Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Boj deklaratsiyasi – milliy qonunchilikning talablariga muvofiq 
rasmiylashtirilgan, o‘zida chegaradan o‘tayotgan yuklar (eksport yoki import 
qilinayotgan mahsulotlar, passajir yuki, uning qo‘lidagi yuki, boyliklar va 
valyutalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan hujjat. Bu hujjat yukni 
davlat chegarasi orqali o‘tkazib yurishda asos bo‘lib hisoblanadi. 
Deklaratsiya bojxonaga qonunda belgilangan muddatlarda (bir kundan ikki 
haftagacha mahsulot bojxonaga etib kelgan kunni ham hisobga olgan 
holda) taqdim etilishi lozim. Deklaratsiyada bojxonaga qabul qilingan 
mahsulotning yuk hujjati nomeri, mahsulotning tarif nomi yoki boj tarifining 
tegishli moddasiga asoslanish (suyanish), mahsulot partiyasining qiymati 
va bahosi hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kabilar o‘zining 
aksini topishi shart. Boj deklaratsiyasining shakli mahsulotning bojga 
tortilish yoki tortilmasligiga bog‘liqdir. 

 
Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul 
birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarida ifodalangan bahosi. Eng avvalo, 
mamlakat iqtisodiyotining ahvoli bilan belgilanadi, shuningdek, turli 
mamlakatlardagi inflyatsiyaning nisbiy sur’atlariga, mehnat unumdorligining 
o‘sish sur’atlari va uning mamlakatlar o‘rtasidagi nisbatiga, YaMMning 
o‘sish sur’atlariga (pulning tovar bilan to‘ldirilish asoslariga), xalqaro 
savdodagi mamlakatning o‘rni va roliga, kapitalning mamlakatdan 
chiqarilishiga bog‘liq. Mamlakat to‘lov balansining ahvoli, turli mamlakatlar 
pul bozorlaridagi foiz stavkalarining mamlakatlar o‘rtasidagi farqlari, shu 
mamlakat valyutasining evrobozorlarda va xalqaro hisob-kitoblarda 
foydalanish darajasi, mamlakat valyutasiga bo‘lgan ishonch va boshqa 
omillar valyuta kursiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Valyutaviy cheklanmalar – valyuta, oltin va boshqa valyutaviy 
boyliklar bilan operatsiyalarning cheklanishiga yo‘naltirilgan, qonuniy yoki 
ma’muriy tartibda o‘rnatilgan tadbirlar va me’yoriy qoidalar majmui. Joriy 
to‘lov balansi operatsiyalari bo‘yicha ularerkin konvertatsiya qilinadigan 
valyutalarga (AQSh dollari, Yevropa ittifoqi evrosi, ingliz funtsterlingi, 
Shveytsariya franki va boshqalarga) nisbatan qo‘llanilmaydi. 
737 
– xorijiy 
investitsiyalar 
jalb 
qilish 
orqali 
amalga 
oshirilayotgan 
sanoat 
loyihalarning 
bir-biriga 
bog‘liqligini 
ta’minlash, ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish 
hamkorlik va infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o‘rnini 
bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish va etishtirishga erishish; 
– olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya 
siyosatini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy hududlarda balki 
chekka tumanlarda ham yirik sanoat obyektlarini qurishni keng 
yo‘lga qo‘yish; 
– tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini 
ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug‘urta 
firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga 
mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini 
vujudga keltirish;. 
– xalqaro xuquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, 
hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar 
tayyorlashni tashkil qilish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo‘nalishlarini izchil 
tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini 
oshirish 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotining 
jahon 
iqtisodiy 
hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga imkon beradi.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
eksport 
salohiyatini 
rivojlantirish 
buyicha 
yaqin 
kelajakka 
mo‘ljallangan 
strategiyasining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
birinchidan, eksportni rag‘batlantirish uchun avvalo, barqaror 
makroiqtisodiy sharoit yaratish, inflyatsiya sur’atini prognoz 
darajasida ushlab turish, valyuta almashtirish kurslarining keskin 
tebranishlariga yo‘l qo‘ymaslik; 
ikkinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulk shaklidan 
qat’iy nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish 
uchun bir xil imkoniyatga ega bo‘lishlarini ta’minlash; 
uchinchidan, yetuk mutaxassislarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash borasidagi islohotlarni davom ettirish; 
to‘rtinchidan, eksport salohiyatini rag‘batlantirish maqsadida 
ishlab chiqarish tarmoqlarida yuqori texnologiyalardan foydalanish 
ko‘lamini kengaytirish; 


738 
beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil 
etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach erkin ochiq bozor 
iqtisodiyotini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish uchun 
zarur bo‘lgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy 
asoslarni barpo etish yillari sifatida munosib tarixiy voqelikka 
aylandi. Shuningdek, mamlakatimizda barqaror bank tizimi 
yaratilishi bilan xalqaro moliyaviy munosabatlar ko‘lami yanada 
kengayib bordi, bu holat o‘z navbatida xalqaro moliya institutlari 
va 
tijorat 
banklari 
o‘rtasida 
o‘zaro 
hamkorlik 
aloqalari 
rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Hozirgi kunda 
mamlakatimiz tijorat banklari hamda xalqaro moliya institutlari 
o‘rtasida bir qator samarali loyihalar amalga oshirilmoqda, bu esa 
respublikamiz iqtisodiyotini taraqqiy etishida mustahkam rol 
o‘ynamoqda. 
Bugungi kunda xalqaro moliyaviy institutlarning amaliy 
aloqalariga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, ulardan Xalqaro 
Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki, Yevropa Tiklanish va 
Taraqqiyot Banki (ETTB), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi yirik 
moliyaviy tashkilotlar bilan juda izchil va faol ishlar olib 
borilmoqda. Mazkur tashkilotlar biz tanlagan yo‘l va amalga 
oshirilayotgan islohotlarning to‘g‘ri ekanligiga qat’iy ishonch hosil 
qilganliklari uchun ham yaqin hamkorlik aloqalarini olib 
bormoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2- 
iyulda O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi 
(XVF)ga a’zolik to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston 
Respublikasi 1992-yil 21-sentyabrda XVFga a’zo bo‘lib kirdi 
hamda Vazirlar Mahkamasining 93-F raqamli 1993-yil 27-
martdagi Farmoyishiga muvofiq respublikaning XVF imzo 
kvotasiga to‘lov amalga oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki xalqaro 
moliya tashkilotlarining aloqa agentligi va avuarlar depozitariysi 
hisoblanadi 
va 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
mazkur 
muassasalarga a’zoligi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga 
oshirish vakolatiga ega. 
751 
oshirishga (yuqori byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno); 
v) o‘z byudjetlari xarajatlariga tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan 
ortiqcha mablag‘ sarflashga (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno); g) byudjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga 
moliyaviy kafolatlar ka kafilliklar berishga; d) yuridik va jismoniy shaxslarga 
byudjet ssudalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling