2. Bob. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining tadqiqot usulari va boshqa fanlar bilan aloqasi
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi
Download 59.71 Kb.
|
o\'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining tadqiqot fanlar bilan aloqasi
2.2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanining asosiy vazifalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlardan kelib chiqqan holda, talabalarga quyidagi yo’nalishlarda puxta bilimlar berishdir: ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanining nazariy asoslarini o’rgatish, jahon siyosiy kartasining shakllanish bosqichlari, xalqaro munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy mojarolar, ularning oqibatlari, jahon mamlakatlari to’g’risida ma’lumotlar berish; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish qonuniyatlari hamda omillarini o’rgatish; tabiiy sharoit va tabiiy resurslarning mamlakatlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi roli va o’rni, ulardan foydalanish, ekologik muammolarning sabab va oqibatlarini tushuntirish; mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida erishilgan ilmiytexnika yutuqlarini hamda ilg’or texnologiyalardan foydalanish tajribalarini o’rganish va xulosa berish; aholi geografiyasi, mehnat resurslari, turli mamlakatlarda mehnat resurslarining sifati va malaka tarkibi, migratsiya va urbanizatsiya masalalarini tadqiq qilish; iqtisodiy geografiyaning tarkibi (sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, tashqi iqtisodiy aloqalar) va hududiy rivojlanish xususiyatlarini, xalqaro iqtisodiy-ijtimoiy tizimlar faoliyatini o’rganish; siyosiy va madaniy geografik tadqiqotlar, ularning rivojlanish xususiyatlarini o’rganish; insoniyat oldida turgan umuminsoniy (tinchlik va qurolsizlanish, ekologik, demografik, energetika va xomashyo, oziq-ovqat, Dunyo okeani va kosmosni tinchlik maqsadlarida o’zlashtirish va boshqalar) hamda mintaqaviy (Orol va Orolbo’yi, Afg’onistonda tinchlikni yuzaga keltirish va boshqalar) muammolarni o’rganish; O’zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o’rnini baholash va uning Markaziy Osiyoda tinchlikni saqlash va barqarorlikni ta’minlashdagi roli hamda iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy tizimlardagi ishtirokini baholash. Aytish joizki, mazkur fanning muayyan bir barqaror, barchani qanoatlantiruvchi ta’rifi hozircha yo’q. Bunga sabab, geografiya fanining keng qamrovliligi, obyekti va nomining davrlar mobaynida hamda davlatlar miqyosida o’zgarib turishidir. Mavjud ta’riflarning ko’pchiligida ishlab chiqarish kuchlarining joylashish xususiyatlari ta’kidlanadi. Chunki, iqtisodiyotning asosini ishlab chiqarish kuchlari, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning mohiyatini esa ularning joylashuv xususiyatlari belgilab beradi. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ta’rifini quyidagicha keltirish mumkin: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ijtimoiy fan sifatida turli mamlakat va rayonlarda xo’jalik tarmoqlarining joylanish va rivojlanish xususiyatlarini hamda inson hayot faoliyati va yashash tarzining hududiy jihatlarini o’rganadi. Professor A.Soliyev fikriga ko’ra, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ichki tuzilishi to’rt asosiy qismdan yoki blokdan iborat bo’lib, ular quyidagilar: Download 59.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling