Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Markaziy 
Osiyo 
Renessansi” 
mavzuida 
xalqaro 
ilmiy 
konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman Markaziy Osiyodan 
yetishib chiqqan olim va mutafakkirlarning tarixiy merosini chuqur 
tadqiq etish ishiga xizmat qiladi.
Yurtimizdan yetishib chiqqan islom olami mutafakkirlari 
asarlarini, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan bebaho 
hissasini chuqur o‘rganish, dunyoning barcha xalqlariga islom 
dinining haqiqiy mohiyatini yetkazish uchun Samarqanddagi 
Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida Imom Buxoriy xalqaro 
ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
2017-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
19
gi 
qarori qabul qilindi.
2018-yil 
16-aprelda 
imzolangan 
“Diniy-ma’rifiy 
soha 
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
20
gi 
Farmoniga 
muvofiq 
Toshkent 
islom 
universiteti 
negizida 
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Mazkur 
Farmonda “islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa 
qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur 
19
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 24-mayda imzolangan Qarori. 
20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-aprelda imzolangan PF-5416-sonli Farmoni. 


46 
Bizning fikrimizcha, masalaga bu taxlit yondashish tarixiy 
voqelikka to‘g‘ri kelmaydi va uni o‘zgartirish fursati allaqachon 
yetib keldi.
Masalan, soliqqa tortishning umumiy prinsiplari birinchi bor 
Adam Smit, Vilyam Petti va David Rikardo asarlarida ishlab 
chiqilgan, deb hisoblanadi. Bu o‘rinda ortiqcha e’tirozimiz yo‘q. 
Negaki, klassik siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lmish ingliz olimlari 
V. Petti (1623-1687-yillar) “Soliqlar va yig‘imlar haqidagi risola” 
(1662-yil), A.Smit (1723-1790-yillar) “Xalqlar boyligining tabiati va 
sabablari to‘g‘risida tadqiqot” (1776-yil), D.Rikardo (1772-1822 
yillar) “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortish asoslari” (1817-yil) kabi 
mashhur asarlarida soliq fani sohasida haqiqatdan ham katta 
xizmat qilishgan. 
Lekin hamma gap shundaki, moliyaning alohida fan va soha 
sifatida shakllanishi jarayonida xalqimizning yuqorida nomlari zikr 
etilgan buyuk farzandlarining ham muhim hissasi bor ekanligini 
tan olish kerak. 
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday holat faqat 
moliya va soliqlar masalasi bilan chegaralanib qolmagan. Ming 
taassufki, adabiyot va fanning boshqa sohalarida ham hozirgacha 
“oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, qabilida yashab kelayotgan 
xalq ekanligimiz sir emas. Shoiru-olimlarimiz yozayotgan kitob, 
maqola, o‘tkazayotgan ilmiy tadqiqotlarida, televideniye va 
radiodagi chiqishlarida ko‘proq g‘arb asarlariga tayanish 
kasalligidan hozirgacha qutula olishmayapti. Hatto kundalik 
hayotimiz va o‘zaro suhbatlarimizda ham Buyuk Navoiy, 
Boburlardan emas, Shekspir yoki Gyotelardan ko‘proq misol 
keltiramiz... 
Agar bobolarimiz tomonidan o‘z vaqtida mazkur masalalar 
bo‘yicha biror jo‘yaliroq fikr aytilmaganda bunchalik xafa bo‘lishga 
asos yo‘q edi. 
Ming afsuslar bo‘lsinkim, hozirga qadar ajdodlarimizning 
moliya sohasidagi buyuk merosi yyetarli darajada o‘rganilmagan 
va o‘zining haqiqiy bahosini olmagan. Sobiq sho‘rolar davrida biz 
buyuk merosimizni bilmas edik, Al-Farg‘oniy, Imom Buxoriy, At-
Termiziy, Marg‘inoniy, Moturidiy kabi allomalarimizning xizmatlari 
u yoqda tursin, hatto nomlarini ham eshitmagan edik. Mustaqillik 
sharofati bilangina biz ularni bila boshladik. 
35 
M.Orlovning davlat krediti to‘g‘risidagi ishlarini kiritish mumkin. 
Moliya nazariyasi bo‘yicha rus tilida ilk darslikni I.Gorlov yozgan. 
XIX asrning ikkinchi yarmida e’lon qilingan va moliyaning 
nazariy masalalariga bag‘ishlangan asarlar orasida I.Shilning 
monografiyasi alohida o‘rin egallaydi. Uning fikricha, moliya 
nazariyasi davlat xazinasi g‘oyasiga bo‘ysundirilgan. 
Rus fanida F.Milgauzen birinchi marta moliya va moliya 
fanini chegaralab bergan. Moliyaning mohiyatini idrok etishda 
D.Lvov o‘zining o‘tmishdoshlaridan ancha oldinga o‘tib ketgan va 
u moliya deyilganda resurslar va boyliklarni emas, balki ma’lum 
bir ijtimoiy munosabatlarni tushungan. 
XIX asrning oxirlarida V.Lebedev, I.Yanjul, L.Xodskiy, S.Vitte 
va I.Ozerovlar asarlari moliya nazariyasini rivojlantirishga o‘zining 
munosib hissasini qo‘shgan. 
Kapitalizm ilk davridagi Rossiyaning moliya fani akademik 
I.Yanjulning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, moliya 
fanining predmeti davlatning moddiy ehtiyojlarini eng yaxshi 
qondirish usullarini tadqiq etish hisoblanadi. 
Rossiya moliya fanining oyoqqa turishida prof. I.Ozerovning 
xizmatlari ham katta. U moliyaga nisbatan yangicha yondashuvni 
asoslab bergan. Uning nazarida moliya vosita yoki resurs emas, 
balki munosabatlardir. 
Prof. 
L.Xodskiy 
moliya 
fanining 
chegaralarini 
biroz 
kengaytiradi va uning tarkibiga pul muomalasi masalalarini ham 
kiritadi. 
1882-1885-yillarda o‘zining “Moliyaviy huquq” asarini nashr 
ettirgan Sankt-Peterburg universitetining professori V.Lebedev 
ham 
moliya 
nazariyasini 
rivojlantirishga 
munosib 
xizmat 
ko‘rsatgan. U moliyaning tarkibiga faqat pul daromadlarini 
kiritibgina qolmasdan, natural soliqlarni ham kiritadi, davlat 
xarajatlarini esa, uning tarkibidan chiqaradi.
XX 
asrning 
boshlarida 
moliyaga 
oid 
M.Bogolepov, 
V.Tverdoxlebov, A.Bukovetskiy va P.Genzellarning asarlari paydo 
bo‘ladi. 
Sho‘rolar 
davrida 
moliya 
fanining 
taraqqiy 
etishiga 
V.Dyachenko, 
A.Aleksandrov, 
A.Birman, 
E.Voznesenskiy, 
V.Chantladze, 
B.Boldirev, 
V.Rodionova, 
P.Nikolskiy, 
M. 
Shermenev, M.Romanovskiy, B.Sabanti, V.Kolesnikov, D.Mo-
lyakov, A.Shumov, S.Sitaryan, H.Sobirov muhim hissa qo‘shgan-
lar
8
.
8
Bu haqida darslikning 7.2 paragrafida batafsil fikr yuritiladi. 


36 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling