'zi tarqalgan muhitda genotipini keskin O'zgartirmagan holatda normal yashashi tushuniladi. Raqobatchilik — organizmlarning o'lik va tirik tabiat, shu jumladan oziq topish, boshqa jins bilan qo'shilish. yashash joymi egallashdagi qarshiliklarni yengishdir. Ayrim hollarda organizm yashovchan bo'lsada, uning raqobatchiligi sust rivojlangan bo'ladi. Nasl qoldirish organizmlar urchishining normal kechishi bilan bog'liq. Organizm jinsiy organlari yoki hujayralarida biror kamchilik bo'lsa, albatta urug’la-nish jarayoni normal kechmaydi va u nasl bermaydi. Moslanishning bu uch komponenti o'zaro bog'liq bo’lib, tabiiy tanlanish orqali tarkib topgan evolyutsion natija hisoblanadi. Ch. Darvinning ulug’ xizmatlari faqat tarixiy jarayonda turlarning o'zgarganligini isbotlash bilan cheklanmaydi. Olim fan tarixida birinchi bo'lib moslanish muammosini hal qilib berdi. Sizlar kundalik hayotda baliqlarning suv muhitiga, qushlarning esa havo muhitiga moslashgan ekanligini yaxshi bilamiz. Bular ayrim misollar xolos. Aslini olganda tirik mavjudotlarning muhit sharoitiga moslanishi nihoyatda xilma-xil. Hayvonot olamidagi moslanishlar. Hayvonlarning muhit sharoitiga moslanishi tashqi, ichki tuzilishida, bajaradigan funktsiyasida, urchishida, nasl uchun qayg'urishida va boshqa xatti-harakatlarida namoyon bo'iadi. Himoya rangi. Ko'pchilik hollarda hayvonlarnine tashqi rangi, o'zi yashayotgan muhit rangiga o'xshash yoki unga yaqin bo'ladi. Odatda cho'lda yashaydigan toshbaqa, kaltakesak, ilonlar qum rangida, shimohy o'lka hayvonlari - ayiq, kuropatka tulkilar, oq rangda, beshiktebratar, ninachilar yashil barglar orasida yashagani, karam kapalagi qurti uning barglan bilan oziqlangani sababli yashil rangda boladi. Agar muhit rangi fasllarga qarab o'zgarsa, u holda. hayvonlar rangi ham o'zgaruvchan bo'ladi. Chunonchi Yevropaning o’rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon, kuropatka, gornostay qishda bir yozda ikkinchi xil rangda bo'ladi. Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofidagi barg, novda, kurtak, o'simliklarga o'xshash, boladi. Chunonchi chupchik degan hasharot rangi va shakli ingichia novdani, nina baliq suy о tlarini, dengiz paxmoq otchasi deb ataluvchi baliq suv o'simliklarini eslatadi. Ayrim baqachanoqlar daraxt kurtaklariga o'xshashdir. Malayada tarqalgan kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o'xshash bo'ladi. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling