Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

1.4. Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti
Iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari 
xususiyatlari bilan farq qiladi. O‘z navbatida, yangi ishlab 
chiqarish munosabatlari mavjud ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish 
munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Alohida 
olingan davlatda o‘zgarishlar yuqoridagidek ketma-ketlikda va 
bog‘liqlikda sodir bo‘lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi 
umumiy qonuniyatlar xususiy holatlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Har bir 
ijtimoiy tuzum va shunga muvofiq ravishda, shu tuzumdagi 
davlatga ma’lum bir moliyaviy tuzilma mos keladi.
Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliya munosabatlari bir-
biridan farq qiladi va bu farqlar quyidagi sabablar tufayli paydo 
bo‘ladi: 
• har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o‘z sinfiy tuzilmasi 
mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini 
hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini 
tashkil qiladi; 
• har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya davlatning 
maqsadlari va vazifalariga bo‘ysunadi; 
• ishlab chiqarishning yangi usuli xo‘jalik munosabatlarining 
yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodallik 
tuzumlarga natural munosabatlar xos bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos 
ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham asosan natural 
xarakter 
kasb 
etgan. 
Kapitalistik 
xo‘jalik 
tovar-pul 
23 
ishlaydiganlar 
esa, 
o‘z 
navbatida, 
Davlat 
byudjetining 
daromadlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan soliqlarni to‘laydilar. 
Fuqarolar o‘zlarining shaxsiy daromadlari hisobidan turli 
xizmatlarning haqini to‘laydilar, sug‘urta fondlariga ajratmalar 
(badallar) qiladilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun 
foizlarni qaytaradilar. Korxonalar turli xizmatlar ko‘rsatish orqali 
topgan daromadlari hisobidan ham soliqlar to‘laydilarki, ular 
byudjet daromadlarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Taqsimlash-
ning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar ham moliya 
bo‘lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan chetda moliya 
mavjud emas. 
JIMning 
ikkiga 
bo‘linishi 
bilan 
xarakterlanadigan 
taqsimlashning birinchi bosqichidan so‘ng ikkinchi bosqich 
boshlanadiki, unga muvofiq MD jamg‘arish fondi va iste’mol 
fondiga bo‘linadi. 
Jamg‘arish fondi ikki qismdan iborat bo‘lib, uning bir qismi 
takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa zaxira 
(rezerv) fondlarini shakllantirishga mo‘ljallangandir. Taqsimlash-
ning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat 
investitsiyalarini kiritish, davlat rezervlarini shakllantirish va 
sug‘urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bo‘ladi. Bunda 
tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq 
amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya 
qilinmasligi ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil 
boshida 
tasdiqlangan 
byudjet 
ko‘rsatkichlari 
doirasida 
(chegarasida) amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyotning bugungi 
bosqichida deyarli barcha mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga 
ega bo‘lib, bu narsa taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini 
o‘rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning ketma-ketligiga 
e’tibor bermaslikka imkon beradi. Ko‘pchilik hollarda amaliyotda 
daromadlar hali yig‘ilmasdan oldin xarajatlarning amalga 
oshirilishi sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda, ya’ni daromad va 
xarajatlarning 
muddatlari 
bo‘yicha 
paydo 
bo‘layotgan 
nomuvofiqlikning oldini olish uchun (yoki shu muammoni hal etish 
uchun) davlat krediti mexanizmidan foydalanish mumkin. 
Jamg‘arish fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi nisbat vaqt 
jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan 
subyektlari (davlat bilan ham birgalikda) o‘rtasida ham juda 
alohidadir. 
Iste’molning 
darajasiga 
texnologiya 
holati, 


24 
kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning 
obro‘si va boshqa shu kabi ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Jamg‘arish fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi nisbatlarning 
o‘zgarishiga qarab qator xulosalar qilish mumkin. Masalan, 
iste’mol fondining yetarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish 
sektorida 
jamg‘arishning 
hissasi 
ortadi 
(ya’ni, 
shaxsiy 
jamg‘armalar o‘sadi). Agar MDda iste’molning nisbiy hissasi 
kamroq bo‘lsa, korporativ jamg‘armalar o‘sadi. Chunki yaratilgan 
MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun 
takror ishlab chiqarish jarayonining negizida o‘ziga xos tovar 
bo‘lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi o‘zini takror 
ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bo‘lgan qiymatni yaratish 
xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa 
tarkibiy qismlari bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat predmetlariga 
esa xos emas. 
O‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy 
qismdan iborat: 
• ijtimoiy iste’mol fondlari; 
• shaxsiy iste’mol fondlari. 
Davlatlarda ijtimoiy va shaxsiy iste’mol fondlari o‘rtasidagi 
nisbat hokimiyat tuzilmasiga, an’analarga va h.k.larga bog‘liq. 
Yaqin 
o‘tmishda 
kommunistik 
yoki 
sotsialistik 
partiyalar 
hukmronlik qilgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol 
fondlarining umumiy hajmida asosiy o‘rinni egallagan. Chunki 
ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil 
etgan. 
Ayni zamonda ham ijtimoiy hayotni demokratlashtirish 
darajasi yuqori bo‘lgan Shvetsiya, Norvegiyada yoki neftga boy 
Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab amirliklari, Bruney 
sultonligi kabi ayrim davlatlarda ham ijtimoiy iste’mol fondlarining 
iste’mol fondlaridagi salmog‘i katta. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
o‘ziga xos yo‘lini tanlagan O‘zbekiston Respublikasida ham 
aholining ijtimoiy himoyasiga iste’mol fondlarining katta qismi 
ajratilyapti.
Demak, yuqorida bayon etilgan mulohazalardan ko‘rinib 
turibdiki, o‘z zimmasiga juda katta ijtimoiy vazifalarni olgan 
davlatlarda iste’mol fondlarining umumiy hajmida ijtimoiy iste’mol 
fondlari asosiy o‘rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari 
25 
orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi. Ijtimoiy iste’mol 
fondlarining salmog‘i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori 
bo‘lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, 
qishloq xo‘jaligi va h.k.larni moliyalashtirish qo‘llab-quvvatlanadi.
Shuni 
ta’kidlash 
kerakki, 
ijtimoiy 
iste’mol 
fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanishni
moliyaning ishtirokisiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar bu 
jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu holatni so‘zma-
so‘z tushunish kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi 
tizimi soliqlar va ajratmalarning hajmini aniqlashga sharoit 
yaratadi, baholar va amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda 
summasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini 
shakllantirish va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga 
faqat moliya xizmat qiladi. 
Ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ishlatish asosan 
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi 
ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishga 
sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bo‘lgan dunyoning ko‘pchilik 
mamlakatlarida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini 
shakllantirishda o‘zining to‘lovlari bilan ish beruvchilar va 
yollanma mehnat xodimlari ham ishtirok etadilar. Oxirgi holda 
ijtimoiy iste’mol fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining 
bir qismi yo‘naltiriladi. Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi 
quyidagi ikki qismga bo‘linadi: 
• shaxsiy jamg‘arma fondlari; 
• iste’mol fondlari. 
Shaxsiy iste’mol jamg‘armasining aynan shu ikki qismi 
tovarlarni olish-sotish bilan bog‘liq operatsiyalarning to‘laqonli 
faoliyat ko‘rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’mol fondi va jamg‘arish 
fondi o‘rtasidagi nisbat hamda ularning hajmi davlatning 
rivojlanish sur’atini belgilab beruvchi muhim ko‘rsatkichlar 
qatoriga kiradi. Agar davlat soliqlar ko‘rinishida birlamchi 
daromadlarning katta qismini o‘z ixtiyoriga olib qo‘ysa, u shu bilan 
iqtisodiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda 
hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga 
borib taqaladi – uning xarajatlari ortiqcha (davlat apparati 
xarajatlarini moliyalashtirish to‘g‘risida gap ketayapti), samarasiz 


48 
o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish” 
diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. O‘zbekiston xalqaro 
islom akademiyasi: “Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, 
tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, (ta’kid bizniki), xalqaro 
munosabatlar xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) 
va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar 
bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashga, o‘rta maxsus, oliy ta’lim, 
oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlarida 
uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy merosni 
chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim 
berishga 
ixtisoslashgan 
yetakchi 
ta’lim 
va 
ilmiy-tadqiqot 
muassasasi hisoblanishi” ham qayd etildi.
2017-yil fevralda mamlakatimiz Prezidenti mazkur masala 
sohasidagi o‘ta muhim hujjatga qo‘l qo‘ydi
21
, unga muvofiq Imom 
Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi. 
Imom Termiziy xalqaro markazining asosiy vazifalari ichida 
ajdodlarimiz merosini o‘rganishga ham alohida e’tibor qaratilgan: 
- islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl 
mohiyatini, hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, 
Imom Termiziy hamda termiziy allomalar, yurtimizdan etishib 
chiqqan mutafakkir zotlar merosini har tomonlama chuqur 
o‘rganish va keng targ‘ib etish;
- yuksak insoniy g‘oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni 
o‘zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan 
diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish 
maqsadida zarur darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ommabop 
nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish 
olib borish. 
2017-yilda bu borada yana o‘ta ulkan qadam tashlandi. Ya’ni 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq
22
Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi 
markazi tashkil etildi. Mazkur Markaz zimmasiga juda katta 
vazifalar yuklangan, jumladan: 
- islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk 
vatandoshlarimiz — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim 
21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot 
markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2774-son qarori.
22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi 
Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3080-son qarori.
33 
nomlangan asari 1867-yilda rus tilida nashr etilgan va Rossiyada 
moliya fanining rivojlanishiga o‘zining keskin ta’sirini ko‘rsatgan. 
Nemis olimlaridan Soden (1811-yil), Yakob (1821-yil), 
Malxus (1830-yil) va Shenlarning (1832-yil) XIX asrning 
boshlarida nashr etilgan moliya to‘g‘risidagi asarlari alohida 
mashhurlikka ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, lekin bu ishlar “moliya” 
tushunchasining tarkibiga birinchi marta mahalliy moliyani kiritgan 
L.fon Shteyn va moliya fanining mumtozi A.Vagnerlar (uning 
“Moliya to‘g‘risidagi fan” asari 1880-yilda nashr etilgan) 
dunyoqarashlarining shakllanishida katta rol o‘ynadi. XIX asr 
oxirlarining 
yetakchi 
moliyachi-olimlari 
qatoriga 
avstriyalik 
E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQShlik E.Seligmanni va, nihoyat, 
“Moliya fani asoslari” deb nomlangan asari 1869-yilda (1900-yilda 
– rus tilida) nashrdan chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish 
mumkin.
XX asr moliyachilarining qarashlari maxsus adabi-yotlarda 
yetarli darajada
tadqiq qilingan. Biz uchun esa, ba’zi bir obyektiv 
va subyektiv sabablarga ko‘ra, rus iqtisodiy (moliyaviy) 
adabiyotida “moliya” tushunchasining taraqqiy etishini ko‘rib 
chiqish muayyan ahamiyat kasb etadi. 
Rossiya tarixida moliya sohasidagi
ilk asarning muallifi Ivan 
Grozniy davrida yashagan I.S.Peresvetov hisoblanadi. U 
davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina 
daromadlarini 
ko‘paytirish 
va 
davlat 
resurslarini 
markazlashtirishning tarafdori bo‘lgan. 
XVII asrdan bizgacha Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning 
moliya xususidagi asarlari ham etib kelgan. Yu.Krijanich o‘z 
asarlarida evropalik mualliflarning iqtisod va moliyaga oid 
qarashlari 
va 
mulohazalaridan 
keng 
foydalanadi, 
ularni 
Rossiyaning ehtiyojlariga “bog‘laydi”. U davlatning boyishi 
usullariga (masalalariga) jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki guruhga 
– boyishning “to‘g‘ri” va “noto‘g‘ri” usullariga bo‘ladi va bu 
narsalarning dunyoda allaqachon ma’lum ekanligini aytib, ularning 
yangilarini o‘ylab topmaslik kerak, deb hisoblaydi. 
G.Kotoshixinning 
1664-yilda 
yozilgan 
va 
“Aleksey 
Mixaylovich podshohligidagi Rossiya to‘g‘risida” deb nomlangan 
asari oradan ikki yuz yil o‘tgandan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Unda 
XVII asrning o‘rtalaridagi Rossiyaga tegishli bo‘lgan katta 
ma’lumotlar keltirilgan. 


34 
XVIII asrning boshlaridagi moliya nazariyotchilarining yirik 
vakili I.Pososhkov hisoblanadi. Uning moliya sohasidagi taklifini 
quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani undirayotgan paytda 
uning to‘lovchisini xonavayron qilmasdan, to‘lovchidan to‘lovni 
amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni 
olmoq lozim. 
XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir 
necha asarlar paydo bo‘ldi. Ularning orasida yaqqol ko‘zga 
tashlangani A.Polenovning “Rossiya dehqonlarining krepostnoylik 
holati xususida” deb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada 
birinchi bo‘lib “soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy sug‘urtaning zarur 
ekanligi isbotlangan, Rossiyaning amaldagi soliq tizimi tanqidiy 
nuqtayi nazardan tahlil qilingan. 
A.Narishkin 1767-yilda e’lon qilingan va “Iqtisod” deb 
nomlangan maqolasida soliqlarga oid bir necha qiziqarli 
mulohazalarni oldinga suradi, soliqlar va davlat o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni tahlil qiladi. 
Rossiyada “moliya” atamasining paydo bo‘lishi XVIII asrga 
borib taqaladi. Bu atama rus tiliga fransuz tilidan kirib kelgan 
bo‘lib, qariyb yarim asr mobaynida “xazina” atamasi bilan bir xil 
ma’noda tushunilgan. Birinchi marta Rossiya adabiyotida “moliya” 
ilmiy tushunchasi 1767-yilda Moskva universiteti tomonidan nashr 
etilgan “Entsiklopediyadan tarjimalar” kitobining so‘zboshisida 
ishlatilgan. Bu yerda “moliya” tushunchasi “davlat daromadlariga 
tegishli bo‘lgan ish”, deb talqin qilingan. Uni ilmiy muomalaga 
birinchi marta Moskva universitetining huquq bo‘yicha professori 
S.Desnitskiy kiritgan. 1802-yilda Moliya vazirligining tashkil etilishi 
bilan bu atama ilmiy muomalalarda mustahkam o‘rin egallay 
boshladi. Biroq 1835-yilga qadar, ya’ni rus universitetlarida 
“Moliyaviy huquq” kursi paydo bo‘lgancha qadar moliya mustaqil 
fan sifatida emas, balki siyosiy iqtisodning tarkibiy qismi sifatida 
tushunilgan. Amaliyotda esa ko‘proq “xazina” atamasi ishlatilgan.
A.Radishchev o‘zining “Jon yig‘imi xususida” deb nom-
langan asarida birinchi marta soliqlarning mohiyatini, iqtisodiy 
tabiatini, turlarini tadqiq etgan. 
Moliya to‘g‘risidagi birinchi rus monografiyasi 1810-1811 
yillarda N.Turgenev tomonidan yozilgan. 
Moliya sohasidagi o‘ziga xos asarlarga graf Spe-ranskiyning 
moliyaviy rejasini, Yu.Gagemayster, V.Kuri, D.Tolstoylarning 
moliyaning rivojlanish tarixiga bag‘ish-langan tadqiqotlarini, 
47 
Mazkur holatga chek qo‘yish uchun ajdodlarimiz qoldirgan 
buyuk merosni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. Lekin bu oson va 
tez fursatda hal bo‘ladigan ish emas. Negaki, ularning asarlari 
eski o‘zbek (turk), arab va fors tillarida va boshqa imloda, ya’ni 
arab alifbosida bitilgan. 
Istiqlol yillarida mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan asrlar 
davomida jahon mamlakatlari va xalqlari o‘rtasida o‘zining 
munosib o‘rniga ega bo‘lgan va oldiga buyuk maqsadlarni 
qo‘ygan davlatimiz o‘z ajdodlari merosini tobora kengroq ko‘lamda 
o‘rganmoqda.
2016-yildan boshlab ajdodlarimiz merosini o‘rganishga 
e’tibor yanada kuchaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining qator farmon va qarorlari qabul qilindi, nufuzli 
tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, 
Samarqandda 
2017-yilning 
28-30 
avgust 
kunlarida YuNESKO shafeligida “Jahon tamadduni tarixida 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling